Bir noshud rahbarning beg’amligi yuzlab, minglab kishilar taqdirining bedaxl qirralariga ta'sir etishi mumkin. Boqibeg’am bu toifa rahbarlarning ish uslubi bilan murosa qilib bo’lmaydi.
Boshqarish ilmini, funktsiya va strukturasini bilish; istiqbolni bilishga qodirligi va hk.
Rahbar aniq, chuqur va keng bilimga ega bo’lishi, uni doimo to’ldirib va yangilab borish kerak. Aks holda u obro’ qozona olmaydi, xodimlarning ishonchiga sazovor bo’la olmaydi.
Xodimlarni tanlay bilish va ulardan samarali foydalanishni ta'minlay olish;
Qo’l ostidagilarni mehnatga o’rgatish va tarbiyalashni bilish; jipslashgan jamoani vujudga keltira olish; maqsad sari intiluvchanlik;
Kutilmagan vaziyatlarda boshqarish qobiliyatini yo’qotmaslik.
"Yomon korxona yoki tashkilot yo’q, lekin yomon rahbarlar bor". Bu ibora shuni bildiradiki, yomon ishlab turgan korxonaga jamoani yaxshi boshqaradigan, tashkilotchilik qobiliyati yuqori, mehnatsevar, talabchan, bilimdon rahbar qo’yilsa, u korxonani tezda yaxshi korxona safiga qo’shadi.
Agar ishlab turgan korxonaga tasodifan tashkilotchilik qobiliyati past rahbar kelib qolsa, u korxona asta-sekin tanazzulga yuz tutadi.
5. Boshqarish samaradorligini ta'minlay olish
Boshqarishni kollegial tarzda tashkil qila olish qobiliyati;