МЕЖДУРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК 82
Ta’lim tizimini texnologiyalashtirish g‘oyasi o‘tgan asrning boshlarida G‘arbiy
Yevropa va AQShda ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim samaradorligini oshirish,
shaxsning ijtimoiylashuvini ta’minlash uchun muayyan shartsharoitni yaratish
borasidagi ijtimoiy harakat yuzaga kelgan davrda ilk bora o‘rtaga tashlandi.
Mazkur g‘oya 30-yillarda ta’lim jarayoniga “pedagogik texnika” (“ta’lim
texnikasi”) tushunchasining olib kirilishi bilan asoslandi. Ushbu davrlarda
yaratilgan maxsus adabiyotlarda “pedagogik (ta’lim) texnika(si)” tushunchasi
“o‘quv mashg‘ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga ko‘maklashuvchi usul va
vositalar yig‘indisi” tarzida talqin etildi hamda o‘quv jarayoniga o‘quv va
laboratoriya jihozlarining olib kirilishi, ulardan samarali, unumli foydalanish,
material mazmunini ko‘rsatmali qurollar yordamida tushuntirish kabi holatlar
ta’lim samaradorligini oshirishga yordam beruvchi yetakchi omillardir deya
baholandi.
XX asrning 50-yillarida ta’lim jarayonida texnik vositalarni qo‘llash “ta’lim
texnologiyasi” yo‘nalishini belgilab beruvchi omil deya e’tirof etildi, asosiy e’tibor
talabalar auditoriyasini kengaytirish texnik vositalardan foydalanish evaziga
amalga oshirilishi, texnik vositalarning imkoniyatlarini yanada takomillashtirish,
ularning axborot sig‘imini kengaytirish, axborotlarni o‘zatish xizmatini sifatli
tashkil etish, ta’lim olishni individuallashtirish kabi masalalarga qaratildi. Bu
borada olib borilgan tadqiqotlarning obyekti, tayanch nuqtasi sifatida texnik
vositalar imkoniyatlari, ularni takomillashtirish jarayoni qabul qilindi,
shuningdek, o‘quv jarayonini “texnologiyalashtirish”ning tashkiliy jihatlarini
o‘rganishga alohida urg‘u berildi.
60-yillarning boshlarida ta’limni dasturlash asosida ta’lim jarayonini tashkil etish
“texnologiya” tushunchasining mohiyatini ochib beruvchi omil sifatida ko‘rila
boshlandi. Dasturiy ta’lim ta’lim oluvchilarga muayyan bilimlarni alohida qism
holida emas, balki izchil, yaxlit tarzda berilishini nazarda tutadi. Ta’lim jarayonini
yaxlit, maqbul dasturga muvofiq tashkil etish taklifi ilk bora AQShda faoliyat
yurita boshlagan “Dasturiy ta’lim va o‘rgatuvchi mashinalar bo‘yicha birlashgan
Qo‘mita” tomonidan ilgari surilgan. Dasturiy ta’lim o‘zida ta’lim maqsadlari, ularni
o‘zgartirish va baholashning mos ravishdagi mezonlari hamda ta’lim muhitining
aniq tavsifini qamrab oladi. Bu esa o‘zgartirish majmuasini to‘laligicha qayta
tashkil etish tushunchasi mazmuniga mos keladi. Pedagogik tizim elementlarning
juda chidamli va mustahkam majmuidir.
V.P.Bespalkoning fikriga ko‘ra qaysi davr pedagogik sistemasi bo‘lmasin u o‘zaro
bog‘langan quyidagi elementlardan iboratdir:
1)
ta’lim (tarbiya)maqsadi (umumiy va xususiy);