Men nechun sevaman,Oʻzbekistonni



Yüklə 22,64 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü22,64 Kb.
#192291
A.Oripov 81 yillik tadbir senariysi


Abdulla Oripov tavalludining 81 yilligi munosabati bilan "Men nechun sevaman,Oʻzbekistonni" nomli tadbir senariysi.
Pirxonov Bohodir Maxmudovich Fargʻona viloyati Beshariq tumani 35-umumiy oʻrta taʼlim maktabi ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi.
(Sahna bayramona bezatilgan.Sahnaga A.Oripov portreti,shoirning ijod ahllari va davlat arboblari hamda oila aʼzolari bilan tushgan rasmlari hamda uning "Jannatga yoʻl" dramatik dostoni uchun uchta ramziy eshiklar qoʻyilgan).
Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasini oʻquvchilar ijro etishi bilan boshlanadi.
Shundan soʻng ikki jarchi davraga chiqib kelishadi.Jarchilar "Maktabimizda katta tantana.Sevimli shoirimiz Abdulla bobo tashrif buyurganlar.Ushrashuvga shoshiling.(Bir oʻquvchi Abdulla Oripov siymosida sahnaga chiqib keladi.Undan keyin sahnaga ikki boshlovchi chiqib kelishadi).
1-boshlovchi:Uygʻonguvchi bogʻlarni koʻrdim,
Topay dedim qirdan izingni.
Yonogʻindan rang olgan dedim,
Lolazorga burdim yuzimni...
Uchratmadim ammo oʻzingni,
Sen bahorni sogʻinmadingmu?
Aziz oʻquvchilar,Sizlar uchun 6A-sinf oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan bayram tadbirini tomosha qilamiz.Davraga 6A- sinf oʻquvchilarini taklif etamiz.Ular ijrosida shoirning "Bahor" sheʼrini tinglaymiz.
2-boshlovchi:Uzoqlardan zalvorli togʻlar,
Xayolimni keldilar bosib.
Kechdi qancha intizor chogʻlar,
Vasling menga boʻlmadi nasib.
Sensiz men ham,bahor ham gʻarib,
Sen bahorni sogʻinmadingmu?
Endigi navbat Umrzoqova Ruhsoraga.Uning ijrosida "Muhabbat" qoʻshigʻini tinglab,madaniy xordiq chiqaring.
1-boshlovchi:Assalomu alaykum,hurmatli mehmonlar! Bugun ajoyib,fayzli kechamizga tashrif buyurganingizdan juda xursandmiz.Ushbu ijodiy kecha bir umrga qalbingizda muhrlanib qoladi,desak xato qilmagan boʻlamiz.
Endigi navbatni 6A-sinf qizlari ijrosidagi "Chamanda gul" raqsiga beramiz.Marhamat,tomosha qiling.
2-boshlivchi:Ha,oʻlkamizga bahor fasli ham kirib suluv kelinchakday oʻz sepini yoymoqda.Ushbu sheʼrni oʻqib nafaqat bahorni,balki shunday jozibador satrlar bitgan shoirni ham qoʻmsaysan kishi.
Endigi navbat 6A-qizlariga.Ular ijrosida "Sarob" sheʼrini tinglaymiz.
1-boshlovchi:Toʻgʻri aytasiz,goʻzal,serjilo sheʼrlarni shoir katta mahorat bilan yozgan.Shunday vaqtlarda beixtiyor shoir bilan uchrashib, zamon,hayot haqida fikrlashib,goʻzallik olami boʻlgan sanʼat dargohiga kirgingiz keladi.
Bizning sevimli shoirimiz Abdulla bobo bugun maktabimiz mehmoni. Oʻzlarining qadrli vaqtlarini biz oʻquvchilardan ayamaganidan juda-juda minnatdormiz.
Abdulla Oripov Qashqadaryo viloyatining Nekoʻz qishlogʻida ulgʻayib, universitetda tahsil oldi.Yosh shoirning bilimlari zoye ketmadi.Shoirning ilk sheʼriy toʻplami atoqli shoir Mirtemir tahlili ostida bosilib chiqdi."Mitti yulduz"ni sheʼrxonlar,tandiqchilar yuksak baholaydilar.
Navbatdagi oʻquvchi ijrosida "Vatan" sheʼrini tinglaymiz,marhamat.
2-boshlivchi:Yosh shoir oʻzbek adabiyotiga kirib kelayotgan nodir isteʼdod deb eʼtirof etiladi.Keling ana shu sheʼriyat shaydosi Abdulla bobo bilan emas,ijodning qizgʻin pallasiga kirgan-ayni oʻttiz yoshlar chamasi joʻshqin shoir bilan uchrashsak.(Shoir oʻz ijodxonasida sheʼr yozib oʻtiribdi.Tugallanmagan sheʼrini qoʻliga olar ekan,uni doʻstlariga oʻqib beradi).
Shoir:Bebosh edim bir vaqtlar men ham,
Boʻshamasdi oʻyindan kunim.
Koʻp nasihat qilardi otam.
Bir ozgina ogʻir boʻl,bolam.
Kattagina boʻlib qolding har qalay,
Tutib olgin oʻzingni endi.
Endi shodlik qayoqda deysiz.
Yurishlari sipo va oʻychan.
Suronlarga boqaman farqsiz.
Bir mahallar chopardim shoʻxchan.
Yetaklamas endi tuyular,
Turmushda qatʼiy qoida.
Bir vaqt meni bola derdilar.
Endi boʻlsa hurmat joyida.
Ishlar shundoq yurishsa,qarang,
Arbob boʻlib qolgum erta-kech.
Tutib oldim oʻzimni arang.
Endi qoʻyib yubormayman hech!
Gʻ.Gʻulom,A.Qahhor,Oybek,Mirtemir kabi zabardast ijodkorlar A.Oripov sheʼriyatiga oq yoʻl tiladilar.
Endi navbat sinfimiz qizlariga.Ular bizga "Oʻzbekiston" sheʼrini ifodali aytib berishadi.
1-boshlovchi:Ha,shoir bobolarimiz ruhidan madad oladi.Ilhomlari joʻsh urub,rang-barang serjilo sheʼrlar yaratadi.
Endigi navbat "Munojotni tinglab" sheʼriga.
2-boshlovchi:Shoirning mitti yulduzi yillar oʻtib shoir sheʼriyatini yangi bosqichga olib chiqqan yorqin yulduzga aylandi.Shuʼlasi yiroq-yiroqlarga taralib,sharqning yirik siymolari qatoridan oʻrin oldi.
Marhamat, tinglang "Tilla baliqcha" sheʼri.
1-boshlovchi:Muhabbat,tabiat lirikasi,Ona Vatan va xalq orzu-umidlari,insonning maʼnaviy dunyosi,barcha-barcha mavzular shoir qalamida oʻz aksini topdi.
Davraga sinfimizning faol qizlarini taklif etamiz.Ular bizga "Genetika" taklif qilamiz.Ular ifodali aytib beradi.
2-boshlovchi:"Jannatga yoʻl" dramasi,"Hakim va ajal" dostoni uchun Oʻzbekiston Davlat mukofotiga hamda 1990-yili Oʻzbekiston Xalq shoiri unvoniga ega boʻldi.
Endi navbat maktabning eng faol qizlaridan boʻlgan sinfimiz qizlaridan biriga navbat beramiz.Marhamat bu oʻquvchi qiz "Onajonim" sheʼrini ifodali yod aytib beradi.
1-boshlovchi:A.Oripovning juda koʻp sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. "Mitti yulduz","Onajon","Ruhim","Hayrat","Yuzma-yuz",""Yillar armoni", "Ishonch koʻpriklari" va boshqalar.
Endi navbat 6A-sinf qizlari ijrosida "Janon boʻlaman" raqsiga. Marhamat, koʻrib tomosha qiling.
2-boshlovchi:Yigitning jannatga kirishi uchun ikki paysa savobi yetmaydi,chunki bu shoir yigit ruhi majruh kimlalarga qarshi kurashmay, odamzodning yoʻldan ozishiga ulush qoʻshganlikda ayblanadi.Quyidagi sahnaviy parchada bir zaminda yashab murosa yoʻlini topolmayotgan,bir-birini yeb tashlash qasdida yashayotgan insoniyat qavmiga qaratilgan malomat toshlari yangraydi,uni ogohlikka,maʼnaviyatni asrashga chaqiradi.Marhamat sahna koʻrinishini tomosha qilib maroqli dam olinglar.
1-boshlovchi:Sen shoirsan,senga Alloh yorugʻ nur berdi,
Otash berdi,zabon berdi,ham ulugʻ yurak.
Timsolingda bechoralar oʻz dardin koʻrdi.
Baxtim koʻrdi,shodliklarni kranlar beshak...
Ilohiy dil bergan edi senga xudoyim,
Quloq sol deb shoʻrliklarning ohi-vohiga.
Sen-chun,samo shuʼlasini kuylading doim.
Sheʼrlar bitding yulduzlarga,gulga,ohuga.
Endigi navbat qizlarimiz ijrosidagi "Yarashibdi yangi roʻmoling" raqsiga.
Yüklə 22,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin