Ishlab chiqarish xarajatlari bo'yicha amalga oshirilgan xo'jalik muomalalari auditi auditorlik tekshiruvi jarayonining muhim va ajralmas qismi hisoblanib, korxonada ishlab chiqarish xarajatlari bo'yicha amalga oshirilgan xo'jalik muomalalari auditining maqsadi – korxonada ishlab chiqarish xarajatlari bo'yicha amalga oshirilgan xo'jalik muomalalarining qonuniyligini aniqlash va ular bo'yicha moliyaviy hisobotdagi ko'rsatkichlarning haqiqatga mosligini yoki amaldagi birlamchi hujjatlardagi ma'lumotlarga mosligini baholashdan iboratdir.
Ishlab chiqarish xarajatlari auditini o'tkazishning vazifalari quyidagilardan iborat:
Ishlab chiqarish xarajatlari tarkibi bilan tanishish;
Ishlab chiqarish xarajatlari bo'yicha amalga oshirilgan xo'jalik muomalalarining to'g'riligi va qonuniyligini aniqlash;
Ishlab chiqarish xarajatlari bo'yicha amalga oshirilgan xo'jalik muomalalarini buxgalteriya schyotlarida to'g'ri va o'z muddatida hisobga olinganligini tekshirish;
Ishlab chiqarish xarajatlari bo'yicha amalga oshirilgan xo'jalik muomalalarini belgilangan shakl va tartiblarga muvofiq to'g'ri va o'z muddatida tuzilganligini tekshirish;
Ishlab chiqarish xarajatlari bo'yicha amalga oshirilgan xo'jalik muomalalarini moliyaviy hisobotlarda to'g'ri va haqqoniy umumlashtirilganligini tekshirish;
Tekshiruv jarayonida aniqlangan qonunbuzilishlar, xato va kamchiliklarning jiddiylik darajasini baholash va ularni kelgusida takrorlanmasligi yuzasidan tegishli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish;
- Tekshiruv natijalarini foydalanuvchilarga taqdim etish va h.k.
Auditor o'z vazifasini bajarar ekan hisobotdagi axborotning har bir alohida elementi ishonchliligini tasdiqlovchi alohida dalillarni to'playdi. Dalillar nazorat qilishda, testlash chog'ida hamda u yoki bu xqjalik operatsiyalarining mohiyatini tekshirish chog'ida to'planadi.