Menejment va marketing


Birinchi bob bo’yicha xulosa…………………………………



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/26
tarix22.05.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#119974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
innovatsion tadbirkorlikni tashkil etish va uni boshqarishni rivojlantirish

Birinchi bob bo’yicha xulosa…………………………………. 28 

 
II BOB. JIZZAX SHAHAR HOKIMLIGI MOLIYA BO’LIMI-
NING INNOVATSION TADBIRKORLIKNI RIVOJLAN-
TIRISHDAGI O`RNI…………………………………………. 
 
29 
2.1. Jizzax shahar hokimligi Moliya bo’limining tashkil topishi, 
maqsadi va vazifalari……………………………………………. 
29 
2.2. Jizzax shahar hokimligi Moliya bo’limining tashkiliy 
tuzilishi, daromadlari tarkibi va tuzilishining tahlili………. 
35 
2.3. Budjet daromadlari shakllanishi va xarajatlar yo’nalishining 
tahlili……………………………………………………………. 
41 
Ikkinchi bob bo’yicha xulosa..................................................... 47 

 
III BOB. INNOVATSION TADBIRKORLIKNI BOSHQARISHNI 
TAKOMILLASHTIRISH YO`NALISHLARI……………… 
 
 
49 
3.1. O’zbеkistanda innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish yo`-
nalishlari………………………………………………………… 
49 
3.2. O’zbekistonda innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishning 
tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish yo’llari…... 
53 
Uchinchi bob bo’yicha xulosa……………………………….. 
58 
XULOSA VA TAKLIFLAR………………………………….. 
 
59 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………... 62 



KIRISH 
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni jadal rivojlantirish har qanday mamlakat iqtisodiyotining barqaror 
o’sishini ta’minlovchi asosiy bo’g’in va amalga oshirilayotgan iqtisodiy 
islohotlarning ustuvor yo’nalishi hisoblanadi. Respublikamizda ham Kichik biznes 
va xususiy tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlikni barqaror rivojlantirish va uni 
qo’llab-quvvatlash mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy ustuvor 
yo’nalishlaridan biri qilib belgilangan. 
Darhaqiqat, mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat 
tomonidan doimiy qo’llab-quvvatlanishi natijasida uning yalpi ichki mahsulotdagi 
ulushi 2000 yilda 31,0 foiz tashkil qilgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2015 yilga kelib 
56,4 foizga etgan. Ko’rinib turibdiki, Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
makroiqtisodiy jihatdan mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini 
ta’minlash, ijtimoiy jihatdan esa yangi ish o’rinlarini yaratish hisobiga aholi 
daromadlari va to’lov qobiliyatini oshirish imkoniyatini bermoqda.
1
Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni barqaror rivojlantirish, 
qo’llab-quvvatlashdagi davlatning oqilona iqtisodiy siyosati natijasida 
mamlakatimizda qulay makroiqtisodiy muhit yaratildi. Jumladan, xususiy mulk va 
tadbirkorlik huquqini himoya qilish borasidagi qonunchilik mustahkamlandi, 
ro’yxatga olish, ixtiyoriy ravishda ro’yxatdan chiqarish va tugatish, ayrim faoliyat 
turlari bo’yicha litsenziya va ruxsatnomalarni berish jarayonlari soddalashtirildi, 
davlatning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvi cheklandi
tadbirkorlik subyektlari topshiradigan hisobotlarning barcha shakllari va 
muddatlari keskin qisqartirildi, soliq stavkalari unifikatsiya qilindi, moddiy-texnik 
resurslardan keng foydalanishga imkon beradigan bozor mexanizmi shakllandi. 
Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, birinchi navbatda soliq yukini 
kamaytirishga qaratilgan oqilona soliq siyosati natijasida, Kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik subyektlari uchun yagona soliq to’lovi stavkasi 1996 yilda 38 foizdan 
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga 
bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi. Xalq so’zi. 2016 yil. 



2012 yilda 5 foizga kamaytirilishi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
subyektlarining ishbilarmonlik faoliyati va moliyaviy barqarorligini ta’minlashga 
xizmat qilmoqda (1-rasm). Buning natijasida, Kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik subyektlarining investitsion faoliyati kengaymoqda va bo’shab qolgan 
pul mablag’larini birinchi navbatda ishlab chiqarishni texnologik yangilash va 
zamonaviy texnikani joriy etishga yo’naltirish imkoni paydo bo’ldi. 
Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga O’zbekiston 
Respublikasi tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlarning miqdori sezilarli 
darajada oshmoqda. Jumladan, 2001 yilda ushbu sohani rivojlantirish uchun 
banklar tomonidan ajratilgan kreditlar miqdori 171,5 mlrd. so’mni tashkil qilgan 
bo’lsa, ushbu ko’rsatkich 2015 yilga kelib qariyb 28 barobarga oshdi va 4377 mlrd. 
so’mni tashkil qildi. O’sish tendentsiyasining mavjudligi banklar tomonidan kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlash siyosati izchillik bilan davom 
ettirilayotganligidan dalolat beradi. 
Biroq, bugungi kunda jahon miqyosida raqobat va iste’molchilar talabining 
kuchayishi, 
tarmoqlar 
ishlab 
chiqarishidagi 
diversifikatsiyalashuv 
va 
ixtisoslashuvning chuqurlashuvi jarayonlari ta’siri ostida Kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik faoliyatining o’zgarishi kuzatilmoqda. Bunday jarayon kichik biznes 
va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy mohiyati va uning mamlakat iqtisodiyotidagi 
tutgan o’rniga nisbatan kengroq yondashuv zarurligini talab etmoqda. 
Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi bosqichi innovatsion jarayonlar 
uzluksizligini ta’minlash va ko’lamini oshirish bilan xarakterlanadi. Bunday 
sharoitda Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik samaradorligi o’z faoliyatini fan 
yutuqlariga asoslangan ishlanmalar, sanoatda keng ko’lamli ilm-fan sig’imi yuqori 
bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni joriy qilish, shuningdek, ilmiy ixtiro 
natijalarini tijoratlashtirishga yo’naltirganligi bilan belgilanadi. Ushbu omillar 
iqtisodiyotda kichik innovatsion biznes shakllanishiga asos bo’ladi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, jahon va mamlakat miqyosidagi 
raqobatning kuchayishi va jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida kichik 
innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini 



takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin