Tizimli yondashuv –boshqaruv obektini yaxlit bir tizim deb qaralib, bunda uning ichki muhitiga (iqtisodiy, ilmiy-texnik, ijtimoiy-siyosiy), e‘tibor beriladi.
Vaziyatli yondashuv – yaxlitning qaysi bir qismini o’ta muhim degan savolga vaziyatli tahlil javob beradi. Bunda tashkilotning ichki tarkibidagi o’zgarishlar tashki muhitning ta‘siri bilan boғlab o’rganiladi. Ammo turli darajadagi vaziyat turli darajadagi bilimni talab qiladi.
Funktsional yondashuv– boshqarish quyidagi funktsiyalarni bajaradi: rejalashtirish, tashkillashtirish, raxbarlik qilish, muvofiqlashtirish, nazorat qilish va x.k.
Miqdorli yondashuv – miqdorli yondashuvdagi boshqarish jarayonida nafakat metematik; statistika, kibernetika, muhandislik fanlari bilan satsiologiya ruhshunoslik, tizimlar nazariyasi kabi fanlardan ham keng foydalaniladi.
Nazorat va muhokama uchun savollar Ilmiy menejment maktabi qachon shakllangan va asoschilari kimlar?
F.Teylor ta‘limotining asosiy mazmuni nimadan iborat?
T.Emirson ilmiy boshqaruv printsiplarini mohiyati qanday?
Mumtoz menejment maktabini mohiyati nimada iborat?
A.Fayol boshqaruv tamoyillari nimadan iborat ?
Insoniy munosabatlar maktabi qachon shakllangan va mohiyati nimadan iborat?
E.Meyoning tamoyillari nimalardan iborat ?
X (iks) va U (igrik) nazariyasining mohiyati nimadan iborat?
Temur davrida davlatni boshqarish tamoyillari qanday bo’lgan?
Zamonaviy menejment maktabi namoyondalari kimlar va ularning tamoyillari qanday?