Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi holati
REJA:
1. Menejmentning tarixiy shart-sharoitlari
2. Menejmentning mazmuni, mohiyati va tamoyillari.
3. Menejmentning maqsadi va vazifalari.
4. Menejer va uning funksiyalari.
Tayanch tushunchalar: menejment, menejer, bozor iqtisodiyoti, ma’muriy boshqarish, ilmiy boshqaruv, boshqaruv obekti, boshqaruv jarayoni, boshqaruv tizimi, boshqarish funksiyalari.
1. Menejmentning tarixiy shart-sharoitlari
Boshqaruv odamlar bilan birga paydo bo‘lgan. U mehnatni taqsimlanishi va kooperatsiyalanish jarayonida faoliyatning mustaqil turiga ajralgan. Bu odamlarning ijtimoiy ishlab chiqarishdagi faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish zarurligi bilan asoslangan. Bunda ulardan birlari rahbar, ya’ni boshqaruvchilar, boshqalari esa ularning tobelari, ya’ni boshqariladiganlar bo‘ladilar.
Boshqaruv muammosini birinchi bo‘lib hal qilishga qadimgi misrliklar kirishganlar. 6 mingga yaqin yillar oldin ular odamlar faoliyatini maqsadga yo‘naltirilgan holda tashkil qilish, uni rejalashtirish va natijasini nazorat qilish zarurligini tan olganlar, hamda boshqaruvni markazlash-tirmaslik haqida masalani qo‘yganlar.
Eramizga qadar 20 asrda Misrga qo‘shni Vavilonda podshoh Xammurapi boshqaruv va nazorat qilish zaruriyati uchun sopol jadvallardagi hujjatlar va guvohlik ko‘rsatmalarini qo‘llagan, amaldor shaxslar tomonidan javobgarlikni o‘z tobelariga o‘tkazishga yo‘l ko‘ymaslikni tan olgan, ish haqi darajasini qonunan belgilagan.
Eramizga qadar uchinchi ming yilliklar bilan sanalangan sopol jadvalchalarga tijorat bitimlari haqidagi ma’lumotlar va qadimgi Shumeriya qonunlari yozilgan, bu ham u yerda boshqaruv amaliyoti mavjudligidan darak beradi.
Boshqaruvga antik davrda ham ma’lum ulush qo‘shilgan, bizning eramizdan 400 yil avval Suqrot boshqaruvning universalligi tamoyili shakllantirgan. Uning zamondoshi Eron shohi Kir odamlarni harakat qi-lishga undashnini, ya’ni motivatsiyani maxsus tadqiqot qilish zarurligi haqidagi g‘oyani ilgari surgan. U yana boshqaruv axborotlarini ishlab chiqish va rejalar tuzish muammosini ham ko‘rib chiqqan. Biroz keyinroq Gresiyada mehnat operatsiyalarini bajarish va ularning bir maromdaligini ta’minlash usullari bilan shug‘ullanganlar. Platon ixtisoslashish tamoyilini shakllantirgan.
Eramizdan avvalgi 325 yilda Iskandar Zulqaynayn birinchi marta jangovar harakatlarni boshqarish markazi sifatida shtabni tashkil qilgan.
Menejmentni paydo bo‘lishi quyidagi asosiy sharoitlar bilan bog‘liq:
Mashinali ishlab chiqarishni rivojlanishi, boshqaruvchiga talablarni o‘sishi, mulk egasi va tadbirkorni boshqaruvning o‘sib borishga qiyinchiliklarini bartaraf qilishga qodir emasligi;
Bozor sub’ektlarining katta miqdorini vujudga kelishi, hajmini o‘sishi va bozor aloqalarini kuchayishi;
Boshqaruvga kasbiy yondashuv zarurligini asoslab beruvchi raqobatni o‘sishi va bozor iqtisodiyotining barqarorligi;
Yirik korporatsiyalarni paydo bo‘lishi va shunga ko‘ra faqat xodimlarning maxsus apparati bajarishi mumkin boshqaruv ishlari hajmi va murakkabligini ko‘payishi,. Xuddi korporatsiyada menejment mulk egasi- tadbirkorning o‘zini o‘zi boshqarishidan butunlay ajraladi;
Mulkni aksiyadorlar o‘rtasida jamlanishi, buning natijasida aksiyadorlik sarmoyasini boshqarishning yangi vazifalari paydo bo‘ladi;
Tadbirkorlarni sanoat inqilobi davrida yaratilgan texnikaning afzalliklaridan foydalanishga harakat qilishlari;
Ijodiy, sho‘baiquvchan odamlar guruhlarining ishni samarali bajarish usullarini yaratish istagi.
Dostları ilə paylaş: |