Tabiatshunoslik darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish oid 10ta maqolani o'rganish va tahlil qilish raja



Yüklə 73,5 Kb.
tarix12.10.2023
ölçüsü73,5 Kb.
#154782
TABIATSHUNOSLIK DARSLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH OID 10TA MAQOLANI O\'RGANISH VA TAHLIL QILISH


TABIATSHUNOSLIK DARSLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH OID 10TA MAQOLANI O'RGANISH VA TAHLIL QILISH


Raja:

1. Tabiatshunoslikka oid maqolalar.


2. Ekologiya muammolari.
3. Hayvonlarni muhofaza qilish.

Ekologik ta'lim-tarbiyani bog'chalar va maktablarda olib borish yo'llari. Tabiat, uning go'zalligi va tabiiy boyliklarni saqlash borasidagi ishlarni oila, bog'cha bolalari va maktab o'quvchilari orasida olib borishdan boshlab, yosh va o'sib kelayotgan avlodni atrof muhit, undagi o'simlik, hayvon, suv va tuproqqa mehr-shafqatli, ularni asraydigan, boyitadigan jonkuyar qilib tarbiyalash kerak.


1. Shu maqsadlarga erishish uchun bog'cha bolalarini maxsus «Ekologik ta'lim-tarbiya metodikasi», «Tabiat bilan tanishish» kabi dasturlar asosida tarbiyalash hamda turli o'yinlar vositasi bilan tabiatga oid ekologik ta'lim elementlarini bolalar ongiga singdirish kerak;
2. Bolalarda tabiatga nisbatan mehr-muxabbat uyg'otish borasida olib boriladigan ishlar maxsus metodik qo'llanmalar, tavsiyalar, «Atrofimizdagi olam», «Atrofimizdagi tabiat», «Tabiatshunoslik» kabi o'quv-o'yin materiallari asosida oddiy, sodda va tushunarli formalarda olib borilishi kerak;
3. Bolalarga atrof muhit borasida ekologik ta'lim-tarbiya beradigan tarbiyachi va metodistlarning o'zlari maxsus kurslarni tamomlagan, tajribali mutaxasislar bo'lishlari shart;
4. «Ekologik ta'lim va tabiya uslubi» dasturi asosida tarbiyachilarni qayta tayyorlash kurslari, leksiyalar, tajriba almashish seminarlari tashkil qilib, xizmatchilarning bilim va saviyalari, ishlash qobiliyatlarini oshirish kerak;
5. Maktablarda «Atrofimizdagi olam», «Tabiatshunoslik» o'quv kitoblari asosida «atrof muhit», «tabiat», «atrof muhit muhofazasi», «ekologiya», «ekologiya ziddiyatlari» kabi tushunchalar botanika, zoologiya, adabiyot, kimyo, fizika va ayniqsa, «Umumiy biologiya» fanlarini o'tishda alohida o'rin olishi kerak;
6. Maktab o'quvchilarini tabiat, agrotsenozlarga, ekskurssiyalarga olib chiqishda atrof muhit holati, uning muxofazasi alohida o'rin olishi, o'quvchilar shu ekskursiya davomida o'zlari yashayotgan joyning tabiati, uning ekologik holati, unga ta'sir qilayotgan salbiy va ijobiy omillar, tabiat boyliklarini saqlash va boyitish borasida chora-tadbirlar ko'ra bilish bo'yicha bilim, ko'nikmalar va fikrlash qobiliyatiga ega bo'lib, ekskursiyadan qaytishlari kerak;
7. Maktab va litsey o'quvchilari «yosh tabiatshunoslar», «Yashil patrullar» «Jonivorlarni asrovchi jonkuyarlar», «Ona-er patrullari», «Toza havo», «Moviy suv» patrullari, sog'lomlashtirish lanerida tuzilgan «Tabiat va fantaziya», «Yosh fenologlar», «Tabiatni muhofaza qilish» kabi to'garaklarda maxsus tayyorlagan «Yosh ekologlar», «Tabiatni muxofaza qilish» kabi to'garaklarni maxsus tayyorlagan «Yosh ekologlar» o'quv dasturi asosida atrof muhit muammolarini har tomonlama o'rganib borishlari kerak;
XXI - asr ekologiya asri bo'lishi shubhasizdir. Har bir inson ona sayyoramiz tabiatiga ziyon etkazmasdan o'zgartirish, tabiiy boyliklaridan okilona foydalanish va yashash muhitini saqlashdek muqaddas ishga o'zining munosib hissasini qo'shishi lozimdir.
Chet ellarda tabiatni muhofaza qilish o'ziga xos xususiyatlarga ega. Ko'pchilik mamlakatlarda 4 xil qo'riqxonalar mavjud: 1) tabiiy rezervatlar-kat'iy rejim bilan ishlaydigan xatto kishilarning kirishi ham man etilgan katta maydonlar. Bunday qo'riqxonalarda noyob o'simliklar va hayvonlar qo'riqlanadi. Ularda ilmiy ishlar olib boriladi; 2) milliy (xalq) parklar-yirik qo'riqxonalarda butun tabiiy kompleks muhofaza qilinadi. Badiiy qo'riqxonalar G'arbiy YEvropa, Afrika, Shimoliy Amerika, millatlar hamkorligidagi mamlakatlar juda keng tarqalgan bo'lib, bu qo'riqxonalarga kishilar pul to'lab kiradilar. Eng katta va mashhur milliy parklarga yiliga bir necha 10 mln. kishi kiradi. Masalan: mashhur “Yellouston” milliy parkiga tashkil etilganidan beri (1872 yildan) hozirgacha 100 mlndan ortiq kishi kelib ketgan. 3) tabiat yodgorliklari-g'or, er osti tog' jinslari ochilib qolgan joylar, katta yoki bahaybat daraxtlar, ajoyib shakldagi qoyalar, sharsharalar kabi ayrim ob'ektlar qo'riqlanadigan kichik qo'riqxonalardir. Tabiiy yodgorliklar, tarixiy ob'ektlar bo'lib saqlanadi. 4) chala balki qisman mavjud qo'riqxonalarda ayrim ob'ektlar muhofaza qilinadi. Badiiy qo'riqxonalar zakazniklar deb atalishi mumkin. Ov qilish yoki baliq tutish man etilgan maydonlar zakazniklar deb yuritiladi.
Chet mamlakatlarda qo'riqxonalarning umumiy soni va maydoni shuni ko'rsatadiki, aholi zich yashaydigan va tabiiy sharoiti xilma-xil bo'lgan mamlakatlarda qo'riqxonalar nisbatan katta maydonni egallagan.umuman olganda, dunyoda qo'riqlanadigan maydonlar juda notekis joylashgan. Chunonchi, Chexoslavakiyada qo'riqxonalarning nisbiy maydoni Fransiyadagiga nisbatan 60 marta, Keniyada Jazoirdagiga nisbatan 1,5 ming marta kattadir. Osiyo mamlakatlariga qolganda, Shri-Lankada qo'riqlanadigan maydonlar Xindistondagiga nisbatan 45 marta ko'p.
Germaniya Yevropa mamlakatlar orasida tabiatni muhofaza qilishiga birinchi bo'lib kirishgan, chunki tabiatning nest-nobud qilishi natijasida tabiiy boyliklarning kamayib ketganligining bu mamlakat boshqa davlatlardan oldinroq sezadi. 1954 yilda tabiatni muhofaza qilish to'g'risida qonun qabul qilinadi. Bu qonunga ko'ra tabiatni muhofaza qilish Davlat boshqarmasi Germaniyada tabiatni muhofaza qilish barcha tadbirlar kompleksini nazorat qilish va tashkil etish bosh organi tuzildi. Germaniyada 70-yillarda umumiy maydoni 44100 ga bo'lgan 200 ta qo'riqxona va umumiy maydoni 21726 ga bo'lgan 270 ta qo'riqxona kerak. O'rmon uchastkalari, shuningdek, maydoni 199100 ga bo'lgan 334 ta qo'riqlanadigan landshaft uchastkalari bo'lgan. Bundan tashqari, ob'ekt maydoni kichikroq bo'lgan 10000 ta tabiat yodgorliklari ishlab turibdi. Germaniyada tabiatni muhofaza qilish tabiiy boyliklarni, birinchi galda kamayib ketayotgan fauna va florani saqlab qolish va imkoni boricha sonini ko'payishiga qaratilgan ishlar yaxshi yo'lga qo'yilgan. Qo'riqxonalarda va tabiat landshaftlarini o'rganish hamda muhofaza qilish ilmiy tadqiqot institutida qo'riqxona ishiga nazariy va amaliy tavsiyalar beradigan maxsus ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
AQSh da ham yer-suv, o'rmon va hayvonlarni yirtqichlarga nest-nobud qilishga qarshi kurashga doir misollar ko'p. Asr boshlarida AQShda hayvonot dunyosini muhofaza qilish sohasida 300 ga yaqin qonun qabul qilingan. Ana shu davrdan boshlab katta foyda keltiradigan qo'riqxonalar milliy parklar barpo etila boshlandi. Yuqorida tilga olingan Yellouston milliy parkidan tashqari (9 mln. km2) boshqa yirik qo'riqxonalar (Texasda) Biya-Bld (300 mingga), Gavayi, Olimpiya qo'riqxonalari ham turistlardan katta daromad olmoqda.
Shvesariyada tabiatni muhofaza qilish Milliy daromadning eng muhim manbalaridan biri bo'lgan chet el turizm rivojlangan bu keyinchalik mamlakatda tabiatni muhofaza qilish tadbirlari alohida ahamiyatga ega. Chetdan mumkin qadar ko'proq turistlarni jalb qilish uchun tabiatdagi barcha ajoyib ob'ektlarni o'z xolida saqlash kerak. O'tmishda turizm bilan shug'ullanmagan davrda tabiatga ancha zarar etkazildi, ba'zi bir tuyoqli hayvonlar va parrandalar (boltayutar, kaljurchi, kist) qirib yuborilgan. Biroq keyingi 60 yil ichida ba'zi bir hayvonlar, avvalo, ov qilinadigan hayvonlar soni tiklanadi. Masalan, 1910 yilga asl bug'u 20 bosh qolgan bo'lsa, 1955 yilga 872 boshga etdi.
Ilmiy texnika taraqqiyoti davrida mineral resurslardan xalq xo'jaligining hamma sohasi uchun zarur bo'lgan universal xom ashyoga aylanib qoldi. Shu sababli agar inson XVIII asrgacha faqat 18 xil elementlardan foydalangan bo'lsa, XIX asrda 62 tasidan, hozir 200 ta element va ularning birikmalaridan, shuningdek, tabiiy sharoitda uchramaydigan, faqt laboratoriyada olish mumkin bo'lgan elementlarning izotoplaridan ham foydalanishga erishdi.
Hozirgi davrda mineral resurslar har qanday davlatning ham iqtisodiy taraqqitini belgilab beruvchi asosiy omillarga aylanib qoldi. Shu sababli, hozir dunyo bo'yicha (S.A. Brilov, L.G. Grabchak , 1985 ma'lumotlariga ko'ra)har yili 150,0 mlrd. t mineral xom ashyo qazib olinmoqda.
Sanoatning rivojalanishi uchun zarur bo'lgan temir rudalarning er kurrasida zahirasi ko'p bo'lib, Yerdan 260 mlrd. t qazib olish mumkin. Bundan 15 avval Sobiq ittifoqda 250 mln. t, Xitoyda 151, Avstraliyada 91, Braziliyada 70, AQShda 49, Kanadada 40, Shvesiyada 21, JARda 25, Fransiyada 67 mln. t qazib olingan.
Qadim zamonlarda kishilar er yuzasiga va er osti boyliklariga yaxshiroq ta'sir etmaganlar. Sanoat ishlab chiqarish ya'ni kapitalizm davridan boshlab ahvol keskin o'zgargan.
Xususan so'ngi 10 yillikda fan-texnika revolyutsiyasi ro'y berishi bilan kishilarning xo'jalik texnik ehtiyojlari va texnika qudrati tabiiy prosessoriga katta ta'sir etib, er qiyofasiga jiddiy o'zgartirib yubormoqda. Anna shuning uchun ham ba'zi bir olimlar biosfera Bilan birgalikda kishi aqli va qudrati ila yaratilgantexnika kirib borayotgan sfera – texnosfera mavjud demoqdadir. Bu sferaning tashkil topishiga mineral resurslar katta rol o'ynaydi.
Yer osti boyliklari deganda, erning ichki qismida bo'lgan asosiy mineral resurslar tushuniladi. Yer usti boyliklari qum, shag'al, ba'zi bir tuzlar va boshqalar ham bor.
Fan-texnika taraqqiyoti asrida er osti boyliklaridan foydalanishda uch xususiyat mavjud.
1. Ishlab chiqarishni rivojlanishi ko'p miqdorda mineral resurslarni talab etadi.
2. Sanoat va qishloq xo'jaligida foydali qazilmalarning yangidan-yangi turlaridan foydalanilmoqda va ularga yangi talablar qo'yilmoqda (neft, yoqilg'i edi, hozir xom-ashyo hisoblanadi).
3. Geologiya va tog' ishlarida er osti boyliklarining joylashishdagi konuniyatlarini topi shva ilmiy prognoz qilish gurkirab avj olmoqda.
Mustaqiliikdan oldin tabiatni muhofaza qilishning tashkil qilinishi talabga to'la javob bermaganligini ta'kidlash lozim. Tabiiy resurslar, ishlab chiqarish tashkilotlariga davlat mulkchiligi sharoitida xo'jaalikni ko'p yilga belgilangan qat'iy reja asosida yuritish, mahalliy sharoitlarni to'la hisobga olmaslik natijasida atrof muhitning ifloslanishi, resurslardan isrofgarchilik bilan foydalanish salbiy oqibatlarga olib kelgan. Ushbu sohada uzoq vaqtgacha maxsus takomillashgan davlat boshqaruvi tizimi bo'magan. Ekologik xuquqbuzarliklar uchun javobgarlik masalalari talabga to'la javob bermagan. Hozirgi vaqtda mustaqil hamdo'stlik mamlakatlarida tabiatni muhofaza qilish o'ziga xos tashkiliy va xuquqiy asoslariga egadir.
Tabiatni muhofaza qilishning tashkiliy va huquqiy asoslari O'zbekiston Respublikasining konstitusiyasida o'z aksini topgan. Konstitusiyaning 50, 54, 55 va 100-moddalarida fuqarolarning ushbu sohasidagi xuquq va majburiyatlari, atrof-muhitga munosabat va boshqaruv tizimi bo'g'inlarining faoliyati belgilangan. Jumladan 50-moddada “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdirlar” deyiladi. 100-moddada atrof muhitni muhofaza qilish mahalliy hokimiyat organlari vazifasiga kirishi ta'kidlangan. O'zbekistonda tabiiy sharoitlarni saqlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida”gi qonun belgilab beradi. Qonunga muvofiq O'zbekistonda tabiatni muhofaza qilishga taaluqli huquqiy munosabatlarni tartibga solish Oliy majlisning mutlaq vakolati doirasiga kiradi. Bularga tabiatni muhofaza qilish sahasidagi davlat siyosatini belgilash, davlat ekologiya dasturlarini tasdiqlash; ushbu sohadagi respublika qonun xujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish; tabiatni muhofaza qilishga taaluqli qonunlar ijrosini muvofiqlashtirib borish va boshqalar kiradi.
Tabiatni muhofaza qilish ishlariga umumiy rahbarlik O'zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasiga yuklatilgan. Qonunning 8 – moddasida «Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning davlat boshqaruvi tizimi» quyidagicha belgilangan: Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishning davlat boshqaruvini O'zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ xujjatlariga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi, O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi, davlat boshqaruvi mahalliy idoralari amalga oshiradilar». Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi Oliy majlisga bo'ysunadi hamda ushbu sohadagi davlat nazoratini amalga oshiradi. Qo'mitaning o'z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat idoralari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar uchun majburiydir. O'zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida» gi qonunida ushbu sohadagi aholining xuquq va majburiyatlari, atrof muhit sifatini normativlar bilan tartibga solish, ekologik nazorat, ekologik xuquqbuzarliklar uchun javobgarlik va boshqalar belgilab berilgan. Qonunda atrof tabiiy muhit monitoringi Davlat atrof tabiiy muhit holatini kuzatib borish xizmatiga yuklatiladi.
Xo'jalik axlatlarini yig'indisi va olib chiqib ketishi turar joylarning sharoitiga qarab alohida-alohida hal qilinishi kerak. Axlatlarni yig'ish uchun 12-15 litr xajmdagi qopqoqni yig'ichlardan foydalaniladi. Bunday yig'ichlar har sutkada bir marta bo'shatiladi.
Chiqindi axlatlarni sanitariya, epidimalogik tomonidan xavfligini hisobga olib, ularni axlat toshiydigan mashinalarga ortayotganda, tushirayotganda iloji boricha odamlar ishtirokini kamaytirish kerak.
Odatda 4-5 qavatli va undan ko'proq qavatli binolarda to'plangan axlatlarni olib chiqib ketishga mo'ljallab har bir uyda yuqoridan pastga o'tadigan quvurlar o'tkaziladi. Axlat tortgich trubalar tik o'rnatilgan kanal bo'lib, har bir qavatning zina pol maydonchasida axlat qabul qiluvchi qopqoqli moslama tuynuklar o'rnatiladi. Imoratning eng pastki qavatida axlat yig'adigan bunker qo'yiladi. Bunker yaqinida vintilyasiyasi o'rnatilgan bo'ladi. Kameradagi bunkerlarni xajmi xonadonlardan va necha marta olib chiqib ketishiga bog'liq..
Hovli joylarda yig'iladigan chiqindi axlatlarni sanitariya talablariga asosan muntazam ma'lum vaqtda maxsus transportlar yordamida olib ketish tartibi ham qo'yiladi. Maxsus jadaval bo'yicha axlati tashuvchi mashinalar yig'ilgan axlatlarni olib ketadi.
Suyuq axlatlarni kanalizasiya quvurlari yordamida olib chiqib ketiladi va chiqindilar kimyoviy usulda tozalangan, zararsizlantirilgach ochiq muhitga tushadi. Axlatlarni zararsizlantirish va ulardan foydalanish.
Umuman, aholi turar joylarda to'planadigan axlatlarni axlatxonalarga tashlash allaqachon gigiena fani tomonidan qarlangan. Bu iqtisodiy jihatdan samarasiz, iflosgarchilikka yo'l qo'yadigan usuldir. Axlatlarni ikki yo'l zararsizlantirish va ulardan foydalanish mumkin.
1.Biotermik usul-ya'ni axlatni kompost qilish, issiqxonalarda foydalanish va mukammallashtirilgan axlatlarda zararsiz holatga keltirish.
2. Axlatlarni kuydiradigan, sortlaydigan zavodlarida zararsizlantirish. Axlatlarni kompostlash. Bu murakkab aerobli biologik organik moddalar tez chiriydi va o'simliklar tomonidan yaxshi o'zlashtiriladigan holga keladi. Jarayon gumus degan moddalarni hosil bo'lishi bilan beradi. Kompostlash natijasida axlatlardan /gumus/ bir xil rangli, go'nga o'xshash modda paydo bo'ladi.
Tabiiy holatda kompost jarayoni bir yilda davom etishi mumkin. Kompostlashda axlat o'z o'zidan qizishib harorati ko'tarilib, qattiq axlatlar yaxshi zararsizlantiriladi. Bu jarayon vaqtida axlat harorati 60-750S ga ko'tarilib kasal chiqaruvchi mikroorganizmlar: gijja tuxumlari va hasharotlar, mayda tuxumdan chiqqan qurtlari ham kiradi, demak odamlar sog'ligi uchun xavfli bo'lgan ahvol o'z-o'zidan yo'qoladi.
Kompost tayyorlashda er tekislanadi, so'ngra garam uzunligi 25-30 metr, eni 3 mertr, balandligi esa 1-1,5 metr qilib tayyorlanadi. Joy tagiga shox-shabba yoki xashak tashlanib, uning ustiga axlat bosiladi. Garan 15-20 sm tuproq bilan berkititladi.
Kompost yetilganda rangi qoramtir jigarrang, hidsiz, pashshalarni o'ziga tortmaydigan moddaga aylanadi. Kompost etilgach elanadi, ulardan tosh, temir bo'laklari, oyna siniqlari olib tashlanadi. Unsimon bu kompost bir gektar erga 25-50 tonna atrofida solinadi. U tuproq unumdorligini oshiradi.
Hayvonlarni muhofaza qilib, ularning tabiatdagi muvozanatini saqlab qolish, turi va miqdori kamayib ketayotgan hayvonlarni qayta ko'paytirish uchun qo'yidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak:
1. Ovchilik va baliq ovlashni tartiga solish – bu hayvonlarni muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish va takror ishlab chiqarishdagi eng muhim tadbirlardan biridir.
2. Qo'riqxona va zakazniklar – turi va soni kamayib ketayotganhayvonlarni muhofaza qilish va qayta tiklashda juda katta rol o'ynaydi. Chunki qo'riqxonalarda ma'lum tabiiy maydonlarda tabiat komponentlarini, asosan hayvonlarni tabiiy holicha saqlab qolinadi yoki insonning ta'siri natijasida turi va soni kamayib ketgan hamda ketayotgan hayvonlar (tuvaloq, suvsar, qunduz, los, zubr, xongul bug'usi, sayg'oq, chipor bug'u, qulon va b.q.) ko'paytirilib, so'ngra boshqa joylarga tarqatiladi. Bulardan tashqari qo'riqxonalarda noyob hayvonlarni seleksiyasi yaxshilanadi, yashash sharoitlari va biologiyasi o'rganiladi, biotexnik tadbirlar amalga oshirilib, ularga qo'shimcha ravishda qishda ozuqa tayyorlanadi, in va uya qo'yishlari uchun joylar ajratiladi, ov qilish taqiqlanadi va oqibatda hayvonlar tez ko'payib, qayta tiklanadi.
3. Hayvonlar yashaydigan joylarning ekologik sharoitini yaxshilash hayvonlarni muhofaza qilishning muhim choralaridan biridir. Hayvonlar yashaydigan joyning ekologik sharoitini yaxshilashning eng muhim yo'li bk biotexnik tadbirlardir. Biotexnik tadbirlarga qo'yidagi ishlar kiradi: qishloq xo'jalik ishlarida, o'rmonlarni kesishda, hayvonlaruchun ozuqa va muhofaza bo'ladigan maydonlarni qoldirish; hayvon va qushlar yashaydigan joyi va uyalarning atrofiga o'simliklardan himoya qilish polosasini tashkil etish va yangi yashaydigan joylar, uyalar qurish.
4. Qishloq xo'jalik ishlab chiqarishida erlardan foydalanish jarayonidan hayvonlar uchun tabiiy fitosenozlar qoldirish ham ularni muhofazasiga qaratilgan chora-tadbirlardir. Ko'pgina mamlakatlar, jumladan, Germaniya, Polsha kabi davlatlarning tajribalari shuni ko'rsatadiki, qishloq xo'jaligida foydalanilayotgan erlar (madaniy landshaftlar) orasida hayvonlarni yashashi uchun tabiiy fitosenozlarni – to'qayzorlar, o'tloqlar va o'rmonlarni saqlab qhamda zovurlar, jarlar, kanal va ariqlar atrofida o'rmon polosalari tashkil etish muhim ahamiyatga ega.
5. Hayvonlarni tabiiy ofatlardan saqlash. Bunda suv toshqini, jala, bo'ron, qo'rg'oqchil va qattiq sovuq bo'lganda Hayvonlarga yordam ko'rsatiladi.
6. Hayvonlarni akklimatizasiya va reakklimatizasiya qilish – ularni muhofaza qilib, qayta tiklashda juda katta rol o'ynaydi.
Akklimatizasiya (iqlimlashtirish) – ma'lum bir hayvon turining yangi tabiiy sharoitga, xususan yangi iqlimga, ya'ni yangi hayot sharoitiga moslashishdir.
Reakklimatizasiya – qayta iqlimlashtirish bo'lib, o'tmishdama'lum regionda ko'plab yashagan, so'ngra noyob bo'lib qolgan hayvonlarni ko'paytirib, o'sha territoriyaga ega.
Energiyadan foydalanish sohasida elektroenergiya ekologik tomondan eng toza energiya manbai xisoblanadi va uning chiqindisi kam. Havo ifloslanishining 25% i issiqlik elektrostansiyalarining chiqindisi u ko'mir bilan bog'liq.
Ko'pchilik issiqlik energiyasi xom ashyo manbalari ishlatilganda oltingugurt tutuni, chang chiqadi va bu atrof muhit uchun xavflidir. Agar tutunsiz kosmik birikmalari issiqlik energiyasi olishda ishlatilsa, atrof muxitga oltingugurt oksidi, azot va chang zarralari chiqadi.
Ba'zan issiqlik energiyasi olishda ishlatiladigan ko'mirdan kul xosil qiladigan qismi ajratib olinadi. Qolgan qismiga suv qo'shilib, o'ziga xos qorishma hosil qilinib, unga maxsus kimyoviy reagentlar qo'shiladi va keyin yoqilg'i sifatida ishlatiladi.
Bu jarayon natijasida ko'mirning 4-5 ming t qoldig'idan yuzlab gektar maydon, ko'mirni ho'llash uchun ishlatildigan 500-600 ming m3 iflos suv esa atrof muhitni buzadi. Masalan Ukrainada 1 t ko'mir olishda 0,15-0,75 t qoldiq, 1,5-12 m3 suv sarflanadi va ular iflos chiqindi sifatida atrof-muhitga tashlanadi. Undan tashqari 1 t neft olish uchun 5 t ko'mir va 2-3 t toshko'mir ishlatiladi.
O'zbekistonning Angren va Kuzbassning janubiy-Abinsk ko'mir konlarida ko'mirni er ostida yoqib gazga aylantirish yo'li bilan 250 ming kVt kuchga ega bug' gaz qurilmalari qurilgan. Bunday jarayonda ko'mir gazga aylanadi va gaz, bug' turbinalari yordamida elektroenergiya vujudga keladi. Bunday elektrostansiyalarning kuchi 100 mvt ga teng bo'lib, juda kam suv sarflanadi, ko'mir qoldiqlari-shlak esa yo'l qurilishlarida ishlatiladi. Ma'lumki, katta yoqilg'idan har yili 100 mln. t dan ortiq ko'l va shlak hosil bo'lib, atrof-muhitni ifloslaydi.
Yaponiya olimlari ko'mir kuliga sement(25%) va suv(75%) qo'shib yo'l qurilishida ishlatmoqdalar. Bu uslub 60%-70% arzon, 2/3 vaqt tejaladi.
Undan tashqari, ko'mir qoldiqlari yuzlab tog' tizmalarini hosil qiladi. Ularning balandligi 50-60 metrga etadi. Yer yuzidagi 17,6 ming ko'mir konlarining qoldiqlaridan 6,8 minggi yonib turadi va atmosferaga uglerod oksidi, azot, oltingugurt, vodorod sulfit kabi zaharli moddalarni tarqatadi. Ayniqsa oltingugurtning dioksid birikmasi juda zaharlidir. Masalan, shuning ta'siri natijasida Donbassda donli o'simliklarning hosili 27% ga, grechixaniki 25%, karamniki 12% ga kamaygan, u qushlar, uy hayvonlari va inson sog'lig'i uchun xam zararlidir.
Ba'zi gaz konlarida oltingugurt H2S formasi uchraydi, shuning uchun ham tabiiy gaz H2S dan tozalanadi, chunki gazoprovod trubalarinikorroziya bo'lishiga olib keladi. 1990-yili tabiiy gaz olish 835-850 mlrd.m3 ga etgan va 250000 km keladigan umumiy gazoprovod tarmog'i tuzilgan. Hozirgi kunda 230-250 mln. aholi gazdan foydalanadi. Gazdan foydalanish O'zbekistonning qishloq va shaharlarida yaxshi yo'lga qo'yilgan.


Foydalanilgan adabiyotlar:


1. V.M. Pakulova, V.I. Kuznetsova. Metodika prepodavaniya prirodoveniya. Moskva ... Prosveshenie. 1990.
2. A.G. Grigoryants. Tabiatshunoslikn o’qitish. Toshkent “O’qituvchi”. 1992 yil.
3. www.ziyonet.uz
Yüklə 73,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin