Menejment marketing fanidan mustaqil ishi mavzu: «Ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarish»


Ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarish



Yüklə 402 Kb.
səhifə2/6
tarix13.05.2023
ölçüsü402 Kb.
#112701
1   2   3   4   5   6
Menejment marketing fanidan mustaqil ishi mavzu «Ishlab chiqari

1.Ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarish
Tadqiqotning metodologik asosini xodimlarni boshqarish va ularning malakasini muntazam oshirib borish, rivojlantirish sohasidagi qonun osti va me’yoriy-huquqiy hujjatlar, xususan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4749 sonli Farmoni[23] , O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi[1], O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 4 oktabrdagi “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar klassifikatorini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”795 – sonli qarorlari olindi.
Shuningdek, mazkur farmon va qarorlarda belgilangan talablar asosida xodimlarni boshqarishda ularning malakasini muntazam oshirish orqali raqobatbardoshligini ta’minlash, zamonaviy boshqaruv tamoyillari va konsepsiyalari, boshqaruv tizimida xodimlarni boshqarish va ular faoliyatini baholashda KPI (Key Performance Indicators) tizimini joriy etishga yo‘naltirilgan islohotlarni davom ettirishning asosiy yo‘nalishlari yuzasidan taklif va tavsiyalardan hamda tegishli jarayonli yondashuv, qiyosiy va tizimli, analiz va sintez, induksiya va deduksiya usullaridan keng foydalaniladi.
“Xodimlarni boshqarish” kategoriyasini tadqiq qilish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan xujjatlarni tahlil etganimizda tashkilot xodimlari mehnat mazmunining tavsiflari va ko‘rsatkichlari tizimiga ko‘ra bir necha toifalarga bo‘linganligini va ularga alohida ta’riflar berilganligi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 795- son qarori bilan tasdiqlangan “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori”[24] ga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etilgan davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida, xo‘jalik boshqaruvi organlarida, shuningdek ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan tashkilotlarning xodimlari mehnat mazmunining tavsiflari va ko‘rsatkilari tizimiga ko‘ra quyidagi toifalarga ajratilgan (1-rasm).

1-rasm. Xodimlarning mehnat mazmuni tavsiflari va ko‘rsatkichlari tizimiga ko‘ra tavsiflanishi

Yüklə 402 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin