Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar Ijtimoiy - iqtisodiy hodisalar deganda moddiy ne’matlar ishlab chiqarish bilan bog‘liq voqea, hodisalar tushuniladi.
Ctatistika fanining predmeti ommaviy ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarning miqdoriy tomonlarini ularning sifat ko‘rsatkichlari bilan uzviy bog‘liqlikda o‘rganishdir.
Ctatistik to‘plamni tashkil qiluvchi har bir element to‘plam birligi deyiladi.
Statistik kuzatish - tadqiqot qilinayotgan hodisa va jarayonlar to‘g‘risida ilmiy tuzilgan dastur asosida ommaviy ma’lumotlarni to‘plash usulidir.
Jamlash - bu kuzatishdan olingan ma’lumotlarni reja asosida ayrim belgilari bo‘yicha yig‘ishdir (to‘plashdir).
Guruhlash - ma’lumotlarni bir yoki bir necha belgilari bo‘yicha bo‘laklarga ajratib to‘plashdir.
Mavzu bo‘yicha talabalar bilishi lozim bo‘lgan savollar 1. Statistika so‘zi nimani anglatadi?
2. Statistika fanining predmeti nimalardan iborat?
3. Statistik to‘plam deganda nima tushuniladi?
4. Ommaviy - ijtimoiy hodisalar deganda nima nazarda tutiladi?
5. Statistika fani qanday usulga tayanadi?
6. Statistika fanining o‘ziga xos xususiy usullariga qaysi usullar kiradi?
7. Statistika fanining falsafa bilan aloqadorligi.
8. Statistika fanining iqtisodiy nazariya fani bilan aloqadorligi.
9. Statistika fanining boshqa iqtisodiy fanlar bilan aloqadorligi.
10. Statistika fanining hozirgi sharoitidagi asosiy vazifalari nimalardan iborat?