11
Rasmlarni raqamlanishi kurs ishi umumiy hajmida ketma-ketligining
uzluksizligi ta‟minlanadi.
Endi jadvallarni rasmiylashtirishni keltiramiz. Jadvalni rasmiylashtirishda
uning yuqorgi chap burchagida raqami, “tire” orqali “jadval” so„zi yoziladi va
o„rtadan “qalin” harflarda jadval nomi keltiriladi. Har bir keltirilgan jadvalning
nomidan keyin undan foydalanilgan manbaga havola beriladi. Jadvalning nomidan
so„ng “nuqta” qo„yilmaydi. Jadvallarga havolalar umumiy adabiyotlarga
havolalarning uzluksizligida ta‟minlanishi maqsadga muvofiq. Misol keltiramiz.
Jadvallarni raqamlanishi kurs ishi umumiy hajmida ketma-ketligining
uzluksizligida bo„lishi maqsadga muvofiq.
Rasm va jadvallarni tuzishda foydalanilgan yoki olingan manbalar ko„rsatilishi
shart, agar rasm yoki jadval talaba tomonidan ishlab chiqilgan bo„lsa, havolada
“muallif ishlanmasi” yoki “muallif hisob–kitobi” ko„rinishda yozish mumkin.
Rasmlar va jadvallar albatta ular ta‟kidlanib o„tilgan matndan so„ng
joylashtiriladi.
2.
Dostları ilə paylaş: