20
asbob va boshqalar zarur. Tashkilot ularni sotib olishi yoki asosiy vosita egalaridan
ma’lum vaqtga ijaraga olishi mumkin. Innovatsion faoliyatga zarur bo’lgan
narsalar uchun mulkdorlarga pul miqdorini to’lashi lozim,
pul miqdori asosiy
vositalarning turi, soni va bahosiga bog’liq. Asosiy vositalarning ijarasida to’lov
uning ishlatilish muddatiga bog’liq bo’ladi.
Innovatsion tadbirkorlikni amalga oshirish uchun tashkilot ma’lum pul
resurslarini (DB) sarflagan holda, shuningdek,
ilmiy-texnik kadrlarni, ishlab
chiqarish xodimi, ya’ni ishchi kuchini (RS-I) jalb qilishi zarur.
Agar korxona o’zining pul mablag’lariga ega bo’lmasa yoki innovatsion
faoliyatni amalga oshirish uchun ular etarli miqdorda bo’lmasa, bunda mablag’
keyingi to’lov va foizli kredit (Dk) asosida korxona
tomonidan kommertsiya
banklaridan olinishi mumkin.
Bundan tashqari, pulli asosda o’z vaqtida zarur axborot (Di) olmay turib
innovatsion tadbirkorlik bo’lishi mumkin emas.
Korxona innovatsion faoliyatni tatbiq qilishda zarur bo’lgan
ayrim ish va
xizmatlarni bajarish uchun buyurtmalarni pulli asosda talabgor tashkilotlarda
joylashtirishi mumkin (Du).
Innovatsion tadbirkorlikni amalga oshirish uchun zarur pul mablag’lariga
ehtiyoj mos ravishda quyidagi formula orqali baholanadi:
D= Dm+Do+Dr+Di+Dk+Du
Bunda:
Dm
– materiallar, xomashyo, energiya, yarim tayyor mahsulotlar sotib
olish uchun zaruriy pul mablag’lari;
Do
–
asosiy fond,
mehnat vositalari,
binolardan foydalanish bilan bog’liq
xarajatlar;
Dr
–
yollangan ishchilarga ish haqi uchun zarur pul mablag’lari;
Di
–
qo’shimcha axborot olish uchun zarur pul mablag’lari;
Dk
–
kredit mablag’lardan foydalanilganlik uchun to’lanadigan pul
mablag’lari;
21
Du
–
tarafdor tashkilot va shaxslarning xizmatlari to’lovi.
Innovatsion tadbirkorlikning natijasi sifatida tayyor tovar (mahsulot)
yuzaga
keladi. Uni korxona, innovatsion mahsulot iste’molchisi korxona va innovatsion
faoliyatni amalga oshirishdagi sarf-xarajatlar va daromadini o’z
ichiga olgan
narxda (D+P) sotadi.
Shunday qilib, innovatsion tadbirkorlik xo’jalik yuritishning alohida
ijodkorlik jarayoni bo’lib, uning asosida yangi imkoniyatlarni muntazam izlash,
innovatsiyaga yo’naltirilganlik, turli-tuman manbalardan
doimiy masalalarni hal
etish uchun resurslar izlashni uddalash va ulardan foydalanish demakdir. U
tadbirkorning mavjud loyihani yaxshilash yoki yangisini tatbiq etish bilan bog’liq
barcha tavakkalchilikni o’z zimmasiga ko’ngilli ravishda olishga tayyorligi,
moddiy daromad olib keladigan jarayon uchun moliyaviy, ma’naviy
va ijtimoiy
javobgarlikni o’ziga olishi va bundan o’zi ham qoniqish hosil qilishi bilan
tavsiflanadi. Innovatsion tadbirkorlik – tadbirkorlik faoliyati barcha jabhalarining
asosidir.
Dostları ilə paylaş: