Iqtisodiy bakalavr ta’lim yо‘nalishi talabalari uchun mо‘ljallangan “Biznesda qaror qabul qilish” fanidan tayyorlangan о‘quv fan dasturiga berilgan Tashqi taqriz Mamlakatimizda tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish bugungi kunda davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning so‘zlari bilan aytganda, biz faqat faol tadbirkorlik, tinimsiz mehnat va intilish orqali taraqqiyotga, farovon hayotga erisha olamiz.
«Biznes yuritish – 2020» hisobotida ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish, jumladan, yer ajratish, qurilish va mol-mulkni ro‘yxatga olish borasida qulayliklar yaratish kerak.
Shu bois bugungi videoselektor yig‘ilishida tadbirkorlarga yerni onlayn auksion orqali berish, mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha idoralararo elektron axborot almashinuvini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi. Xorijiy tajriba asosida, mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan mustaqil o‘tkazishga mas’ul alohida tuzilma tashkil etish taklifi bildirildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
“Biznesda qaror qabul qilish” fani talabalarga biznes bo‘yicha tushunchani rivojlantirish va biznes masalalarini hal qilishda tanqidiy va analitik fikrlashni rivojlantirish imkoniyatini beradi. Biznesga birinchi navbatda uning rivojlanishiga ta’sir etuvchi mahalliy va global omillarni o‘rganish, so‘ngra uning tarkibiy tuzilishini o‘rganish masalalari kiradi. Talabalar marketing, strategiya, moliya, buxgalteriya, kadrlar bilan ishlash, axborot tizimlari va operatsiyalarni boshqarish funksiyalari bilan bog‘liq asosiy masalalarni tahlil qiladilar. Bundan tashqari, ushbu kurs talabalarga ishbilarmonlikning axloqiy masalalarni muhokama qilish, shuningdek, yangi biznes boshlash imkoniyatlari va qaror qabul qilish muammolarini o‘rganish imkoniyatini beradi.
Yuqorida keltirilgan fanning maqsadi va dolzarb vazifalaridan kelib chiqqan holda “Biznesda qaror qabul qilish” fanidan tayyorlangan о‘quv fan dasturiga kiritilgan mavzular о‘qitilishini ijobiy baholayman.