Menejmentning tadqiqot usullari


Tadqiqot maqsadlarini turkumlash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/67
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189379
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   67
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик

 
5.2.Tadqiqot maqsadlarini turkumlash 
Tashkilot boshqaruv tizimining turli sohalarini qamrab olishga qarab 
tadqiqotlarni majmuali, mahalliy, funksional, ko‘p funksiali, fanlararo 
tadqiqotlarga ajratish mumkin. 
Kompleks tadqiqotlar butun boshqaruv tizimi faoliyatiga, shuningdek uning 
alohida qismlariga tegishli qator savollarni ko‘rib chiqishni o‘z ichiga oladi.
Mahalliy tadqiqotlar boshqaruv apparati ish uchastkalaridan yoki 
yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha amalga oshiriladi (boshqaruv apparatiga hujjatli 
xizmat ko‘rsatishni, asosiy va eng ommaviy ish turlarini bajarish 
texnologiyasini, tashkiliy tuzilmani tadqiq etish va boshqalar) 
Funksional tadqiqotlar boshqaruv apparati predmetli faoliyat sohalaridan 
birini qamrab oladi (moliyaviy yoki marketing faoliyatini boshqarish sohasidagi 
tadqiqot va boshqalar). 
Ko‘p funksiyali tadqiqotlar bir necha ishbilarmonlik faollik funksiyalarini 
qamrab oladi (masalan, ishlab chiqarishni tashkil qilish, texnologiya va 
marketing). Bu tadqiqotlar ularning o‘zaro birgalikdagi harakatiga va bittadan 
ortiq funksiyani qamrab oluvchi muammolarga qaratilgan. 
Fanlararo tadqiqotlar muammolarni turli nuqtai nazarlardan tahlil qilishni 
nazarda tutadi. Masalan, tashkilot ishbilarmonlik strategiyasi muammosi 
texnologik, iqtisodiy, moliyaviy, yuridik, psixosotsiologik va boshqa jihatlarga 
ega bo‘lishi mumkin. 
Shunday qilib, tadqiqot dasturini ishlab chiqishda uning maqsadiga muvofiq 
u qamrab oladigan sohani aniqlash zarur, - bu ishlarni kelgusi rejalashtirish va 
tashkillashtirish uchun boshlang‘ich nuqtadir.
Tadqiqot ob’ektlari ro‘yxati qo‘yilgan maqsadlar va vazifalarga muvofiq 
tuziladi. Predmetli sohalarni ko‘rib chiqish ketma-ketligi tashkilotning o‘ziga 


119 
xos xususiyatlarini, mavjud axborotni, rahbariyat talab-istaklarini va 
kutilayotgan natijalarni hisobga olgan holda belgilanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin