Menejment va statistika



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə61/135
tarix13.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#143115
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   135
Menejment va statistika-fayllar.org

XXB tarmoq tasnifi


Xalqaro tarmoq tasnifi

1. Moddiy ishlab chiqarish


Sanoat

Qishloq xo‘jaligi


Qurilish

Transport (yuk transporti)


Aloqa
Savdo, tayyorlov, moddiy-texnika ta’minot
Moddiy ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlari
2. Nomoddiy xizmatlar ko‘rsatish
Yakka xizmatlar ko‘rsatish
Uy-joy kommunal xizmati
Maishiy xizmatlar
Maorif
Madaniyat va san’at

Meditsina


Sotsial ta’minot
Fizkultura
Turizm

Kollektiv xizmatlar


Fan va ilmiy xizmatlar


Qishloq xo‘jaligi, ovchilik va o‘rmon xo‘jaligi


Baliqchilik
Kon sanoati
Tayyorlov sanoati
Elektr energiyasi, gaz, suv ta’minoti
Ulgurji va yakka savdo, avtomobil, mototsikl, tele-radio
apparaturalarni ta’mirlash
Mehmonxonalar, restoranlar

Transport, aloqa, omborxonalar xizmati


Moliya vositachiligi
Ko‘chmas mulk, arenda va boshqa tijorat faoliyati
Davlat boshqaruvi va mudofaa, majburiy sotsial ta’minot
Maorif
Meditsina va sotsial xizmatlar




3. Iqtisodiy faoliyat turlarini sektorlar bo‘yicha tasniflash
Iqtisodiy faoliyat yurituvchi sub’ektlar sektorlar bo‘yicha ham guruhlanadi. Xalq xo‘jaligi balansi (XXB) tizimida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar qanday mulk shakliga asoslanganligiga qarab sektorlarga bo‘lingan.
XXB bo‘yicha quyidagi sektorlarga guruhlangan:
I. Sotsialistik sektor
1. Davlat sektori.
1.1. Xo‘jalik hisobidagi korxonalar.
1.2. Moliyaviy korxonalari
1.3. Bydjet tashkilotlari
2. Kooperativlar.
3. Jamoat tashkilotlari
4. Ishchi-xizmatchilarning yordamchi xo‘jaligi
5. Kooperativ a’zolarining yordamchi xo‘jaligi
II. Xususiy sektor.
Ma’lumki xalq xo‘jaligi balans tizimi uchun asos qilib, moddiy ne’matlar ishlab chiqaruvchi tarmoqlar olingan. Shuning uchun ham xizmat ko‘rsatuvchi, sog‘liqni saqlash, fan va boshqa tarmoqlar mehnati va ko‘rsatkichlari XXBda to‘liq o‘z aksini topmagan.
Bozor munosabatlari sharoitida xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarga katta ahamiyat berilib, yuqori sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Mamlakatda xalqaro miqiyosda qo‘llanadigan milliy hisoblar tizimi joriy qilindi. Milliy hisoblar tizimida (MHT) moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish, taqsimlash va iste’mol qilishda qatnashuvchilar bajaradigan iqtisodiy vazifasiga qarab guruhlarga ajratilgan. MHTda iqtisodiy faoliyat olib borish huquqiga ega sub’ekt institutsion birlik deb ataladi. Institutsion birlik o‘z mol-mulkiga ega bo‘lib, ularni o‘z ixtiyori bilan foydalana oladigan, mustaqil faoliyat yuritib, daromad oluvchi hamda barcha moliyaviy majburiyatlarini bajaruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektdir. Ularning banklarda hisob raqamlari bo‘lib, hisob-kitob ishlarini to‘liq o‘zlari yuritadi.
MHTda institutsion birliklar iqtisodiy faoliyatining turlari va bajaradigan vazifalarining o‘xshashliklariga qarab sektorlarga guruhlanadi. Sektorlar o‘z navbatida quyi sektorlarga (sektorchalarga) ajratilib guruhlanadi.
MHT bo‘yicha institutsion birliklar quyidagi sektorlarga guruhlanadi:
I. Nomoliyaviy korxonalar (tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish)
II. Moliyaviy korporatsiyalar (tashkilotlar).
III. Davlat boshqaruv idoralari.
IV. Uy xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi notijorat nodavlat tashkilotlar.
V. Uy xo‘jaliklari.


I. Nomoliyaviy korxonalar sektori moliyaviy tashkilotlardan tashqari, barcha tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar (institutsion birliklar) kiradi. ular o‘z mahsulotlarini sotib, xizmat haqqi olib, faoliyati davomida qilgan harajatlarini qoplab, ma’lum darajada daromad olib iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanadilar. Bu sektorga mulk shaklidan qat’iy nazar barcha qishloq xo‘jaligi korxonalari, firmalarni, zavod va fabrikalarni, transport va boshqa shu kabi faoliyat yurituvchi institutsion birliklarni kiritish mumkin. Bu sektorga kiruvchi birliklar quyidagi quyi (kichik) sektorlarga bo‘linadi:
1.1. Davlat sektori.
1.2. Nodavlat (xususiy) sektor.
1.3. Chet el firmalari
II. Moliyaviy korporatsiyalar (tashkilotlar) sektoriga moliyaviy vositachilik va sug‘urta operatsiyalari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarni birlashtiradi. Demak bu sektorga tajorat banklari marakaziy bank, sug‘urta tashkilotlari, qarz beruvchi jamiyatlar (kredit uyushmalar) va shu kabi muassasalar kiradi. Bu sektorga kiruvchilar pul, valyuta mablag‘larini saqlash, moliya resurslarga talab bo‘lganlarga qarz berish (ma’lum daromad olish hisobi bilan) qimmatbaho qog‘ozlar chiqarish. ularning oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirishdan iborat.
Markaziy bank vazifasiga ko‘ra boshqa moliyaviy birliklardan farq qiladi. O‘zbekiston Respublika Markaziy banki milliy valyutani emissiya qiladi va uning barqarorligini ta’minlaydi, mamlakatda hisob-kitob ishlari ustidan nazorat olib boradi, pul-kredit siyosatini amalga oshiradi va mamlakatning oltin-valyuta zahirasini (fondini) saqlaydi.
Sug‘urta tashkilotlari iqtisodiyotning turli sohalarida ko‘zda tutilmagan yo‘qotishlarni sug‘urta qilish bilan shug‘ullanadi. Ular o‘z faoliyatlarini sug‘urta badallari va bo‘sh mablag‘lardan foydalanish bilan yuritadilar.
III. Davlat boshqaruv idoralari sektoriga hokimiyat, sud, prokuratura, mudafaa, militsiya, maorif, madaniyat va shu kabi davlat bydjeti tomonidan moliyalashtirish (davlat qaramog‘idagi) davlat idoralari va tashkilotlari kiradi. Ularning asosan vazifalari mamlakatning xavfsizligini, aholining tinchligi va asoyishtaligini, qonunlarga amal qilinishini ta’minlaydilar. Demak davlat boshqaruv idoralari sektoriga kiruvchi birliklar, nobozor xizmatlar ko‘rsatib, ularning asosiy maqsadi daromad olish emas.
IV. Uy xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi notijorat nodavlat tashkilotlar sektoriga aholining individual va jamoa talabini qondirish uchun bozordan tashqari (nobozor) xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi (institutsion birliklar) kiradi. Ularga turli siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, diniy tashkilotlar va turli ilmiy-madaniy jamiyatlarni kiritish mumkin. Bu tashkilotlar mablag‘lari asosan jamiyat (tashkilot) a’zolari badallari, aholi va boshqalar bergan ixtiyoriy tushumlardan, xayriyalardan tashkil topadi. Ular faoliyatlarining boshqalardan asosiy farqi, faoliyatlarining asosiy maqsadi daromad olish emas (notijorat xarakterga ega), faoliyati davlat va nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirilmaydi.
V. Uy xo‘jaligi sektori aholi va aholi guruhlarini (oila a’zolari) – daromadlarini birgalikda tasarruf etuvchilarni o‘z ichiga oladi. Ular ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar iste’molchilari, hamda ishchi kuchini yetkazib beruvchilar hisoblanadi.
Mamlakat iqtisodiyotida faoliyat yurituvchi yuqorida qayd qilingan 5 sektorga guruhlangan institutsion birliklar chet el rezidentlari bilan ham operatsiyalar amalga oshiradi. Ularning chet el rezidentlari bilan iqtisodiy munosabatlarini jamlash uchun MHTda tashqi dunyo sektori mavjud. Tashqi dunyo sektoriga mamlakat rezidentlari va norezidentlarining tovar va xizmatlar, aktiv va passivlar, investitsiya va kreditlar, daromadlar bo‘yicha chet el birliklari bilan bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlari kiradi. MHTdagi sektorlar tasnifi qo‘yidagi jadvalda keltirilgan.
Umuman faoliyat yurituvchi institutsion birliklarni mulk shakllari, hududlar (faoliyat yuritgan), iqtisodiy sektorlar bo‘yicha tasniflash va guruhlash mamlakat iqtisodiyotini makrodaraja o‘rganishga, tarmoqlarning hududlar bo‘yicha joylanishi va rivojlanishini, kelgusi rejalarni tuzishga yordam beradi.


Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin