2.3. «Insoniy munosabatlar» maktabining mohiyati va shakllanishi
1820-1830 yillari AQSH da ilmiy va mumtoz menejmentlarga muqobil xarakat sifatida «teylorizm»ga qandaydir darajada qarshi turuvchi yangi nazariya – «Insoniy munosabatlar» maktabi paydo bo’ldi. Bu maktabga amerikalik jamiyatshunos va ruhshunos E.Meyo (1880-1949) asos soldi.
Bu maktab nuqtai nazaridan:
Ayni individlar kompaniya va firmalarning manbai ekanligidan kelib chiqib, insoniy munosabatlar maktabi boshqaruvining:
tashabbuskorlikdan;
ishchilar bilan hamkorlikdan;
kompaniyada «birdamlik ruhi» va «mushtaraklik tuyғusi»ni shakllantirishdan foydalanish hamda ularni raғbatlantirishga asoslangan tegishli usullarni ishlab chiqdi.
Bu maktabning yana bir namoyondasi Amerikalik olim D.Mak-Gregor (1906-1964) inson xulk-atvorining ikki modeli, xodimning o’z mehnatiga ikki xil munosabatda bo’lishi mumkinligini inobatga olib X(iks) va U(igrik) nazariyasini yaratdi.
Dostları ilə paylaş: |