112
boshqaruv tizimi alohida bo‘g‘inlari ish samaradorligining miqdor va sifat jihatdan
baholarini aniqlashga qaratilgan. Ushbu usul XX asrning 50-yillarida – AQShdagi
“aql markazlari”dan biri – Rendcorporation xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan.
Delfi usuli, eramizdan avvalgi 880-yilda qurilgan Apollon ibodatxonasi yaqinida
vujudga kelgan Delfa shahrining nomiga qo‘yilgan. Ushbu ibodatxona kohinlari
o‘ziga xos ekspertlar kengashini tuzib, u voqealarni prognoz qilib, kelajak xususida
tavsiyalarni berar edi.
Delfi usuli o‘zining rivojlanish jarayonida qator o‘zgarishlarni
boshdan
kechirdi. Uning zamonaviy texnologiyasi ekspertizaga etarlicha ko‘p sonli chuqur
bilimli mutaxassislarni jalb qilishga imkon beradi.
Usulning sifati va ishonchliligi ko‘p darajada ekspertlarni tanlab olishga
bog‘liq bo‘lib, ular quyidagi xislatlarga ega bo‘lishi kerak: chuqur bilimdonlik,
mustaqillik, qo‘yilgan vazifani echishdan manfaatdorlik, ob’ektivlik va boshqalar.
Ushbu usuldan foydalanish samaradorligi ko‘p jihatdan ekspertiza rahbariga,
ya’ni so‘rovnoma qatnashchilari ishini yo‘naltiruvchi, ularga oraliq natijalarni
ma’lum qiluvchi va zarur bo‘lganda keyingi turlarni tashkil qiluvchi koordinatorga
bog‘liq.
Usul ekspertlarni birma-bir yakka tartibda so‘rab chiqish va ularning fikrlarini
yagona fikrga umumlashtirishga asoslangan. Odatda, ekspertlarni so‘rashning bir
necha turlari o‘tkaziladi.
Birinchi turda har bir ekspert vaziyatning tavsifini oladi, vaziyat xususiyatlari
va mazmuniga muvofiq maxsus ishlab chiqilgan anketa savollariga javob beradi.
So‘ngra barcha
anketalar qayta ishlanadi, shundan keyin ekspertlarga natijalar
e’lon qilinadi.
Anketalarni qayta ishlash ekspertlarning baholaridan har bir o‘lchanayotgan
kattalik uchun variatsiya qatorini tuzishdan iborat. Bunda variatsiya qatori deganda
o‘lchanayotgan kattalikning (X) o‘sib borish tartibidagi ekspert baholari qatori
tushuniladi.
113
Anketa-topshiriqlarni (birinchi tur natijalarini) qayta ishlash ma’lumotlari
ekspertlarga qaytariladigan ushbu anketalarga,
shuningdek mezonning sonli
qiymatini
aniqlash
natijalarini
hisobga
olish
jadvaliga
kiritiladi.
Muvofiqlashtiruvchi ekspertiza qatnashchilariga birinchi tur natijalarini e’lon
qiladi va ulardan ushbu natijalarni hisobga olgan holda o‘lchanayotgan kattalikka
bergan o‘z baholarini, shuningdek, imkon bo‘lsa, vaziyat to‘g‘risidagi qo‘shimcha
axborotni taqdim etish zaruratini aniqlashtirishni so‘raydi.
Ikkinchi turda ekspertlar tomonidan baholarni qo‘yish protsedurasi, anketa-
topshiriqlarni to‘plash va qayta ishlash xuddi birinchi turdagi kabi amalga
oshiriladi.
Ekspertlar baholarining tarqoqlik diapazonining keskin torayishi ro‘y
bergan
prognozlashtirilayotgan kattaliklar kelgusi tadqiqotlardan chiqarib yuboriladi.
Uchinchi turda, ekspertlarning kelishilgan fikrlari olinmagan har bir
prognozlashtirilayotgan kattalik bo‘yicha ikkinchi tur ma’lumotlari so‘rovnoma
ishtirokchilariga, o‘zining oldingi baholarini aniqlashtirish va ekspertlar fikrining
farqlanish sabablarini ko‘rsatish iltimosi bilan ma’lum qilinadi.
Uchinchi tur so‘rovnoma natijalarini qayta ishlash yangi, kelishilgan fikrlarga
erishilgan prognozlashtirilayotgan kattaliklarni aniqlab beradi yoki zamonaviy
bosqichda tadqiqot predmeti haqidagi tasavvurlarning
shunday kelishilganlik
imkoniyatini yo‘qqa chiqarayotgan sabablar ro‘yxatini ko‘rsatadi hamda
vaziyatning o‘zini to‘g‘rilash kerakmi-yo‘qmi degan savolga javob beradi.
Ekspertlarni yoyib yuborish, ya’ni turli xonalarda joylashtirish yordamida
o‘tkaziladigan ekspertiza ham xuddi shunday olib boriladi.
So‘rovnoma natijalarini qayta ishlash yakuni –
bu koordinator va uning
yordamchilari tomonidan to‘ldiriladigan mezonlarning sonli qiymatlarini aniqlash
bo‘yicha jamlanma jadval hisoblanadi.
Yakuniy bosqichda ekspert so‘rovnomasi yakunlari, masalan, firma
rahbariyati majlisida chiqariladi. So‘rovnomani o‘tkazish va ma’lumotlarni
qayta
ishlash texnologiyasi tuuntiriladi, tizimning alohida bo‘g‘inlari ishini baholash
114
bo‘yicha fikrlarning kelishilmaganlik sabablari tahlil qilinadi,
natijalardan
firmaning kelgusi faoliyatini rejalashtirishda foydalanish haqidagi qaror qabul
qilinadi.
Dostları ilə paylaş: