III.2. Umumta`lim va oliy ta’lim tizimida kasb-hunar leksikasining o‘rganilishi O‘zbek xalqi qadimdan turli kasb-hunar bilan shug‘ullanib keladi. Shuning uchun O‘zbekistonda kasb-hunar tarmoqlari taraqqiy etgan. Jumladan, kulochilik, kashtachilik, duradgorlik, teimrchilik, ovchilik, chorvachilik, kosibchilik va hokazolar shular sirasiga kiradi. Turli kasb-hunarga doir so‘zlar kasb-hunar leksikasi deyiladi. Hozirgi o‘zbek tili leksik tarkibida kasb-hunarga doir so‘zlar ko‘p. Masalan: kulolchilikda dog‘chil (xum yasashda ishlatiladigan asbob), aspak yoki ob yog‘och, bandak, bog‘ich (idish chetini tekislash uchun ishlatiladigan latta, charm yoki kigiz parchasi) kabi so‘zlar, suvoqchilik sohasida bozi (yoki tokcha), andava (asbob), loykash (kishi), gazcho‘p (asbob) kabi maxsus so‘zlar bor. Ular shu hunar egalari tilida qo‘llanadi va ular uchun tushunarlidir.
Yozuvchilar badiiy asarlarda qahramonlarning mehnat faoliyatini ko‘rsatishda kasb-hunarga doir so‘zlardan foydalanadilar. Mustaqillik tufayli yuz bergan o‘zgarishlar, evrilishlar, yangilanishlar o‘zbek tili leksikasining rivojiga salmoqli ta’sir ko‘rsatdi. Bu ta’sir faqat son jihatdan emas, balki sifat jihatdan ham bo‘lganligini takidlash lozim. Mustaqillikdan avval lug‘atimizga sig‘magan ma’naviyat so‘zi izohli lug‘atga qaytdi. Bakalavr, bankomat, barter, birja, investitsiya, konsalting, marketing, menejer, multimedia, reyting, tadbirkor, raqobatbardosh kabi son-sanoqsiz so‘zlar tilimizga kirb keldi va uning boyishi uchun xizmat qilmoqda. (N.Mahmudov)
Terminlar ilmiy va ilmiy-texnik tushunchalarning nomlari sifatida ilmiy uslubga xoslangan so‘zlar yoki so‘z birikmalaridir. Ular ilmiy uslubda tavsiflash va nomlash vazifalarini bajaradi va bu uslubning o‘ziga xos ko‘rsatkichlari sanaladi.
Terminlar badiiy va publitsistik uslublarda tasviriy-uslubiy vosita sifatida qo‘llanishi mumkin. Ilmiy va ilmiy-texnik jarayon, ishlab chiqarish manzaralarini tasvirlash, muayyan soha bilan bog‘liq shaxsning nutqiy xarakteristikasini yaratish kabi badiiy maqsadlar bilan terminlar mazkur uslublarda qo‘llanishi mumkin.
Mamlakatimizning turli hudularida qadimdan kulolchilik, durodgorlik, etikdo‘zlik, gilamchilik, kashtachilik, pichoqchilik kabi bir qancha kasb hunar tarmoqlari rivojlanib kelgan. Bu sohalarga oid maxsus tushunchalar, tabiiyki o‘ziga xos so‘zlar bilan nomlangan, bunday so‘zlar kasb-hunar leksikasi nomi bilan umumlashtiriladi. Ana shunday leksika, albatta, kasbiy ilmiy matnlarning unsurlaridandir.
Ayni paytda kab-hunarga oida so‘zlar va iboralar badiiy va pulitsistik uslublarda qo‘llanishi va tegisli sohaga daxldor hududiy o‘ziga xoslikni ta’kidlashga xizmat qilishi mumkin.