Bank faoliyatining predmeti va maqsadlari:
Yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish va o’z tavakkalchiligi asosida yig’ilgan mablag’larni kreditlash hamda investitsiyalashda foydalanish to’lovlarni amalga oshirish.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuni aytish mumkinki, bank faoliyatining predmeti bo’lib pul mablag’lari shaklidagi bank krediti va omonatlari hisoblansa, bank faolliyatining asosiy maqsadi daromad ko’rish hisoblanadi.
“Hamkorbank” ATB – O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki litsenziyasi asosida ish yurituvchi tashkilot bo’lib, pul mablag’larni jalb qilishni amalgam oshiradi va qaytarishlilik, to’lovlilik, muddatlilik shartlarida o’z nomidan joylashtiradi. Bank yuridik shaxs sifatida foyda olishga yo’naltirilgan tijorat faoliyatini yuritadi.
Avvalgi yillardagi bank Biznes-rejasi ijrosi yuzasidan 2014, 2015, 2016 yillarda va “Hamkorbank”ATB ning 2016 – 2019 yillardagi strategik rivojlanish rejasiga asosan ushbu yillar yakunida kutilgan moliyaviy natijalar olinib, belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishildi.
2014, 2015 va 2016 yillardagi “Hamkorbank” ATB faoliyati yakunlari bo‘yicha, bank Biznes-rejasi va strategik rejasi belgilangan bank foydasi va byudjeti daromad qismi bajarilgan. Avvalgi yillar bo‘yicha daromad va foyda rejasi bajarilgan.
“Hamkorbank”ATBning rivojlanish strategiyasi hukumatimiz dasturlarini bajarishga va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarining ustivor vazifalarni bajarilishiga yo’naltirilgan bo’lib, bank tomonidan sanoatning bazaviy tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo’yicha investitsion loyihalarni amalga oshirilishini ko’zda tutadi.
“Hamkorbank”ATBning rivojlanish strategiyasiga quyidagilar kiradi:
Strategik vazifalar:
Barqaror resurs bazasini shakllantirish va diversifikatsiya qilish;
Bank likvidligini samarali boshqarish;
Masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimini rivojlantirish va raqamli bankni joriy qilish;
Kredit hamda valyuta amaliyotlari samaradorligini oshirish;
Barcha sotish kanallarining samaradorligini ta’minlash;
Ichki nazorat tizimini takomillashtirish;
Samarali sotish tizimini yaratish;
Harajatlarni tizimli boshqarish va optimallashtirish;
Biznes jarayonlarni avtomatlashganlik darajasini oshirish;
Mehnat unumdorligi va xodimlar samaradorligini oshirish;
Xayrixohlik darajasi yuqori bo‘lgan professional jamoani shaklllantirish.
Bankning tashkiliy tuzilmasi, uning tarkibiy bo’linmalari, filiallari, vakolatxonalari:
“Hamkorbank”ATBning tarkibiy tuzilmasi bankka yuklatilgan vazifalar, rivojlanish tarixi va boshqa individual jihatlari bilan bog’liq. Bankning boshqaruv tuzilmasi bajarilayotgan amaliyotlarning jihatlari va hajmiga mos ravishda boshqaruvni amalga oshirishga imkon yaratadi.
“Hamkorbank”ATB boshqaruvining eng yuqori organi bo’lib aktsiyadorlar yig’ilishi hisoblanadi. Bank faoliyatini umumiy boshqaruvini amalga oshiruvchi keyingi o’rindagi organ bo’lib bank Kengashi sanaladi. Bankning bevosita ijro organi faoliyatini bank boshqaruvi amalga oshiradi. Bank boshqaruvining tarkibiga bankning asosiy tuzilmaviy bo’linmalar rahbarlari kiradi.
“Hamkorbank”ATB faoliyatini quyidagi qo’mitalar nazorat qilib boradi: auditorlik qo’mitasi, kredit qo’mitasi, aktiv va passivlarni boshqarish bo’yicha qo’mita.
Bank tarmog’i Respublika bo’yicha joylashgan 50ta filiallardan iborat.
Vakillik munosabatlari:
“Hamkorbank”ATBning xalqaro vakillik munosabatlari tarixi 90-yillar boshiga borib taqaladi va bugungi kunda bank o’zining keng vakillik munosabatlari tarmog’i vositasida mijozlarga eksport-import operatsiyalari bo’yicha xalqaro bank amaliyotoda mavjud bo’lgan barcha hisob-kitoblar shakllarida to’lovlarni amalga oshirish xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda. Shu bilan birga, respublikamizning xalqaro miqyosda tan olingan banklarida biri sifatida mijozlariga sifatli konsultatsiya xizmatlarini ko’rsatadi va zarur hollarda ular uchun hisob-kitoblarning individual sxemasini ishlab chiqadi.
“Hamkorbank”ATBning xalqaro moliya bozorlaridagi yuqori obro’yining isboti sifatida uning yirik xalqaro banklar tomonidan taqdirlanganligini ko’rsatish mumkin. “Hamkorbank”ATB 2010 yilda AQSHning Citibank N.A. banki tomonidan “AQSH dollarida amalga oshirilgan to’lovlarning yuqoti sifati uchun”, 2012 yilda “Uzoq muddatli hamkorlik uchun” hamda Commerzbank AG (Germaniya) bankining “2013 yilda hujjatli operatisyalar yo’nalishidagi yuksak hamkorlik uchun” mukofotlari bilan taqdirlangan.
“Hamkorbank” ATBning aksionerlik kapitali davlat ulushi bilan shakllantitilgan bo’lib, mamlakat iqtisodiyotining bazaviy tarmoqlari korporativ sektorini moliyaviy qo’lla-quvvatlashda muhim o’rin egallaydi hamda kreditorlar, depozitorlar va investorlar oldidagi majburiyatlarini o’z vaqtida, to’liq bajarishda yuqori salohiyatga ega.
Bank haqida ma'lumot:
”Hamkorbank”ATB O’zbekiston Respublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi bank o`z faoliyatini dastlab Andijon shahrida “Andijonbank”nomi nilan boshlagan.Bank 30 yil respublikamizning barcha ma`muriy mkntaqalarini qamray olgan, keng tarqalgan filiallar tarmog`ini shakllantirdi. Hozirda Bank 170 dan ortiq xizmat koʻrsatish shahobchalariga ega boʻlib, 50 ta filial, 129 ta mini-bank faoliyat ko'rsatmoqda.
Bugun ”Hamkorbank”ATB yurtimiz kelajagiga daxldor yirik investitsiyaviy loyihalarni moliyalashtirish, neft-gaz, energetika, qurilish, transport, aloqa va ta'minot korxonalariga moliya-kredit xizmatlarini ko’rsatish, etakchi tarmoqlarni moliyalashtirish, bankrot korxonalarni sog’lomlashtirish, aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, tadbirkorlikni rivojlantirish kabi barcha sohalar rivojiga o’z hissasini qo’shib keluvchi mamlakatimiz moliya bozorining etakchi tijorat banki mavqeiga egadir.
”Hamkorbank”ATB tarixi milliy iqtisodiyotimizning taraqqiyoti hamda mamlakatda sanoatning qayta tiklanishi bilan bevosita bog’liqdir. Sanoatning tayanch tarmoqlarini texnik va texnologik qayta jixozlash, modernizatsiya qilish bo’yicha investitsion loyihalarni amalga oshirish orqali respublikamizning iqtisodiy salohiyatini yanada yuksalishiga imkon yaratilmoqda.
Shuningdek bank tomonidan mamlakatimiz aholisiga chakana xizmatlar ko’rsatishga ham alohida e'tibor berilib, bank infrastrukturasi muntazam ravishda kengaytirilmoqda, xizmat ko’rsatish sifatlari oshirilib yangi xizmatlar taqdim qilinmoqda.
”Hamkorbank”ATB o’zining mamlakatimiz bo’ylab joylashgan bo’linmalari orqali 1 millionga yaqin mijozga salkam 50 turdagi an'anaviy va zamonaviy bank xizmatlari ko’rsatayotgani uning iqtisodiy salohiyatidan darakdir.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida bank tomo-nidan tadbirkorlarga berilayotgan kreditlar xajmi yanada oshirildi, ular o’rtasida tanlovlar o’tkazilib, eng yaxshi loyihalar qimmat baho sovg’alar va imtiyozli kreditlar bilan taqdirlandi.
Shuningdek ”Hamkorbank”ATB tomonidan aholiga sifatli yangi turdagi bank mahsulotlari va xizmatlarini joriy etish bo’yicha muntazam ishlar olib boriladi. Bunda asosiy e'tibor axborot texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan innovatsion mahsulotlarga e'tibor qaratiladi. Bularga misol tariqasida ”Hamkorbank”ATB ning “Shaxsiy kabinet”, “UzCard-online” plastik kartochkasi, Internet-banking, Bank-mijoz, SMS-banking, xalqaro pul o’tkazmalari, Visa plastik kartochkalari, imtiyozli Visa gold kartochkalari, shuningdek mijoz hoxishiga ko’ra ixtiyoriy dizaynli – Visa picture card kabi zamonaviy bank xizmatlarini keltirish mumkin.
”Hamkorbank”ATB ning samarali faoliyati sirasiga yana bir misol tariqasida “Axbor – reyting” agentligi bankning kredit reytingini 2013 yil yakunlariga ko’ra, milliy shkala bo’yicha eng yuqori baho “uzAQ” darajasida «Ijobiy» prognozi bilan tasdiqlaganini keltirishimiz mumkin. Bankning barqaror rivojlanib borayotganligi xalqaro reyting kompaniyalari tomonidan ham tasdiqlanmoqda. Jahonda katta nufuzga ega “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi ”Hamkorbank”ATB reytingini “BQG`B” darajasida “Barqaror” reyting darajasini qayta tasdiqladi. Shu bilan birga, hisobot yilida “Standard&Poor`s” xalqaro reyting agentligi ham bankka berilgan barcha reytinglarni “BARQAROR” istiqboli bilan qayta belgiladi.
Mamlakatimiz hududlarini rivojlantirish bo’yicha investitsion dasturlarni moliyalashtirish, tadbirkorlarni qo’llab quvvatlash, xalq iste'moli tovarlarini ishlab chiqarishda innovatsion g’oyalarni tadbiq qilish, iste'mol kreditlari hajmini yanada oshirish –bankning asosiy vazifalari bo’lib qoladi.
2-mavzu. Amaliyot obyekti faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o’rganish
Mamlakatimizda samarali bank tizimini isloh qilish, erkinlashtirish hamda uning dunyo hamjamiyatida o’z o’rnini egallashi davlatimiz siyosatining eng muhim yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining tayanchi hisoblangan bank tizimini barqaror rivojlantirish va ishonchli faoliyat yuritish borasida bank faoliyatining o’ziga xos korporativ boshqaruv tizimi yaratishda xalqaro andozalar talablariga muvofiq huquqiy asoslarni qabul qilishni taqozo etadi.
Shu ma’noda, har qanday mamlakat bank tizimining samarali faoliyati uning korporativ boshqaruvi qanday darajada isloh etilganligi va bu sohani samaradorligini oshirishga qaratilgan qabul qilingan huquqiy asoslarga tayanishi bilan izohlash mumkin.
Respublikamiz bank tizimida korporativ boshqaruvning isloh etish borasida bir qator qonun hujjatlari qabul qilingan bo’lib, dastlab mamlakatimizda aktsiyadorlik jamiyatlariga asoslangan barcha tashkilot va korxonalarda korporativ boshqaruv munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan muhim hujjatlaridan biri sifatida O’zbekiston respublikasida 1996 yil 26 apreldagi «Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida» qonuni keltirish mumkin.
Aynan shu qonun bilan bir paytda mamlakatimizda 1996 yil 25 aprelda «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi qonun ham qabul qilingan. Mazkur qonunda ilk bor banklarning korporativ boshqaruvga bag’ishlangan modda o’rin olgan. Ushbu qonunning 22-moddasiga ko’ra bankning boshqaruv organlari bo’lib, aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi, bank kengashi va boshqaruvi bankning boshqaruv organlari hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |