Междуродная конференция академических наук



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix20.04.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#100944
1   2   3   4   5
Icas2321

МЕЖДУРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
 
81 
ijtimoiy subyektlarning ehtiyojini qondirish va intilishlarini rag‘batlantirish 
maqsadini ko‘zlaydi.
Har qanday innovatsiyada “yangi”, “yangilik” tushunchalari muhim ahamiyatga 
ega. Turli munosabat va jarayonlarga kiritilayotgan yangilik mazmunan xususiy, 
subyektiv, mahalliy va shartli g‘oyalar tarzida namoyon bo‘ladi. Xususiy yangilik 
munosabat, obyekt yoki jarayonga tegishli elementlardan birini o‘zgartirish, 
yangilashni nazarida tutadi. Subyektiv yangilik ma’lum obyektning o‘zini 
yangilash zaruriyatni ifodalaydi.
Mahalliy yangilik alohida olingan obyekt uchun kiritilayotgan yangilikning amaliy 
ahamiyatini tavsiflash uchun xizmat qiladi.
Shartli yangilik esa munosabat, obyekt yoki jarayonda murakkab, progressiv 
yangilanishning sodir etilishini ta’minlovchi ma’lum elementlarning 
yig‘indisini yoritishga xizmat qiladi.
R.N.Yusufbekova innovatsiyalarni pedagogik nuqtai nazardan ko‘rib chiqishga 
e’tiborni qaratadi. Xususan, pedagogik innovatsiyalar muallif tomonidan ta’lim va 
tarbiya jarayonida avval ma’lum bo‘lmagan, qayd qilinmagan holat yoki natijaga 
olib boruvchi pedagogik hodisaning o‘zgarib turishi mumkin bo‘lgan mazmuni 
ekanligi ta’kidlanadi. Rossiyalik olimlar. A.I.Prigojin, B.V.Sazonov, V.S.Tolstoy, 
N.P.Stepanov va b. esa innovatsion jarayon hamda uning tarkibiy qismlarini 
o‘rganishga e’tiborni qaratgan.
Bu o‘rinda ular innovatsion jarayonning tashkil etilishiga nisbatan quyidagi ikki 
yondashuv mavjud ekanligini e’tirof etadi: 
1) yangilikning individual mikro darajasi (unga ko‘ra qandayir yangi g‘oyaga 
amaliyotga joriy etiladi);
2)alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o‘zaro ta’sirini ifodalovchi mikro 
daraja (bu o‘rinda alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o‘zaro ta’sirlanishi, 
birligi, raqobati va birining o‘rnini ikkinchisi tomonidan egallanishi ahamiyatli 
sanaladi).
A.I.Prigojinning fikriga ko‘ra, innovatsiya maqsadga muvofiq ravishda muayyan 
ijtimoiy birlik – tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga nisbatan munosabatga yangicha 
yondashish, bu munosabatni bir qadar turg‘un elementlar bilan boytib borish 
tushunilishi lozim. Bu o‘rinda anglanadiki, muallifning qarashlari bevosita 
ijtimoiy munosabatlar, ularga nisbatan innovatsion yondashish mohiyatini 
ifodalaydi. Shundan kelib chiqqan holda har bir shaxs fuqaro, mutaxassis, rahbar, 
xodim, qolaversa, turli ijtimoiy munosabatlar jarayonining ishtirokchisi sifatida 
o‘ziga xos innovator faoliyatni tashkil etadi.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin