Menejment va marketing


-rasm. Mahalliy budjetlar daromadlarining guruhlanishi



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/26
tarix22.05.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#119974
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
innovatsion tadbirkorlikni tashkil etish va uni boshqarishni rivojlantirish

5-rasm. Mahalliy budjetlar daromadlarining guruhlanishi
8
 
 
Har yili davlat budjeti parametrlarini belgilashda har bir viloyat uchun 
umumdavlat soliqlarining har bir turi bo’yicha ajratmalar me’yori belgilanadi. 
Umumdavlat soliqlaridan ajratmalar me’yorining yillik o’zgarishi soliqq 
daromadini boy va kambag’al hududlar orasida qisman qayta taqsimlashni ko’zda 
tutadi. Biroq bunday mexanizm mahalliy hokimliklarni hududlarning iqtisodiy va 
soliq bazasini rivojlantirishda rag’batini pasaytiradi, ularni soliq tushumlarini 
yaxshilashdan manfaatdor etmaydi. Bunday yondashuv moliyaviy rejalar va 
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq muddatli dasturlarini ishlab 
8
O’zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi to’g’risida”gi Qonuni asosida talaba tomonidan tayyorlandi. 


38 
chiqish imkoniyatini istisno qiladi. 
Har yili davlat budjeti parametrlarini belgilashda har bir viloyat uchun 
umumdavlat soliqlarining har bir turi bo'yicha ajratmalar me'yori belgilanadi. 
Umumdavlat soliqlaridan ajratmalar me'yorining yillik o'zgarishi soliq 
daromadini boy va kambag`al hududlar orasida qisman qayta taqsimlashni ko'zda 
tutadi. Fikrimcha, bunday mexanizm mahalliy hokimliklarni hududlarning 
iqtisodiy va soliq bazasini rivojlantirishda rag`batini pasaytiradi, ularni soliq 
tushumlarini yaxshilashdan manfaatdor etmaydi. Bunday yondashuv moliyaviy 
rejalar va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq muddatli 
dasturlarini ishlab chiqish imkoniyatini cheklab qo`yadi. Mahalliy budjetlarning 
mavqeini yanada oshirish hukumatning budjet siyosatini samaradorligini 
oshirishda xizmat qiladigan muhim omil ekanligi ahamiyatga molikdir. 
Respublika hukumati va mahalliy hokimyat organlari tomonidan 
ko’riladigan chora-tadbirlar natijasida keyingi yillarda mahalliy budjetlarning 
daromad qismlarini shakllantirish masalalarida ijobiy siljish kuzatildi. 
Mahalliy budjet daromadlari: 
- Qonun 
hujjatlarida 
belgilangan 
normativlarga 
muvofiq 
mahalliy 
budjetlarga yo’naltiriladigan yig’imlar, bojlari va boshqa majburiy to’lovlar.
- Qonun 
hujjatlarida 
belgilangan 
normativlarga 
muvofiq 
mahalliy 
budjetlarga o’tkaziladigan umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy to’lovlar. 
- Qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq davlat mulki 
obyektlarini joylashtirish-u foydalanishga berishdan olinadigan daromadlar 
- Qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq meros olish, hadya 
etish huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tgan pul mablag’lari. 
Yuqori budjetlardan olinadigan budjet dotatsiyalari, subvensiyalari va 
subsidiyalari. 
- Yuridik va jismoniy shaxslardan hamda chet el davlatlaridan kelgan 
qaytarilmaydigan pul tushumlari. 
- Qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq boshqa daromadlar 
hisobiga shakllantiriladi. 


39 
O’zbekistonning yagona soliq tizimi yaratilib, unga umumdavlat, mahalliy 
soliqlari va yi’g’imlar kiritiladi. O’zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksining 
5-8 moddalariga binoan soliq tizimi quyidagi tarkibga ega: umumdavlat soliqlari 
yuridik va jismoniy shaxslarning daromad solig’i, qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz 
solig’i, suv resurslardan foydalanish solig’i, bojxona solig’i, qimmatli qog’ozlarni 
ro’yhatdan o’tkazish solig’i va boshqalar; 
Mahalliy soliqlar va yig’imlar mol-mulk, yer, kichik biznes uchun yagona, 
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, savdo solig’i uchun yig’imi, jumladan, 
alohida tovarlar turlarini sotish uchun letsinziya yi’g’imi, tadbirkorlik bilan 
shu’g’ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarni ro’yhatdan o’tkazish yig’imi, 
avtotransportning vaqtinchalik turar-joy yig’imi va solig’i. 
Tadbirkor jismoniy shaxslardan olinadigan soliq- fiskal soliq. Pivo, o’simlik 
yog’i, xo’jalik sovunidan olinadigan aksizlar 2002-yilda asosan ishlash va ishlash 
mahsulotlari, xrustal buyumlar, xrustaldan yasalgan qandillar, mebel, vedio-audi 
apparaturasi va kumushdan qilingan oshxona anjomlaridan olinadigan aksizlar ham 
mahalliy budjetga kiritildi. 
Barcha mahalliy budjetlar mustaqilligidan kelib chiqib, ularni davlat qo’llab 
– quvvatlashi, hududiy daromadlar manbalarini, mahalliy budjetlar daromadlarni 
o’z daromadlari yoki biriktirilgan soliqlar hisobiga shakllantiriladi. Mahalliy budjet 
daromadlari 2 ga bo’linadi: 
- Bevosita tushuvchi daromadlar 
- Yuqori tashkilotdan ajratma sifatida keladigan daromadlar
Mahalliy budjetlarning daromadlari shaharlarda 30-40%ni, qishloqlarda 10-
20%ni, qolgan qismini ajratma daromadlar tashkil etadi. Mahalliy budjet qanchalik 
rivojlansa, daromadlari ko’payadi, imkoniyati shuncha barqaror bo’ladi.Tartibga 
solinuvchi daromadlar pul mablag’larining yig’indisi yuqori budjetlardan quyi 
budjetga beriladigan barcha moliyaviy resurs. 
Qoraqalpogiston Respublikasi va mahalliy budjetga budjet ssudasi shaklida 
ham moliyaviy mablag’lar kelib tushadi. U yuqori budjetdan quyi budjetga yoki 
Respublika budjetiga prezident- yuridik shaxs yoki chet el davlatga qaytarish sharti 


40 
bilan ajratilgan mablag’. 
Budjet subvensiyasi – qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda 
muayyan maqsadlarda sarflash sharti bilan yuqori budjetdan quyi budjetga 
qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablaglari. 
Budjet dotatsiyasi- o’z daromadlari va budjetni tartibga soluvchi boshqa 
mablag’lar yetishmagan taqdirda quyi budjetning xarajatlari bilan daromadlari 
o’rtasidagi farqni qoplash yuqori budjetdan quyi budjetga qaytarmaslik sharti 
bilan ajratiladigan pul mablaglari. 
O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotining 
yaratilishida boshqa xo’jalik tadbirlari bilan moliya-soliq tizimida tub 
o’zgarishlar ro’y berishini ko’zda tutadi. Mahalliy budjetlar daromadini 
oshirishni ichki zararlarni, hududlarni ishlab chiqarishini rivojlanishi, joylarda 
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bilan chambarchas bog’liq. 
Budjet tushumini ushbu tartibda takomillashtirish hisobiga mahalliy 
hokimyat organlari o’z hududlarida joylashgan korxonalar faoliyatining 
samaradorligini oshirishdan manfaatdor bo’ladi. Soliqning to’la va o’z vaqtida 
to’lanishi ustidan ham nazorat qilishga qiziqish paydo bo’ladi. Chunki 
Respublika budjetiga ushbu soliqlardan tushgan umumiy tushumdan 
belgilangan me’yorlar asosida ajratma qilishdan ko’ra, mazkur hududda ushbu 
soliqlar tushumida o’z ulushini qonuniy tartibda kafolatlab qo’yilishi bizning 
fikrimizcha afzalroq. 
Mahalliy budjetlar tizimi mahalliy ehtiyojlarni to’laroq hisobga olish va 
davlatning markazlashgan tartibda bajaradigan tadbirlarni to’g’ri qilish 
imkonini beradi. Budjetlararo munosabatlarnining muhim sharti turli 
daromadddagi budjetlarning moliyaviy bazasini shakllanishining o’zaro 
bog’liqligini ta’minlash. Bu baza har bir budjetning o’z daromadidan, 
biriktirilgan va tartibga soluvchi soliq tushumlari, yuqori budjetdan 
ajratiladigan turli shakldagi moliyaviy yordamlardan iborat. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin