4. O‘zaro bog‘langan o‘zgaruvchan, doimiy tarkibli va struktura ta’siri indekslari tizimi
Indeksning usuli qandaydir murakkab hodisalarning dinamika (o‘zgarishiga) ta’sir etuvchi alohida omillarning ta’sirini o‘rganishda keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Ma’lumki, har qanday belgi o‘rtachasining davr va xududlardagio‘zgarishiga, birinchidan o‘rtalashtirilayotgan belgining o‘zgarishi ta’sir etsa, ikkinchidan, vaznlar o‘zgarishi ta’sir etadi, Agar agregat indekslarining sur’ativa maxrajlarida vaznlar o‘zgarishisiz qoldirilsa, u holda bunday ko‘rinishdagi indekslar doimiy tarkibli indekslar deyiladi. Masalan, narx umumiy indeksida
yoki
yoki miqdor umumiy indeksi:
YUqorida aytilgan fikrimizga misol tariqasida haqiqiy baholardagi maxsulot dinamikasini qarab chiqsak, unga narx va shu maxsulotlar miqdori (fizik hajmi)ning birgalikdagi ta’siri asosida yuz berishi ma’lum. Bu holda maxsulot fizik hajmi va narx indekslari maxsulot dinamikasiga ta’sir etuvchi shu omillarning o‘lchovi bo‘ladi. Buning uchun ular o‘zaro bog‘langan yagona indekslar tizimidan iborat bo‘lishi kerak,
ya’ni: bu erdan,
Jpq = Jp * Jq ekanligi ma’lum.
Statistikada indekslashtirilayotgan belgi o‘rtachalarining nisbati o‘zgaruvchan tarkibli indeks deb yuritiladi. U umumiy holda quyidagi ko‘rinishga ega:
Narx umumiy indeksi misolida qarab chiqsak:
O‘zgaruvchan tarkibli indeks, doimiy tarkibli indekslardan farqli o‘laroq o‘rtachaning umumiy o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi ikkita omilni, ya’ni indekslashtirilayotgan belgi birliklari (Pi)ni va vaznlar tizilmasining o‘zgarishini o‘zida aks ettiradi. Doimiy tarkibli indekslar esa faqatgina indekslanayotgan birliklarning o‘rtacha o‘zgarishinigina o‘ziga aks ettiradi.
Bu indekslar tizimiga kiruvchi uchinchi indeks bo‘lib, struktura ta’siri indeksi hisoblanadi. Bu indeks sifat belgilari o‘rtacha darajasining o‘zgarishiga vaznlar tizilmasi o‘zgarishining ta’sirini aniqlash imkonini beradi.
U quyidagi formula bilan ifoda etiladi:
yoki narx misolida yozsak qo‘yidagi formulani hosil qilamiz:
SHunday qilib, milliy iqtisodiyot taraqiyotini tahlil qilishda o‘zaro bir - biri bilan bog‘langan o‘zgaruvchan tarkibli, doimiy tarkibli va struktura ta’siri indekslaridan foydalaniladi. Bu tizimni quyidagicha ifodalash mumkin:
Jx = Jx * Js
Bu bog‘lanishdan foydalanib, doimiy tarkibli indeksni aniqlasak u holda
Jx = Jx : Js yoki Js = Jx * Jx
“Iqtisodiy indekslar” mavzusi bo‘yicha tayanch iboralar
1. Indeks - so‘zi lotincha “index” atamasidan olingan bo‘lib, ko‘rsatkich, belgi ma’nosida ishlatiladi.
2. Statistikada indekslar - deb, o‘zaro qushib bo‘lmaydigan elementlardan tashkil topgan ikkita to‘plamni o‘zaro solishtirish natijasida hosil bo‘ladigan umumlashtiruvchi ko‘rsatkichga aytiladi.
3. Agregat indekslar - turli holdagi elementlardan tuzilgan murakkab hodisalarning o‘rganilayotgan davrlar ichida o‘rtacha o‘zgarishini tariflaydi.
4. Agregat indekslar - har qanday umumiy indekslarning asosiy shaklidir.
5. Laspes narx o‘zgarishini tovarlarning ma’lum masasiga nisbatan ta’riflash lozim degan taklifni kiritdi va shu bilan u narx indeksi misolida agregat indekslarga asos soldi.
6. SHartli noma’lum hasoblanishi lozim bo‘lgan indeksning - sur’atida ishtirok etsa, agregat shaklidagi indeks o‘rta arifmetik indeks ko‘rinishiga keladi.
7. SHartli noma’lum hisoblanini lozim bo‘lgan indeksning maxrajiga ishtirok etsa- agregat shaklidagi indeks o‘rta garmonik indeks shakliga keladi.
8. Indeks - usuli qandaydir murakkab hodisalarning dinamika (o‘zgarishiga) siga ta’sir etuvchi aloxida omillarning ta’sirini o‘rganishda keng ko‘lamga qo‘llaniladi.
9. Statistikada indekslashtirilayotgan belgi o‘rtachalarining nisbati o‘zgaruvchan tarkibli indeks deb yuritiladi.
10 O‘zgaruvchan tarkibli indeks - doimiy tarkibli indekslardan farqli ularoq o‘rtachaning umumiy o‘zgarishiga ta’sir qilduvchi ikkita omilni, ya’ni indekslashtirilayotgan belgi birliklari (Pi)ni va vaznlar tizilmasining o‘zgarishini o‘zida aks ettiradi.
“Iqtisodiy indekslar” mavzusi bo‘yicha talabalar
Dostları ilə paylaş: |