76
aniqlangan, balki o‘zaro bir-birini inkor qiluvchi, lekin albatta o‘z gipoteza-
oqibatlariga ega bo‘lgan mantiqiy yaxlitlikni ifodalaydigan har bir muqobil
yo‘ldan o‘tishi zarur.
Ayni vaqtda asosiy gipotezaning har bir oqibatini
empirik tasdiqlanishi
gipotezani o‘zini isbotlash bo‘lib xizmat qila olmaydi – bu oqibatning
haqiqiyligidan asoslashning haqiqiyligiga chiqarilgan g‘ayriqonuniy xulosadir.
Ehtimol, ushbu natija faqat bundan, balki boshqa birorta gipotezadan ham
kelib chiqadi. Lekin gipotezaning qanchalik ko‘p turli oqibatlari tajribada
tasdiqlansa, ular barchasining boshqa gipoteza yoki gipotezalardan kelib chiqish
ehtimoli shunchalik kam bo‘ladi.
Biroq tadqiqot natijalari haqiqiyligini tekshirishning eng samarali vositasi
bo‘lib boshqaruv xodimlarining boshqaruvchilik faoliyati hisoblanadi.
Kishi hayotining asosiy namoyon bo‘lish shakli bo‘lib uning faoliyati –
hissiy-predmetli,
tajriba-konstruktorlik, nazariy, ma’naviy-ruhiy va hokazolar
hisoblanadi. Inson uni o‘rab turgan narsalarga faol ta’sir ko‘rsatadi, ularga jamiyat
va shaxsiy ehtiyojlarni qondirish uchun kerakli bo‘lgan shakl va xossalarni
qo‘shadi.
Amaliyot
–
bu kishilarning maqsadga yo‘nalgan, ongli, tashkillashtirilgan
faoliyati bo‘lib, uning mazmuni tabiiy va ijtimoiy ob’ektlarni o‘zlashtirish va qayta
o‘zgartirishdan iborat hamda u kishilik jamiyatini hamda bilish faoliyatini
rivojlantirishning umumiy asosiy, harakatlantiruvchi kuchini tashkil etadi.
Amaliyot, kishi ijtimoiy hayotining asosiy usuli, uning o‘zini
namoyon etish
shakli bo‘la turib, murakkab yaxlit tizim hisoblanadi va quyidagilarni o‘z ichiga
oladi: ehtiyoj, maqsad, motiv, ayrim amallar, harakatlar, ishlar; faoliyatning
nishoni bo‘lgan predmet; maqsadga erishish vositalari va nihoyat, faoliyat natijasi.
Amaliyotning asosiy turlari – moddiy-ishlab chiqarish va ijtimoiy-qayta
tuzish faoliyati (kishilarning ijtimoiy hayotning ijtimoiy,
siyosiy va boshqaruv
sohalaridagi faoliyati). Kishilarning tabiiy-ilmiy va tajriba-konstruktorlik faoliyat
turlari amaliyotning alohida turini tashkil etadi.
77
Ilm-fan va amaliyot ziddiyatlarning birligini tashkil etib, unda hal qiluvchi
vazifa avval boshdanoq amaliyotga tegishli. Aynan amaliyotda bilish jarayonining
o‘z ehtiyojlari va xususiyatlari ham empirik, ham mantiqiy darajada shakllanadi.
Lekin ilm-fan o‘z vazifasini amaliyotni shunchaki umumlashtirish bilan
cheklab qolmaydi, balki empirik materialni ijodiy qayta ishlaydi,
va shu orqali
amaliyot rivojlanishi uchun yangi istiqbollarni ochib beradi. Nazariya unga
nisbatan dasturlovchi vazifani bajaradi, amaliyotga “o‘ta uzoq masofali” oldindan
bilish imkoniyatini yaratadi.
Boshqaruv vaziyatlarini tadqiq etishda amaliyot uch xil vazifani bajaradi.
Birinchidan, umumlashtirish zarur bo‘lgan kerakli, dalillarga asoslangan
materiallarni taqdim etar, va shu orqali tadqiqotning haqiqiy hayotdan uzilib
qolishini oldini olar ekan, muammolarni aniqlash manbai, negizi,
tadqiqotni
harakatlantiruvchi kuch bo‘lib xizmat qiladi. Ikkinchidan, amaliyot, vaziyatni
tahlil qilish natijasida olingan bilimlarni qo‘llash usuli bo‘lib xizmat qiladi va shu
ma’noda u tadqiqotning maqsadini beligilaydi. Ilmiy bilimlar, faqat, agar ular eng
mukammal boshqaruvning tashkiliy tuzilmalarini yaratishga joriy etilganda,
boshqaruv qarorlarini tayyorlashda, sifatni boshqarish tizimlarini yaratishda va
hokazolardan foydalanilgandagina amaliy mazmunga ega bo‘ladi.
Bilishning
pirovard maqsadi bo‘lib, bilimlarning o‘zi emas, balki ijtimoiy guruhlar va
alohida shaxslarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun haqiqatni
amaliy o‘zgartirish hisoblanadi. Uchinchidan, amaliyot bilish natijalarining
haqiqiylik mezoni, o‘lchovi bo‘lib xizmat qiladi.
Boshqaruv organlarida amalga oshirilgan tashkiliy-tuzilmaviy modellarning
o‘zgarishlari, agar ular amaliyotda tekshirilib, o‘z natijadorlgini va
ta’sirchanligini isbotlagan bo‘lsagina, maqsadga
muvofiq va haqiqiy deb tan
olinishi mumkin. Aynan amaliyot vaziyatlar tahlili natijalari bo‘yicha chiqarilgan
xulosalar va tavsiyalarning asoslanganligini tasdiqlaydi va ayni vaqtda
vaziyatning keyingi tavsiflanishiga kiritiladigan yangi dalillarni
shakllantiradi.
78
Shunday qilib, amaliyot – bu bilishni, uning barcha darajalarida shakllantirish
va rivojlantirish asosi, boshqaruvchilik bilimi manbai, boshqaruv vaziyatlarini
tadqiq etish natijalarining haqiqiylik mezonidir.
Istalgan tadqiqot konsepsiyaning mavjud bo‘lishini talab qiladi.
Tadqiqotchi faoliyatini, loyihalashning tegishli
prinsiplariga amal qilgan
holda yangi qurilmani loyihalayotgan loyihachining faoliyati bilan taqqoslash
mumkin.
Tadqiqotchi ham loyihalaydi, lekin uning loyihalash predmeti, nafaqat alohida
muammoning yoki tadqiqotchilik vazifasining echimidan, balki yangi rivojlanish
konsepsiyasini yoki kompleks muammoni o‘rganish konsepsiyasini yaratishdan
ham iborat bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: