часть
1
«
Научный импульс
»
Февраль
, 202
3
944
mustaqillikka, fikrlashga, ko'rgan-kechirganlari va o'zlashtirganlarini baholashga,
kuzatuvchanlikka, voqea-hodisalar o'rtasidagi sabab-natija bog'lanishni topishga, ularni
qiyoslashga, xulosa chiqarishga o'rgatadi. Insho fikrni tartibga soladi, o'quvchilarda o'ziga,
o'z kuchi va imkoniyatiga ishonch tug'diradi. Insho — ijodiy ish bo'lib, u o'quvchidan faollik,
qiziqish, fikr biidirishni talab qiladi. Material tayyorlash, uni tartibga solish, insho
kompozitsiyasi va rejasi haqida o'ylash, mantiqiy bog'lanishni belgilash, so'z, so'z
birikmasini tanlash, gap tuzish va uni o'zaro bog'lash, imloni tekshirish kabi barcha
murakkab ishlar o'quvchidan aqliy kuchini to'la ishga solish bilan birga, o'z m a’naviy
faoliyatini boshqarish ko'nikm asini ham talab etadi. Inshoda til nazariyasi nutq tajribasi
bilan qo'shiladi. O'quvchi inshoni mustaqil, ijodiy xarakterda bo'lgani uchun, ,,o'ziniki“ ni
yozgani uchun ham sevadi. Maktab rivojining barcha bosqichlarida bolalam ing mustaqil
tuzgan hikoyasi — inshoga alohida ahamiyat berilgan. Maktablar o'quvchilar nutqini
o'stirish, aqliy, ijodiy o'sishiga m oijallangan yangi dasturga o'tishi munosabati bilan uning
ahamiyati yanada oshdi.Og'zaki va yozm a inshoga o'rgatish jarayonida o'quvchilarda
mavzuni tushunish va yoritish, o'z inshosini aniq fikrga bo'ysundirish, material to'plash, uni
tartibga solish va joylashtirish, reja tuzish va reja asosida yozish, mazmunga va nutq
vaziyatiga m os ravishda til vositalaridan foydalanish, yozgan inshosini takomillashtirish
ko'nikmalari hosil qilinadi. Bulardan tashqari, „texnik" vazifalar ham amalga oshiriladi, ya’ni
matnni yozishda im lo qoidalari va husnixatga e ’tibor berish, matnni xatboshidan yozish,
hoshiyaga rioya qilish kabi talablarga ham amal qilinadi. Og'zaki va yozm a insho material
manbaiga, mustaqillik darajasiga, tayyorlash usuli, janri va til xususiyatiga qarab tasnif
qilinadi. Insho material manbaiga ko‘ra uchga bo'linadi: 1 ) o'quvchining o'zi ko'rgan-
bilganlari, eshitganlari haqidagi, kuzatishlar, ekskursiyalar, o'yinlar, o'z tajribasi va boshqa
jonli m ateriallar asosidagi insho; 2 ) kitob materiali, rasmlar, film, spektakl, o'qituvchi
hikoyasi va boshqa manbalar asosidagi insho; 3) turli manbalar materialidan
foydalaniladigan insho. Mustaqillik darajasiga, tayyorgarlik ko‘rish metodiga ko‘ra insho ikki
turli boiadi: 1 ) sinf o'quvchilari uchun um um iy bir mavzu asosida jamoaviy
tayyorgarlikdan so'ng yoziladigan insho;. 2 ) alohida mavzu asosida yakka tayyorgarlikdan
so‘ng yoziladigan individual insho. Janriga ko‘ra hikoya, tasvir, muhokama tarzidagi
insholarga bo' linadi. Boshlang'ich sinflarda tasvir va muhokama elementlari mavjud
bo'lgan hikoya tarzidagi inshodan ko'proq foydalaniladi. Inshoni tasnif qilish ta’limiy
vazifalarni chuqur anglash va metodik vositalarni tanlashga, shuningdek, ish turlarini
zaruriy yo'nalishda, baravar taqsimlashga yordam beradi. Boshlang'ich sinflarda
yozdiriladigan inshoning muhim turlaridan biri kichik yoshdagi o'quvchilam ing shaxsiy
hayotiy tajribasiga asoslangan inshodir.
Rasmlar va tabiatni kuzatish asosida yoziladiganinsholar maktablarda tez-tez
o’tkaziladi,chunki
rasmlar
bolalar
nutqiy
ijodini,tasavvurini
boyitishga
xizmat
qiladi.Rasmlarni tomosha qilish kabi sayohatlarga chiqish ham bolalar sezgisiga ijobiy ta’sir
ko’rsatadi.Hayotning bola tarbiyasida hali uchramagan qirralari ochiladi.Rasm
o’quvchilarga tanish bo’lgan hodisalarni chuqurroq anglashga yordam beradi.