Menejment maqsadlari va funktsiyalari. Boshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklari qadim zamonlarga borib taqaladi, Yu.Tsezar, A.Makedonskiy, Turkistonda esa o`rta asr davrida Amir Temur hukmronligi vaqtidan boshlab shakllana boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy bo`lib, asosan harbiy tavsifga ega edi. O`sha davr menejerlari harbiy intizomni o`rnatish maqsadida odamlarni jazo bilan qo`rqitish, har qanday buyruq va farmonlarga so`zsiz itoat etish kabi usullarni qo`llaganlar. Bunday boshqaruvga mehnat resurslaridan foydalanish, ulardan iloji boricha ko`proq qo`shimcha qiymat undirishning g’oyatda samarali usuli deb qaralgan. Amir Temur davrida markazlashgan, intizomli davlatning barpo etilganligiga ham Sohibqironning o`z qo`l ostidagilarni «qo`rquv bilan umid o`rtasida ushlash» bo`yicha boshqargani sabab bo`lgan. Kapitalizm tuzumining boshlang’ich davrida tadbirkor – mulk egasi ishlab chiqarishni o`zining shaxsiy tajribasiga tayanib boshqargan. XYIII asrning oxirlarida Angliyada bo`lgan sanoat inqilobi boshqaruvga bo`lgan qiziqishni yanada kuchaytirdi va boshqaruv xodimlarini tayyorlashga alohida e`tibor berila boshlandi. Ammo XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr chegarasida texnika va texnologiyaning takomillushuvi, ishlab chiqarishning keskin o`sishi boshqarishni murakkablashtirib yubordi va uni maxsus bilimlarni talab etuvchi, faoliyatning maxsus sohasiga aylantirdi. Ushbu muammolarni hal etish uchun boshqaruv sohasidagi tajribani umumlashtirish, ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarishning samarali usullarini izlashga olib keldi. Natijada boshqaruv to`g’risidagi ilm, fan vujudga keldi. O`sha davrdan to bugungi kunga qadar boshqaruv ta`limotida 13 quyidagi to`rtta yo`nalish evolyutsion tarzda rivojlangan va o`zining tegishli hissasini qo`shgan: 1. Ilmiy menejment maktabi. Ilmiy menejment maktabining namoyandasi (570- 632 y) Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo Sallollohi Alayhi Vasallam, u kishining turli maktablarni boshqaruv ta`limotiga qo`shgan hissasi: Boshqaruvning diniy ta`limotga asoslangan nazariy tamoyilini yaratdi. Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy muvofiqlashtirishga intilishlar orqali boshqarish san`atini mukammal egallashga xizmat qiluvchi ta`limotlar (Qur`oni Karim1 , hadislarning2 )ning tizimini yaratdi. O`z davrining siyosiy-goyaviy shart-sharoitlarini yaxshi tushungan, xalqlar va elatlarni islom ta`limotlari asosida diniy, siyosiy, g’oyaviy jihatdan birlashtirish yo`lida yagona-payg’ambar. Boshqarishning murakkab, chigal voqea-hodisalarini, ijtimoiy hayotni biron qolipga solish, uni nazorat qilish uchun shariat qonunlari turkumlariga asos soldi va h.k.z. Ilmiy menejment maktabining yana bir namoyandasi Amir Temur (1340- 1400 yillar). Mamlakatni idora qilish va saltanatni boshqarish uslubi, strategiyasi va taktikasini joriy qildi. XIY-XY asrlar voqealari va ijtimoiy hayotni o`zida aks ettirgan qimmatli asar Temur tuzuklari3ni yaratdi. Kuchli davlatni barpo etish, davlat hoqimiyatining qaysi ijtimoiy toifalariga tayanishi, mansabdor shaxslarni ularning sifatlariga ko`ra tanlash va vazifalarga tayinlash borasida amaliy jihatdan mukammal bo`lgan ta`limotni yaratdi. Buyuk davlat arbobi, dunyoviy bilimlarning sohibi bo`lgan Sohibqiron markazlashgan davlatni barpo etishi orqali o`rta asrlarda buyuk shaxslar etishib chiqishi uchun moddiy, siyosiy, g’oyaviy zaminni yaratdi. Ulug’bek Muhammad Tarag’ay (1404-1499) yillar. 39 yillik sultonlik davrida: fanning juda ko`p sohalari, xususan matematika, falakkiyot, musiqashunoslik, tarix va boshqarish ilmlari bo`yicha zabardast olim, madaniyatning ulkan homiysi sifatida tanildi. Uning ilmiy merosi, u ta`sis etgan va rahnamolik qilgan Samarqand munajjimlik maktabi, uning ko`p yillik izlanishlarining asosiy mahsuli bo`lmish «Ziji jadidi Ko`ragoniy» («Ulug’bek Ko`ragoniyning astronomik jadvali») asari bilan tarixda izini qoldirdi.