Uslub boshqaruv organining intellektual salohiyati, sifatlari, uning individual xususiyatlari bilan belgilanadi.
Rahbarlik usulubiga qarab rahbarning turlarga ajratilishi
O’zini jamoadan uzoqda tutadi, jamoa a'zolarni bevosita muloqotda bo’lishini chegaralab qo’yadi;
O’zining noo’rin harakatlarining tanqid qilinishiga chiday olmaydi;
O’ziga bo’ysunuvchilarning harakatlarini keskin ravishda tanqid qilishni yaxshi ko’radi;
Muttasil buyruq berishga hammani o’z istaklariga so’zsiz bo’ysundirishga intiladi;
Ko’p gapirishni yoqtirmaydi, lekin bo’ysinuvchilari bilan muomalada bo’lganda uning rahbarlik g’ururi balandligi, o’zini katta tutishi sezilib turadi;
O’ziga bo’ysinuvchilari oldida qovog’i solingan kayfiyatda bo’ladi.
Xullas avtokratik rahbar, o’ziga bino qo’ygan, dimog’dor, o’z qobiliyati va imkoniyatlariga ortiqcha ishonadigan, hukmini o’tkazishga intiladigan kishilarda etishib chiqadi.
Bunday rahbar nazoratdan chetda qolsa, o’sha erda dag’allik, takabburlik, tazyiq o’tkazish, majbur qilish kabi o’ta salbiy holatlar avj uradi.
Biroq avtokratik boshqaruv usulini har jihatdan yomon deb bo’lmaydi. Ba'zi bir hollarda bo’ysinuvchilarning madaniy darajasi, ahloqi pastligi sababli avtokratik uslubni tanlab olish ham ish berib qolishi mumkin.