Ikkala do‘kon bo‘yicha mahsulotlarning o‘rtacha narxini hisoblash talab etiladi.
Σ M 50000+72000 122000
X tort garm = ---------- = ----------------------- = ------------ =18,7 s
M 50000 72000 65000
Σ ----- ----------- + -----------
X 20 18
Mahsulotlar o‘rtacha narxi 18 so‘m 70 tiyinni tashkil qilar ekan. Agarda biz oddiy arifmetik o‘rtacha formulasidan foydalanib, o‘rtacha narxni topganimizda xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lar edik.
4. O‘rtacha miqdorlarning boshqa turlari. Moda va mediana Ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarning mohiyatini ularning o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganish uchun turli ko‘rsatkichlardan foydalanish zarur. Hodisalarning bir necha yillik dinamik o‘zgarishini taxlil qilganda ularning o‘rtacha o‘sish yoki pasayish koeffitsientlarini hisoblash lozim. Bunday hollarda o‘rtacha geometrik usuldan foydalaniladi. O‘rtacha geometrik ham oddiy va tortqichli bo‘lishi mumkin. Ular quyidagi formulalar yordamida hisoblanadi.
Tortqichli o‘rtacha geometrik miqdorlar formulasi.
Belgilarning o‘zgaruvchanlik o‘rganilganda o‘rtacha kvadrat miqdorlar hisoblanadi. Ular ham oddiy va tortqichli bo‘ladi.
Oddiy o‘rtacha kvadrat, x oddiy kvadrat
Tortqichli o‘rtacha kvadrat formulalari bilan topiladi.
YUqoridagi qarab chiqilgan o‘rtachalardan tashqari iqtisodiy amaliyotlarda tarkibiy o‘rtachalar ham qo‘llanishi mumkin. Tarkibiy o‘rtachalarga moda va medianani kiritadilar. Lekin moda va mediana o‘rtacha miqdorlardan farq qiladi. O‘rtacha miqdorlar to‘plamning umumiy yo‘nalishini (o‘rtachasini) aniqlasa ham, alohida belgilarning xususiyatlarini niqoblaydi. SHuning uchun ham o‘rtacha hisoblangan miqdorlar abstrakt miqdorlardir.