Menejment va statistika


Ishlab chiqarish hisoblamasining ko’rsatkichlari



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə59/135
tarix13.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#143115
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   135
Menejment va statistika-fayllar.org

3.Ishlab chiqarish hisoblamasining ko’rsatkichlari
Ishlab chiqarish hisoblamasi ishlab chiqarish natijalarini yoritish uchun mo‘ljallangan. Keng ma’noda ishlab chiqarish - ishlab chiqarilgan barcha tovar va xizmatlar qiymatini aks ettiradi. Uni hisoblash jarayonida ishlab chiqarishning o‘zida sarflangan tovar va xizmatlar qiymati ayirib tashlanmaydi. Shuning uchun ishlab chiqarish tarkibida takrolanishlar mavjud bo‘ladi.


Foydalanish


Resurslar


  1. Oraliq iste’mol


  2. YAlpi qo‘shilgan qiymat (1-2)


1. Ishlab chiqarilgan barcha maxsulotlar va ko’rsatilgan xizmatlar


Jami foydalanilgan


Resurslar jami


Iqtisodiyotning har xil sektor va tarmoqlarda har xil usullarda hisoblangan ishlab chiqarish hajmi bir-biridan farq qiladi. Masalan, nomoliyaviy sektorda ishlab chiqarish hajmi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:


P=R+S;

Bunda P - ishlab chiqarish;


R - sotilgan mahsulot hajmi;
S - ishlab chiqarilgan, lekin sotilmay qolgan tayyor mahsulotlar zahiralarining ortishi, bunga tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘i xam qo‘shiladi.
Sotilmay qolgan tayyor mahsulotlar zahirasining ortishi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanishi mumkin:
S=S1-S0;
Bunda S1 - davr oxirida zahiralar qiymati;
S0 - davr boshidagi zaxiralar qiymati;
Aytish lozimki, MHTda quyidagi muhim qoidaga rioya qilinadi: tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilgan vaqtidagi baho bilan baholanadi, sotilgan vaqtidagi baho bilan emas. Yuqori inflyatsiya mavjud bo‘lgan davrda bunday farq juda yuqori ham bo‘lishi ham mumkin.
Mahsulot ishlab chiqarish vaqtidagi baho bilan baholash maqsadida MHTda zahiradagi tayyor lekin sotilmay qolgan mahsulotlarni yuqori inflyatsiya davrida baholash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
S=L-M

Bunda L - tovarlarni zahiraga qo‘yish vaqtidagi baho bilan baholangan mahsulotlar qiymati;


M - tovarlarni zahiradan olish vaqtidagi baho bilan baholangan mahsulotlar qiymati.
Bank muassasalarining ishlab chiqarish hajmi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
R=T1-T0
Bunda R - banklarning ishlab chiqarish hajmi
T1 - mablag‘larni jalb qilgani va joylagani uchun haridorlarning banklarga to‘lagan foizlari
T0 - banklar tomonidan ozod moliyaviy resurslarni jalb etgani uchun banklarning haridorlarga to‘lagan foizlari.
Demak, banklar resurslarni saqlovchilar bilan investorlar orasidagi vositachi rolini o‘ynaydilar. Aytish lozimki moliyaviy vositalarning ishlab chiqarish hajmiga haridorlarning quyidagi xizmatlar uchun to‘lovlari: boyliklarni seyflarda saqlash, investitsiyalash bo‘yicha berilgan maslahatlar, valyuta almashtirish va h.k. ham qo‘shiladi.
Sug‘urta kompaniyalar mahsulot hajmi quyidagicha aniqlanadi:
P=R-K+Q-N
Bunda, R - sug‘urta kompaniyalarga to‘langan sug‘urta mukofotlari
K - sug‘urta kompaniyalari to‘lagan sug‘urta to‘lovlari
Q - sug‘urta kompaniyalari tomonidan texnik zahiralarni qimmatbaho qog‘ozlarni va boshqa moliyaviy mablag‘larni investitsiyalashdan olingan foizlar
N - sug‘urtalangan texnik zahiralar hajmining ortishi.


Oraliq iste’mol yangi tavar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish jarayonida sarflangan tayor mahsulotlar va xizmatlar qiymati, masalan, ishlab chiqarishda sarflangan xom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, asbob-uskunalar qiymati, shuningdek, reklama agentliklari, yuridik konsultatsiyalar, transport agentliklari va h.k. xizmatlari uchun to‘lovlar va h.k. Misol: non tayorlash uchun non zavodida homashyo sifatida ishlatilgan un qiymati.
Imoratlar, uskunalar va mashinalar ijarasi uchun to‘lovlar ham oraliq iste’molning muhim moddasi hisoblanadi. Lekin asosiy vositalar eskirishi (iste’moli) oraliq iste’mol hisoblanmaydi. Oraliq iste’mol qiymati oxirgi foydalanish bahosida hisoblanadi va unga barcha savdo-transport ustamalari ham qo‘shiladi.


Yalpi qo‘shilgan qiymat (YaQQ) - iqtisodiy faoliyatning muhim ko‘rsatkichi bo‘lib, u ishlab chiqarish hisoblamasining balanslashtiruvchi moddasi hisoblanadi va ishlab chiqarish bilan oraliq iste’mol orasidagi farq sifatida aniqlanadi. Demak ishlab chiqarish hisoblamasini qo’lashdan asosiy maqsad mamlakat miqyosida yalpi qo’shilgan qiymat miqdorini aniqlashdan iboratdir. Agar ishlab chiqarish asosiy baholarda (mahsulotlarga subsidiyalar qo‘shilib, soliqlar ayrilgan holda) baholangan bo‘lsa, YaQQ ham shu baholarda baholanadi, agar u ishlab chiqaruvchi bahosida baholangan bo‘lsa (mahsulotlarga soliqlar qo‘shilib, lekin qo‘shilgan qiymat soliqlari, subsidiyalarni hisobga olmagan holda) YaQQ xam shu baholarda baholanadi. Keng ma’noda barcha sektor va tarmoqlar
YaQQ yig‘indisi Yalpi ichki mahsulotga teng. Ammo amalda YaIM va YaQQni baholashdagi o‘ziga xos xususiyatlarni e’tiborga olib ular orasidagi bog‘lanishni quyidagicha izohlash mumkin:
YAIM=YQQ+N-S
Bunda YAIM - yalpi ichki mahsulot
YQQ - asosiy baholarda hisoblangan iqtisodiy barcha sektorlarning yalpi qo‘shilgan qiymati
N - mahsulotlarga bo‘lgan barcha soliqlar summasi S - mahsulotlarga bo‘lgan subsidiyalar


Yalpi qo‘shilgan qiymat ko‘rsatkichiga asosiy kapital iste’moli harajatlari ham qo‘shilgani uchun uni yalpi ko‘rsatkich deyiladi. Asli uni qo‘shilmaslik kerak edi, ammo uning hajmini MHT talabi darajsida yoki tiklashdagi qiymati bo‘yicha doim ham aniqlab bo‘lmaydi.
Daromadlarni hosil bo‘lishi hisoblamasi YaQQni qanday elementlarga ajralishini ko‘rsatadi. YaQQning asosiy elementlari hisoblamasining chap qismida keltiriladi.

  1. Daromadlarni hosil bo‘lishi hisoblamasi


Foydalanish


Resurslar


  1. Ish haqqi


  2. Ishlab chiqarishga boshqa soliqar


  3. Asosiy kapital istemoli


  4. Foyda (aralash daromad) 1-2-3-4


1. Yalpi qo‘shilgan qiymat


Jami foydalanilgan


Jami resurslar





Ish haqqi ko’rsatkichiga hisoblangan barcha ish haqqi va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar kiradi. Ish xaqqi YaQQni yaratishda qatnashgan rezidentlar va norezidentlarga to‘langan ish haqqini bildiradi (masalan, mamlakatda vaqtincha turgan xorij mamlakatlar ishchilariga to‘lovlar).

Ishlab chiqarishga boshqa soliqlar - ishlab chiqarishning ayrim omillariga soliqlar: er, imorat, transport vositalari, ish xaqqi fondiga. Bu modda sof asosda qayd etiladi, yoki ishlab chiqarishga bo‘lgan boshqa subsidiyalar ayriladi.

Asosiy kapital iste’moli - asosiy vositalarning qayta tiklashdagi bahosi bo‘yicha hisoblangan amortizatsiya summasi.

Yalpi foyda - bu modda nomoliyaviy va moliyaviy korporatsiyalarning daromadlarini hosil bo‘lishi hisoblamasida paydo bo‘ladi. Yalpi foyda yalpi qo’shilgan qiymatdan barcha hisoblangan mehnat xaqi, ishlabchiqarish va importga qo’yilgan soliqlar sumasini yayirib tashlash yo’li bilan aniqlanadi. Yalpi foyda sumasidan asosiy vositalar amartizatsiya sumasini ayirib tashlasak sof foyda qoladi.

Aralash daromad - nokorporativ korxonalar uchun balanslashtiruvchi modda bo‘lib, u uy xo‘jaligi sektorining daromadlarini tashkil topishi hisoblamasida paydo bo‘ladi. Uy xo‘jaligi tarkibida nokorporativ korxonalar (kichik fermarlar, kichik ustaxonalar, restoran va magazinlar, ularda oila a’zolari xizmat qiladilar) ham bo‘ladi.
III. Daromadlarni birlamchi taqsimlash.


Foydalanish


Resurslar


  1. Mulkdan olingan daromadlar (to‘langan)


  2. Birlamchi daromadlar qoldig‘i (1+2+3+4-5)


  1. Foyda (aralash daromad)


  2. Mulkdan olingan daromad


  3. Ishlab chiqarish va import soliqlari


  4. Ish xaqqi


Jami foydalanilgan


Jami resurslar



Daromadlarni birlamchi taqsimlash hisoblamasi ishlab chiqaruvchi sektorlarda olingan birlamchi daromadlarni kelib tushishi va ularni qabul qiluvchi sektorlarga o‘tkazilish jarayonini ko‘rsatishdan iborat. Uning o‘ng tomonida olingan birlamchi daromadlar chap tomonida esa - mulkdan olingan daromadlarning to‘lanishi va balanslashtiruvchi mldda - birlamchi daromadlar qoldig‘i keltiriladi.


Mulkdan olingan daromadlar - iqtisodiyotning barcha sektorlarida olingan birlamchi daromadlar: foizlar, devidentlar, renta, bevosita xorij investitsiyalaridan olingan daromadlar. Lekin yashaladigan va yashalmaydigan binolar uchun ijara xaqqi mulkdan olingan daromad emas, balki xizmatlar uchun to‘lovlar sifatida qaraladi.

Ishlab chiqarish va import soliqlari – davlat tomonidan olingan (byujetga ) birlamchi daromadlardir .

Ish haqqi - o‘z mamlakati va xorij davlati YAIMni yaratishda ishtirok etgani uchun mamlakat rezidentlariga to‘langan ish xaqqi. SHunday qilib, hisoblamadagi ish xaqqi, daromadlarni hosil bo‘lishi hisoblamasidagi ish xaqqiga teng kelmaydi, chunki unda rezident va norezidentlarga to‘langan to‘lovlar, shu mamlakat YAIMni yaratishda qatnashganlariga to‘lanadi. Demak, bu ikkita ish xaqqi faqat favqulotda arifmetik jihatdan teng bo‘lib qolishi mumkin, holos.

Milliy daromad, shu mamlakat rezidentlari tomonidan olingan birlamchi daromadlar yig‘indisini beradi. Milliy daromad ham yalpi asosda, ham sof asosda aniqlanishi mumkin (asosiy kapital istemolini hisobga olgan va olmagan holda). Yalpi asosda hisoblangan YAlpi milliy daromad deb, sof asosda hisoblangan esa sof milliy daromad deb ataladi.
Yuqorida qayd qilinganidek, YaIM bilan YaMD ko‘rsatkichlari orasidagi farq, shu mamlakat rezidentlarining xorijdan olgan daromadlari qoldig‘idan tashkil topadi. Odatga ko‘ra, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda YaMD YaIMdan ko‘p, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa uning aksi YaMD YaIMdan kam. Bunga sabab, rivojlangan mamlakatlar, xorijga qo‘yilgan investitsiyalardan ko‘proq daromad oladilar.



  1. Daromadlarni pul formada qayta taqsimlash hisoblamasi

Foydalanish


Resurslar


  1. Joriy transfertlar (to‘langan)


  2. Ixtiyordagi daromad (1+2-3)


  1. Birlamchi daromadlar qoldig‘i


  2. Joriy transfertlar (olingan)


Jami foydalanilgan


Jami resurslar



Bu hisoblama daromadlarni pul formada qayta taqsimlanishini ifodalashga mo‘ljallangan. Hisoblamalarning boshlang‘ich moddasi - avvalgi hisoblamaning balanslashtiruvchi moddasi yoki birlamchi daromadlar qoldig‘i. Daromadlar MHTda transfert deb nomlangan qayta taqsimlash to‘lovlari yordamida qayta taqsimlanadi.


Transfertlar - tovarlar, xizmatlar, aktivlar yoki mulkchilik huququqlarining bir tomonga harakati, ikkinchi tomonga uning qiymatiga teng bo‘lgan ekvivalent oqimlarini ifodalovchi operatsiyalar bo‘lib hisoblanadi.
Transfertlarning joriy va doimiy turlari mavjud bo‘lib, ular natural formada bo‘lishi mumkin. Daromadlarni qayta taqsimlash hisoblamasida transfertlar joriy pul formada qayd etiladi:
Hisoblamaning balanslashtiruvchi moddasi bo‘lib, ixtiyordagi
daromad hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich xam yalpi, ham sof asosda, (asosiy kapital istemolini e’tiborga olingan holda) hisoblanishi mumkin.
Iqtisodiyotning barcha sektorlari tomonidan olingan ixtiyordagi daromadlar yig‘indisi, ixtiyordagi milliy daromad (yalpi yoki sof)ga teng bo‘ladi va u MHTning muhim agregati hisoblanadi.

Yalpi ixtiyordagi milliy daromad (YaIMD) yalpi milliy daromaddan xorijdan olingan joriy tarnsfertlar qoldig‘iga katta bo‘ladi.
Ixtiyordagi daromaddan foydalanish hisoblamasi quyidagi operatsiyalarni qayd etish uchun mo‘ljallangan.
Oxirgi foydalanish harajatlari quyidagilardan iborat:
  1. uy xo‘jaliklarida oxirgi istemol harajatlari;


  2. davlatni boshqarishda oxirgi istemol harajatlari;


v) uy xo‘jaligi xizmatidagi notijorat tashkilotlarning oxirgi istemol harajatlari.


Qayd etilgan istemol harajatlari, o‘ziga tegishli sektorlarning hisoblamalarida qayd etiladi.


Jamg‘arish - hisoblamaning balanslashtiruvchi moddasi hisoblanadi. Iqtisodiyotning barcha sektorlari jamg‘arish summalarining yig‘indisi MHTning yana bir agregati - milliy jamg‘arish hajmini ifodalaydi.
Agar uy xo‘jaliklari ixtiyoridagi daromadga yana natural formada olingan ijtimoiy transfertlar qo‘shilsa MHTning yana bir agregati - uy xo‘jaliklrining tuzatish kiritilgan ixtiyordagi daromad ko‘rsatkichi olinadi. Bu oqim uy xo‘jaligiga berilgan barcha tushumlarni aks ettiradi va u ular istemol qilishi va saqlashi mumkin bo‘lgan imkoniyatlarni aks ettiradi. Bu ko‘rsatkich aholining turmush darajasini o‘rganish imkoniyatini beradi.
Davlatni boshqarish sektorining tuzatish kiritilgan ixtiyordagi daromadi, shu sektorning ixtiyordagi pul daromadi bilan, uy xo‘jaligi ixtiyoriga natural formada berilgan ijtimoiy transfertlar orasidagi farqqa teng. Shunday sxema asosida uy xo‘jaliklari xizmatidagi notijorat tashkilotlarning tuzatish kiritilgan ixtiyordagi daromadlari hisoblanadi.
Shunday qilib, iqtisodiyot sektorlarining tuzatish kiritilgan ixtiyordagi daromadlari ularning ixtiyordagi pul formadagi daromadlar yig‘indisga teng. Tuzatish kiritilgan ixtiyordagi daromaddan foydalanish quyidagi sxema asosida amalga oshiriladi.
VII. Tuzatish kiritilgan ixtiyordagi daromaddan foydalanish hisoblamasi

Foydalanish


Resurslar


  1. Amaldagi oxirgi foydalanish


  2. Saqlash (1-2)(jamg’arma)


1. Tuzatish kiritilgan ixtiyordagi daromad


Jami foydalanilgan


Jami resurslar





Amaldagi oxirgi foydalanish barcha oxirgi foydalanish harajatlari va natural formadagi ijtimoiy transfertlar (olingan/berilgan)ni o‘z ichiga oladi.

Uy xo‘jaliklari oxirgi amaldagi iste’moli, ularning oxirgi iste’mol harajatlari va natural formadagi ijtimoiy transfertlar yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Bularga uy xo’jaliklari istemol qilgan barcha tavarlari va ko’rsatilgan xizmatlar hamda foliyat yurituvchi subyektlar tomonidan xodimlarga natural shaqqilda berilgan maxsulotlar qiymati xam kiradi.

Davlatni boshqarish organlarining oxirgi amaldagi istemoli, ularning oxirgi iste’moli harajatlari va uy xo‘jaliklariga berilgan natural formadagi ijtimoiy transfertlar farqiga teng.
Hisoblamaning balanslashtiruvchi moddasi - saqlash bo‘lib, u pul formadagi ixtiyordagi daromaddan foydalanish hisoblamasining balanslashtiruvchi moddasiga teng bo‘ladi.

Endi jamg‘arish hisoblamalriga o‘tamiz. Bu guruhning birinchi hisoblamasi - kapital bilan operatsiya deb ataladi.Foydalanish


Resurslar


  1. Asosiy kapitalni yalpi jamg‘arish


  2. Material aylanma mablag‘lar zahirasining o‘sishi


  3. Boyliklarni sof sotib olish


  4. Er va boshqa ishlab chiqarilmagan aktivlarni sotib olish


  5. Sof kreditlash (sof qarz berish)


(1+2-3-4-5-6-7)


  1. Saqlash

  2. Kapital transfertlar (olingan+)

  3. Kapital transfertlar (to‘langan-)


Jami foydalanilgan


Jami resurslar



Bu hisoblamaning vazifasi kapital harajatlarni moliyalashtiris manbalari va ulardan qanday yo‘nalishlarda (kapital harajatlarining turlash) foydalanilganini ko‘rsatishdan iborat.

- saqlash (ixtiyordagi o‘tish, unda saqlash


Kapital harajatlarni moliyalashtirishning asosiy manbai - saqlash ixtiyoridagi daromaddan foydalanish hisoblamasidan o‘tadi, bunda saqlash balanslashtiruvchi modda bo‘lib hisoblanadi. Keyingi moliyalashtirish manbai - kapital transfertlar yoki bir vaqtning o‘zida qayta taqsimlash to‘lovlari (masalan, korxonalarni davlat bydjetidan qayta to‘lovsiz moliyalashtirish, xususiylashtirish jarayonida kapitalni o‘tkazish, avvalgi yillar qarzlarini kechib yuborish va h.k.).


Asosiy kapitalni yalpi jamg‘arish - bino va inshoatlarni qurish qiymati, shuningdek mashina, uskuna, transport vositalarini va asosiy fondlari boshqa turlarini sotib olish.

Material aylanma mablag‘lar zahirasini ortishi - xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor lekin sotilmay qolgan mahsulotlar va h.k. qiymatining ortishi.

Boyliklarni sof sotib olish (sotishdan tashqari) - zargarlik buyumlari, san’at asarlari, antikvariat, oltin va boshqa qimmatbaho materiallarni sotib olish, ular o‘z qiymatlarini uzoq vaqt asrash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Boyliklar yuridik, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan ishlab chiqarish va iste’mol uchun emas, balki aktivlarni inflyatsiyalardan asrash uchun sotib olinadi.
Erni va boshqa ishlab chiqarilmagan aktivlarni sotib olish er bilan birga boshqa ishlab chiqarilmagan aktivlarni (patent, litsenziyalar, avtorlik huquqi va h.k.) sotib olishni o‘z ichiga oladi.


Sof kreditlash (sof qarz olish) - moliyaviy resurslar hajmini ifodalovchi balanslashtiruvchi modda bo‘lib, u iqtisodiyotning bir sektorini ikkinchi sektoriga bergan va o‘rni qoplanadigan (yoki olgan) kapital harajatlarni moliyalashtirishni ifodalaydi.
O’ZBEKISTON MILLIY HISOBLAR TIZIMI- IQTISODIY STATISTIKANING USLUBIY NEGIZI “ mavzusi bo’yicha tayanch iboralar
Milliy hisoblar tizimi , Milliy hisoblar tizimi hisoblamalmalari, ishlab chiqarish hisoblamalari, daromadlarning hosil bo’lish hisoblamalari , birlamchi daromadlar, daromadlarning taqsimlash hisoblamalari, yalpi ichki maxsulot, yalpi milliy daromad, sof milliy daromad, ixtiyordagi daromad, oralig’ istemol, jamg’arish va oxirgi istemol.

O’ZBEKISTON MILLIY HISOBLAR TIZIMI- IQTISODIY STATISTIKANING USLUBIY NEGIZI “mavzusidan o‘z-o‘zini nazorat qilish va muhokama uchun savollar.


  1. Milliy hisoblar tizimining paydo bo’lishi va mohiyati.


  2. O’zbekistonda milliy hisoblar tizimining joriy qilinishi.


  3. Iqtisodiyotning MHT bo’yicha sektorlarga guruhlanishi


  4. Milliy hisoblar tizimining asosiy hisoblamalari.


  5. Ishlab chiqarish hisoblamasining korsatkichlari.


  6. Daromadlarning hosil bo’lish hisoblamasining ko’rsatkichlari.


  7. Daromadlarning taqsimlash hisoblamasining ko’rsatkichlari.


  8. Daromadlardan foydalanish hisoblamasini tuzish.





Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin