Menejment va marketing


-chizma. Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimi



Yüklə 465,01 Kb.
səhifə11/13
tarix19.02.2023
ölçüsü465,01 Kb.
#84995
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Auditorlik nazorati amalga oshirish mexanizmi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Xulosa

4-chizma. Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimi


Ta’kidlash joizki, mustaqillikka dastlabki yillari Respublikamizda auditorlik faoliyatida tubdan yangi bo’lgan huquqiy – meyoriy qonunchilik bazasi yaratildi. Ushbu yaratilgan baza mamlakatimizda auditorlik faoliyatini rivojlantirishda muhim bosqichlarini bosib o’tishga asos bo’ldi.
Quyida har bir bosqichni batafsil tavsiflashga harakat qilamiz. O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini tashkil qilishdagi dastlabki bosqichlaridan birinchisi, uni kelajakda rivojlanishi va istqbolini yaratish maqsadida 2012 yil 9 dekabrda “Auditorlik faoliyati to’g’risda”gi qonun qabul qilindi. Auditorlik faoliyatini rivojlanishining birinchi bosqichi 2012 yil “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonunning qabul qilinishi bilan boshlandi. Mustaqil audit yordamida davlat va xususiy mulk egalarining mulkiy manfaatdorligini himoya qilish Qonunning asosiy maqsadi etib belgilangan edi.
O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishning ikkinchi bosqichi 26 may 2020 yilda “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonunning yangi tahrirda chop etilishi bo’ldi.
Oldin qabul qilingan qonunning tubdan qayta ishlab chiqilishi, milliy auditorlik faoliyati tizimining respublikadagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning umumiy jarayonidan orqada qolishini tugatish, milliy auditning unga xos bo’lgan funktsiyalarini bosqichma-bosqich, samarali, ratsional va muvofaqqiyatli bajarish uchun qulayroq sharoitlar yaratilishi zaruriyati bilan belgilanadi.
Yuqorida ta’kidlangan qonunning yangi tahririda auditor va auditorlik tashkiloti, auditorlik xulosasi va auditorlik hisoboti o’rtasidagi farqlar aniq tartiblashtirildi, auditorlik tekshiruvlari majburiy va tashabbus tarzidagi tekshiruvlarga ajratildi, auditorlik faoliyatida auditorlik tekshiruvlaridan tashqari aniq belgilangan professional xizmatlar tartibi, huquqlarning kengayishi, auditorlik tekshiruvlaridan o’tuvchi xo’jalik sube’ktlari va auditorlik tashkilotlari majburiyatlari va javobgarliklari, auditorlik tashkilotlari litsenziyasini to’xtatib turish, tugatish va bekor qilish masalalarini yoritilishi, shuningdek auditorlik malaka sertifikatini tugatish va bekor qilish kabi masalalar o’z echimini topdi.
Yangi tahrirdagi “Auditorlik faoliyat to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunida ko’zda tutilgan Auditorlik faoliyatining tartibga solish mexanizmlarini amalga oshirish, shuningdek auditorlik tekshiruvlarining rolini va huquqiy maqomini mustahkamlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22 sentyabr 2020 yilda 365-sonli “Auditorlik faoliyatni takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarning axamiyatini oshirish to’g’risida”gi qarori qabul qilingan edi, bunga muvofiq auditorlik faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish maxsus organi vakolati Respublika Moliya Vazirligiga biriktirilgan edi, banklarda auditorlik faoliyati qismi uchun esa – Markaziy Bank maxsus organ etib tayinlangan edi. Shuningdek yuqorida ta’kidlab o’tilgan qaror bilan birgalikda soliq va boshqa nazorat qiluvchi organlar tomonidan auditorlik xulosalarini
ro’yxatga olish tartibi to’g’risidagi Yo’riqnoma, majburiy auditorlik tekshiruvilari o’tqazilishidan bosh tortgan xo’jalik yurituvchi sube’ktlardan jarimalarni undirish to’g’risidagi Yo’riqnoma va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish to’g’risidagi Yo’riqnomalar ham tasdiqlangan edi.
Ta’kidlash lozimki, O’zbekiston respublikasi “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonunga muvofiq auditorlik tekshiruvlari majburiy va tashabbus tarzidagi shakllarda amalga oshiriladi;
Respublikada auditorlik faoliyatini tartibga solishning muhim elementlaridan biri auditorlik faoliyatining milliy standartlari hisoblanadi.
Respublikada AFMSlarini ishlab chiqish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Birinchi AFMS 2019 yil qabul qilingan edi va unda auditorlik tekshiruvlariga asosiy talablar, rejalashtirish, hujjatlashtirish, auditorlik tanlovlari va boshqa masalalarga oydinlik kiritildi. Hozirgi kuda Respublikamizda 21 ta auditorlik faoliyati milliy standartlari qabul qilingan.
Mamlakatimiz audit tizimining kelgusida professional tadbirkorlik tizimi sifatida rivojlanishi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga, O’zbekiston Respublikasining jahon xo’jalik tizimiga bosqichma bosqich integratsiyalashuviga va chet el kapitalini keng qamrovli jalb qilinishiga, shuningdek turli mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shakldagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni tashkil etishga ko’p jihatdan bog’liq.
Muvofiq ravishda, yuqorida keltirib o’tilgan auditorlik faoliyati sohasidagi muammolarni samarali bartaraf etish, mustaqil audit tizimini rivojlantirish, auditorlik xizmatlari sifatini oshirish, auditorlik tashkilotlari faoliyatini boshqarishning samarali usullarini tadbiq etish, ularning auditorlik tekshiruvi natijalari uchun javobgarligini va auditorlik tekshiruvlarining ob’ektivligini oshirish, shu asosda tadbirkorlik tizimlari tomonidan ularga bo’lgan ishonchni oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2027 yil 4 apreldagi PQ-615 sonli “Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish va ular ko’rsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish to’g’risida”gi qarori qabul qilindi.
Yuqorida ta’kidlab o’tilgan qarorning qabul qilinishi mamlakatimizda audtorlik faoliyatini kelajakda rivojlantirish va takomillashtirish hamda uni isloh etish yo’lida uchinchi bosqichining boshlanishi bo’lib xizmat qildi.
Ushbu qaror O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini kelgusida isloh qilish yo’lida yana bir kuchli turtki bo’lib xizmat qildi.
Yuqorida aytib o’tilgan qarorning muhim omillaridan biri bo’lib auditorlik tashkilotlari to’g’risidagi Nizomning tasdiqlanishi hisoblanadi. Ushbu Nizomda auditorlik tashkilotlarining asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, javobgarliklari, auditorlik tashkilotlari faoliyatini tashkil etish, auditorlik tashkilotlariga qo’yilgan litsenziya talablari va shartlari, shuningdek, auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishining hisobi, hisoboti va nazorati aniq tartibga solingan.
Audtiorlik faoliyati to’g’risidagi Qonunga va yuqorida aytib o’tilgan Nizomga muvofiq auditorlik tashkilotli bu - auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga va o’z nomi bitilgan muhrga, mustaqil balansga, banklarda o’z hisob-kitob raqamiga ega bo’lgan yuridik shaxsdir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2027 yil 4 aprelda PQ-615-sonli “Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish va ular ko’rsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish to’g’risida”gi qarori qabul qilinguncha, auditorlik tashkiloti ustav kapitalining kamida 51 foizi bir yoki bir necha auditorlarga tegishli bo’lishi belgilab qo’yilgan edi (chet el auditorlik tashkilotining - filial yoki sho’’ba korxonasini tashkil etilish holatlari bundan mustasno). Bunda: ustav kapitalining ushbu ulushi aynan shu auditorlik tashkilotining auditoriga (auditorlariga) yoki ushbu tashkilotda ishlamaydigan auditorga tegishliligi muhim emas edi, muhimi ta’sischida auditorlik malaka sertifikati bo’lishi hisobga olingan.
Endi auditorlik tashkiloti ustav kapitalining ushbu ulushi amaldagi auditorlik malaka sertifikati bo’lgan, shuningdek, ushbu auditorlik tashkilotining auditori (asosiy ish joyidagi yoki o’rindoshlik asosidagi shtatdagi xodimi) bo’lgan ta’sischiga (ta’sischilarga) tegishli bo’lishi lozim. Shunday qilib, auditorlik tashkiloti ustav kapitalining kamida 51 foizi ushbu auditorlik tashkilotining bir yoki bir necha shtatdagi auditorlarga tegishli bo’lishi lozim va auditor (auditorlar) faqat bitta auditorlik tashkilotida ta’sischi bo’lishi mumkin.
Yuqorida eslatib o’tilganidek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 4 apreldagi 2027 yildagi PQ-615 sonli Qarori bilan tasdiqlangan auditorlik tashkilotlari to’g’risidagi Nizomda shuningdek, quyidagilar ko’zda tutilgan:

  • auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun qo’shimcha talablar va shartlar;

  • litsenziyaning amal qilishini tugatish uchun asos bo’lib hisoblanadigan litsenziya talablari va shartlarini bir marta qo’pol ravishda buzishga kiradigan qo’shimcha talablar;

  • auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish uchun asos bo’lib hisoblanadigan bir marta qo’pol ravishda buzishga kiradigan qo’shimcha talablar;

  • auditorlik tashkilotlariga qo’yiladigan qo’shimcha litsenziya talablari va shartlari;

Mamlakatimizning bugungi kundagi auditorlik faoliyatida shuni alohida takidlash lozimki, auditorlik tashkilolari to’g’risidagi nizomga muvofiq auditorlik tashkilotlari amaliy rotatsiyaga kirishlari ya’ni ular bitta xo’jalik yurituvchi sub’ektning auditorlik tekshiruvini uch yildan ortiq ketma-ket o’tkazishlari mumkin emas. “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish uchun shtatdagi auditorlarni yoki auditorlik tashkiloti bilan fuqarolik-huquqiy xarakterdagi shartnoma tuzgan auditorlarni jalb qiladilar
Auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvi buyurtmachilari, xo’jalik yurituvchi sub’ekt va moliyaviy hisobotdan boshqa foydalanuvchilar oldida
moliyaviy hisobot hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektning boshqa moliyaviy axboroti to’g’risida noto’g’ri yakundan iborat bo’lgan auditorlik xulosasini tuzish oqibatida ularga etkazilgan zarar uchun javobgar bo’ladi.
Auditorlik tekshiruvini sifatsiz o’tkazganlik yoki lozim darajada o’tkazmaganlik oqibatida xo’jalik yurituvchi sub’ektga va (yoki) auditorlik tekshiruvining buyurtmachisiga etkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda, qonun xujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi shart. Bundan ko’rinadiki auditorlik tashkiloti va auditorlarning xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda auditorlik tekshiruvlari o’tkazish davrida moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborot to’g’riligi sifatli auditorlik tekshirishlarni amalga oshirish bilan belgilanadi.
Yuqoridagi takliflarni umulashtirgan holda shuni ta’kidlash mumkinki, bizning Respublikamizda auditorlik va unga yondosh bo’lgan professional xizmatlarga talab va qiziqishlar oshib boradi, bu esa o’z navbatida O’zbekiston Respublikasini kelajakda xalqaro auditorlik xizmatlari bozorida milliy auditorlik faoliyatimiz muvofaqqiyatini ishonchliligini ta’minlaydi.

Xulosa


Ushbu kurs ishimizda keltirilgan mavzudagi jumlalarni tahlil qilish orqali shuni takidalshimiz mumkinki moliyaviy hisobot auditini to’g’ri tashkil qilish va ulardagi ma’lumotlarni haqqoniyligini tekshirish O’zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri bayon qilib berilgan. Shuningdek, mamlakatimiz xo’jalik sube’ktlarida moliyaviy hisobot auditini to’g’ri tashkil qilinishi va amaliy tahlil qilish natijasida ularning moliyaviy faoliyatini yanada mustaxkamlash chora tadbirlari kurs ishimizning dolzarbligini belgilab beradi.
Auditning paydo bo’lishi va rivojlanishi hamda auditorlik tashkiloti yuqori sifatli professional xizmat ko’rsatishga erishishi uchun o’z faoliyatini shunday tashkil etishi kerak-ki, uning ish bajarish yoki xizmat ko’rsatishda qatnashayotgan xodimlari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
halollik va haqqoniylik;
professional kompetentlilik va zarur tajriba hamda malakaga egalik; professional axloq normalariga rioya qilish va belgilangan standartlar (shu
jumladan korxonadagi ham) talablarini bajarish;
o’z professional majburiyatlarini bajarish chog’ida xodimlarga ma’lum bo’lgan axborotlarni maxfiy (sir) tutish printsipiga rioya qilish va hokazo.
Mijoz-korxona rahbariyati shartnoma asosida professional xizmatlar ko’rsatayotgan auditorlar faoliyati ustidan joriy nazorat o’rnatishi va ko’rsatiladigan xizmatlar sifatiga ta’sir etuvchi muammolar yuzaga kelganda ularga ma’lum qilishi mumkin.
Ta’kidlash, joizki odatda buyurtmachi auditorlik tashkilotiga murojat qilganida bitta emas, balki bir necha xizmatni olishni hohlaydi. Shuning uchun ayrim xizmat turlarini alohida ko’rib chiqishimiz mumkin.
Bu holatlar albatta auditorlik faoliyatini vazifalarini bajarishda auditorlik tamoyillarini mustaxkamligini ta’minlaydi.

Yüklə 465,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin