O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O„RTA MAXSUS
TA‟LIM VAZIRLIGI
ABU RAYHON BERUNIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
Oliy ta‟limning
5230200
—
Menejment (sanoat tarmoqlarida)
ta‟lim yo„nalishi talabalari uchun
“MENEJMENT NAZARIYASI” fanidan
kurs ishi mavzulari va uni tayyorlash bo„yicha
USLUBIY
KO‟RSATMA
Toshkent — 2015
2
“Menejment nazariyasi” fanidan kurs ishi mavzulari va uni tayyorlash
bo„yicha
uslubiy
ko‟rsatma. –Toshkent: ToshDTU, 2015. 27 b.
Uslubiy
ko‟rsatma 5230200 – “Menejment (sanoat tarmoqlarida)”
bakalavriatura ta‟lim yo„nalishi talabalariga «Menejment nazariyasi»
fanidan kurs
ishini bajarish uchun mo„ljallangan.
Unda
kurs
ishining maqsadi va vazifalari, ishni bajarishga bo„lgan talablar, reja
tuzish, adabiyotlardan foydalanish tartibi, korxonalarning faoliyatini ifodalovchi
ma‟lumotlarni yig„ish va boshqa zaruriy ko„rsatkichlarni to„plash, shuningdek, kurs
ishini himoya qilish tartibi, uni rasmiylashtirish qoidalari, baholash mezonlari hamda
boshqa zarur ma‟lumotlar, taklif va tavsiyalar berilgan.
Uslubiy ko‟rsatmada O„zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o„tishi va uning
rivojlanishi bilan bog„liq bo„lgan qonunlar, O„zbekiston Respublikasi Prezidenti
farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, me‟yoriy–huquqiy hujjatlarni
chuqur o„rganish zarurligi ham ta‟kidlangan. Shuningdek, talabalarga kurs ishi
mavzularini to„g„ri tanlash, bajarish, asosiy va qo„shimcha adabiyotlardan to„g„ri
foydalanish hamda ishni rasmiylashtirish bo„yicha ko„rsatmalar berilgan.
Uslubiy ko‟rsatma Toshkent davlat texnika universiteti Ilmiy-uslubiy
kengashining 2015 yil “___”___________ dagi ____ -sonli majlisida ko„rib chiqildi
va chop etishga tavsiya etildi.
Dostları ilə paylaş: |