Menejment marketing fanidan mustaqil ishi mavzu: «Ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarish»



Yüklə 402 Kb.
səhifə4/6
tarix13.05.2023
ölçüsü402 Kb.
#112701
1   2   3   4   5   6
Menejment marketing fanidan mustaqil ishi mavzu «Ishlab chiqari

3.Xodimlarni boshqarish usullari
Amerika boshqaruvida individualizm va raqobatga e’tibor qaratilsa, Yaponiyada jamoaviylik va insoniy munosabat ustun ekanligi nomoyon bo‘lmoqda. Fikrimizcha Yaponiya boshqaruv tizimini dunyoga mashhur qilgan asosiy omillardan insonlar bilan ishlash malakasining yuqoriligidir. Shuningdek, Rossiyaning iqtisodchi olimlari O. Kolesnikova va A. Doneskiylar tomonidan xodimlarni boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlari tadqiq etilib, ular asosiy e’tiborni yirik kompaniyalarga qaratadi. Olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, yirik kompaniyalarda xodimlarni boshqarish quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarni o‘z ichiga oladi[27].
1.Xodimlarni boshqarish usullarini qo‘llashda unifikatsiya qilish va rasmiylashtirish zarurati.
2. Xodimlarning uzoq muddatli va strategik rejalashtirishga ehtiyojining mavjudligi.
3. Xodimlarni boshqarishda o‘ziga xos funksiyalarning mavjudligi.
4. Xodimlarni boshqarishda axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanishga e’tiborni kuchaytirish. Tashkilotda xodimlarni boshqarish jarayonini to‘g‘ri tashkil etish orqali quyidagi ijobiy natijalarga erishish imkoniyati mavjud bo‘ladi(2- rasm).

Ta’kidlash joizki, “Xodimlarni boshqarish” tushunchasining mazmun mohiyatini o‘rganish yuzasidan ushbu sohani tadqiq etgan chet el va mahalliy olimlari orasida yakdil fikrlar mavjud emas. Shu sababli yuqorida keltirib o‘tilganlardan tashqari xodimlarni boshqarish sohasidagi eng keng tarqalgan nazariy tadqiqotlarning bir nechtasini umumlashtirish va o‘zaro solishtirish orqali tushunchaga ega bo‘lish uchun bitta jadvalda tizimlashtirildi (2-jadval)

2 – jadvaldan kelib chiqib, olib borgan tadqiqotlarimiz asosida xodimlarni boshqarish kategoriyasiga tarif berildi. Demak, bizningcha, xodimlarni boshqarish – tashkilotning maqsad va yo‘nalishidan kelib chiqqan holda ish jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, motivatsiyalash, muvofiqlashtirish va nazorat qilish orqali ishchilarga vazifalarni to‘g‘ri taqsimlash, yo‘naltirish va ta’sir etish natijasida samaradorlikka erishish jarayoni deyishimiz mumkin bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanish asosida xodimlarni boshqarish tizimini optimallashtirish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Shu bilan birga, mamlakatning hamma korxonalari ham bu tajribaga murojaat qilmasdan, odat bo‘yicha, eski ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidagi ishchi kuchini boshqarish konsepsiyasiga xos bo‘lgan, eskirib ketgan, xodimlarni boshqarish usullaridan foydalanmoqdalar.
Buni hisobga olgan holda O‘zbekiston korxonalari iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakatlarda to‘plangan, xodimlarni boshqarish tizimi sohasidagi ma’lum xalqaro tajribalarni qiyosiy va tanqidiy o‘rganib, undan boshqaruv amaliyotida samarali foydalanishlari zarur. Xodimlarni boshqarishning zamonaviy shakllari va usullarini o‘rganish hamda undan amaliyotda foydalanish milliy korxonalarga yuqori iqtisodiy natijalarga erishish imkoniyatini beradi.


Yüklə 402 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin