4.2.SWOT-tahlili: mohiyati, qo‘llash sohalari, kamchiliklari
Katta mashhurlikka erishgan, ekspert usulining ma’lum ko‘rinishi – bu o‘ziga
xos SWOT-tahlili usuli bo‘lib, u tarjima qilinganda kuchli va kuchsiz tomonlar,
imkoniyatlar va tahdidlar ma’nosini beruvchi to‘rtta inglizcha so‘zning bosh
harflaridan olingan.
Ushbu tahlil metodologiyasi bo‘yicha tadqiqot predmetini ko‘rsatilgan to‘rt
tarkibiy qism bo‘yicha tavsiflovchi omillarning taqsimlanishi, ushbu omilning
tashqi yoki ichki omillar toifasiga mansubligini hisobga olgan holda bajariladi.
Vaziyatli tahlilda ushbu usuldan universal usul sifatida foydalanish mumkin.
U ayniqsa, ijtimoiy-iqtisodiy tizimdagi jarayonlarni tadqiq etishda samarali bo‘lib,
ularga dinamiklik, boshqarishga moyillik, faoliyat yuritish ichki va tashqi
omillarining qaramligi, rivojlanishning davriyligi xosdir.
Natijada kuchli va kuchsiz tomonlar, imkoniyatlar va tahdidlarning o‘zaro
nisbatining tasviri paydo bo‘ladi va u, rivojlanish muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun
vaziyatni qanday o‘zgartirish kerakligini ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, bitta vaziyatda omillar yutuq, boshqasida – kamchilik
hisoblanadi. Ba’zan ular o‘z ahamiyatliligi bo‘yicha beqiyos bo‘ladi. Ushbu
holatlarni hisobga olish kerak.
Aynan bir omilning o‘zini bir necha kvadrantlarda joylashtirish mumkin, agar
uning o‘rnini aniq topib bo‘lmasa. Bu tadqiqotga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Axir
usulning
mohiyati,
omillarni
identifikatsiya
qilishdan,
ularni
shunday
joylashtirishdan iboratki, toki ularning majmuasi muammoni echish yo‘lini
ko‘rsatib berishi kerak.
Har bir kvadrantdagi omillar albatta bir xil vaznga ega bo‘lishi shart emas,
lekin ular o‘zining to‘liq jamuljamligida taqdim etilgan bo‘lishi kerak.
96
To‘ldirilgan matritsa ishlarning haqiqiy ahvolini, muammo holatini va vaziyat
xususiyatlarini ko‘rsatadi. Bu SWOT-tahlilining birinchi bosqichidir.
Ikkinchi bosqichda kuchli tomonlar va qulay imkoniyatlarni qiyosiy tahlil
qilish, va bu kuchli tomonlardan qanday foydalanish kerakligini ko‘rsatishi zarur.
Shu bilan birga, inqirozning ehtimollik darajasini aniqlash uchun kuchsiz
tomonlarni ham mavjud xatarlar yuzasidan tahlil qilish zarur.
Albatta, kuchli tomonlarni va mavjud xavf-xatarlarni taqqoslash foydali. Axir
kuchli tomonlardan nafaqat rivojlanish maqsadlarida, balki xavf-xatarlarni bartaraf
qilish uchun ham foydalanish mumkin.
Boshqaruv tizimlari tadqiqotida samaradorlik, xodimlar, uslub, funksiyalar
taqsimoti, boshqaruv tizimi tuzilishi, boshqaruv mexanizmi, motivatsiyalash,
kasbiy mahorat, axborot ta’minoti, kommunikatsiya va tashkiliy xulq va boshqalar
SWOT-tahlili predmeti bo‘lishi mumkin.
Maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan ekspertlar yoki ichki maslahatchilar
xizmatlaridan foydalanish ushbu usul samaradorligini oshirish imkonini beradi.
SWOT-tahlili usulining ko‘plab ko‘rinishlari, masalan, maqsadlarni ishlab
chiqish va tahlil qilish usuli mavjud. SWOT-tahlili usulining universalligi, undan
vaziyatlar bilan ishlashda nafaqat boshqaruv instrumenti sifatida, balki vaziyatni
yozishda dastlabki tuzilma hosil qiluvchi omil sifatida ham foydalanishga imkon
beradi.
SWOT-tahlildan
ko‘pincha
strategik
rejalashtirishda
foydalaniladi.
Kompaniyaning istalgan hatti-harakati undan boshlanishi mumkin. Masalan, yangi
tashabbuslarni tadqiq etish, yangi rivojlanish strategiyalari, ehtimoliy o‘zgarishlar
kabilarni aytish mumkin.
Bunday tahlil – biznes olib borish strategiyasini yaxshilashning a’lo usulidir.
Ichki omillar:
S (kuchli tomonlar) va W (kuchsiz tomonlar) qisqartmalarda ifodalangan
dastlabki ikkita harf ichki omillarga kiradi va siz ularni oson baholashingiz
97
mumkin. Sohalarga misol sifatida keltirayotganlarimiz odatda, quyidagilarni
hisobga oladi:
moliyaviy resurslar. Bu moliyalashtirish, daromad olish imkoniyati;
moddiy resurslar. Bu sizga tegishli asbob-uskunalar, binolar, turgan joy;
inson resurslari. Xodimlar, ba’zan ko‘ngillilar, maqsadli auditoriya;
tabiiy resurslarga erishish imkoniyati, mualliflik huquqlari, patentlar
;
joriy jarayonlar. Bunga kompaniyada ro‘y berayotgan barcha narsalar,
barcha motivatsiya dasturlari, o‘qitish dasturlari, bo‘limlar ierarxiyasi tizimi va
hokazolar.
Kompaniyalar, ichki omillar ob’ektiv baholanmagunga qadar, tashqi omillarni
nazorat qila olmaydi va baholay olmaydi deb sanaladi.
O‘z biznesingizni kuchli tomonlarini topish uchun quyidagi savollarga javob
bering:
1.
Sizning biznesingiz qanday ustunliklarga ega?
2.
Siz nimani boshqalarga qaraganda yaxshiroq bajarasiz?
3.
Mijozlaringiz sizning qaysi kuchli tomonlaringizni ko‘rishadi?
4.
Sizda qanday noyob savdo taklifi mavjud?
5.
O‘z foydangizni qanday ko‘paytira olasiz?
O‘z kuchli tomonlaringizni, ham ichki nuqtai nazardan, ham
mijozlaringizning nuqtai nazardan ko‘rib chiqing. O‘z kuchli tomonlaringizni
raqobatchilarga nisbatan baholang. Masalan, agar barcha raqobatchilaringiz yuqori
sifatli mahsulot ishlab chiqarayotgan bo‘lsa, “yuqori sifat” – bu kuchli tomon
emas, balki zaruratdir.
Kamchiliklar:
1.
Nimani yaxshilay olasiz?
2.
Nimadan chetlashganingiz ma’qul?
3.
Mijozlaringiz qaysi kuchsiz tomonlaringizni ko‘rishadi?
4.
Qaysi omillar foydangizni kamaytiradi?
5.
Raqobatchilaringiz nimani sizdan ko‘ra yaxshiroq bajaradilar?
98
Tashqi omillar.
Har bir tashkilotga va alohida insonga tashqi sharoitlarning ta’siri juda kuchli
bo‘ladi. Ular ko‘pincha biznesga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatadi.
Ularning har birini bilish va hujjatlashtirish muhim. Tashqi omillar – bu, odatda,
siz va va sizning kompaniyangiz nazorat qila olmaydigan sharoitlardir.
Masalan:
Bozor oqimlari. Bu erga yangi mahsulotlar, texnologiyalar, maqsadli
auditoriya ehtiyojlarining o‘zgarishlari;
Iqtisodiy tendensiyalar. Bu mahalliy, milliy, xalqaro moliyaviy yo‘nalishlar;
Moliyalashtirish. Xayr-ehsonlar, davlat nufuzlari, soliqlar va h.k.
Demografik ma’lumotlar. Bu maqsadli auditoriyaning yoshi, jinsi, irqi,
millati, madaniy qadriyatlari;
Mol etkazib beruvchilar va sheriklar bilan munosabatlar;
Mamlakatdagi siyosiy, ekologik, iqtisodiy vaziyat.
Quyidagi savollar sizga imkoniyatlar va kamchiliklarni topishga yordam
beradi.
Imkoniyatlar:
1.
Qanday imkoniyatlarni ko‘ryapsiz?
2.
Sizning tokcha(nisha)ngizda qanday qiziqarli tendensiyalar kuzatilmoqda?
3.
Siyosat, ijtimoiy hayot, texnologiyalardagi qaysi o‘zgarishlar siz uchun
foydali?
Tahdidlar:
1.
Siz qaysi to‘siqlarga duch kelyapsiz?
2.
Raqobatchilaringiz siz qilmayotgan qaysi narsani qilishmoqda?
3.
Sizning taklifingizga tez o‘zgaradigan sifat standartlari mavjudmi?
4.
Sizda qandaydir muammolar bormi?
5.
Kuchsiz tomonlaringiz biznesga jiddiy tahdid qilishi mumkinmi?
Tahlil qila turib, kompaniyaning bozordagi holatini samarali baholashga
yordam beradigan ayrim qoidalarga amal qilgan ma’qul.
99
SWOT-tahlilidan eng ko‘p foydali axborot olishingizga aniq yordam bera
oladigan beshta qoida quyida keltirilgan.
1.
Har bir SWOT-tahlili sohasini aniq belgilash.
SWOT-tahlilini butun biznes bo‘yicha yaxlit emas, balki uning alohida
segmentlari bo‘yicha o‘tkazing. Bu sizning ishingizga ta’sir ko‘rsatuvchi barcha
omillarni ko‘rib chiqish va baholashga yordam beradi. Siz hatto dastlab kam
ahamiyatli bo‘lib ko‘ringan muammolar va imkoniyatlarni ham payqashingiz va
baholashingiz mumkin.
2.
Tahlil elementlari orasidagi farqlarni tushunish.
Kuchli va kuchsiz tomonlar – bu ichki muhit omillari ekanligini esda tutish
zarur. Boshqacha aytganda, bu kompaniyaning o‘zi nazorat qiladigan omillardir.
Imkoniyatlar va tahdidlar –tashqi muhitda kompaniyani kutib turgan sharoitlardir.
3.
Xaridor tomonidan kuchli va kuchsiz tomonlarning idrok qilinishi.
Agar sizning mahsulotingiz haqiqatan ham sifatli bo‘lsa, va raqobatchilar
orasida
yutib
chiqsa,
bu
kompaniyangizning
kuchli
tomoni
bo‘ladi.
Kompaniyangizning kuchli va kuchsiz tomonlariga xaridorlarning nuqtai
nazaridan, bozor tomondan qarang.
4.
Ob’ektivlik.
Tahlil qilishda kompaniya holatini ob’ektiv baholash biznesingizni yanada
muvaffaqiyatli qiladigan eng ko‘p foydali axborot olishga ko‘maklashadi. Tahlilni
turli g‘oyalarni bera oladigan hamda vaziyatga ob’ektiv qaray oladigan kishilar
guruhi o‘tkazishi zarur.
5.
Tomonlarni aniq ifodalash.
Muvaffaqiyatli o‘tkazilgan SWOT-tahlili garovi – bu barcha omillarni aniq
baholashdir. Omilning ifodasi qanchalik ko‘p noaniq bo‘lsa, tahlil natijalari
shunchalik muvaffaqiyatsiz bo‘ladi. Shuning uchun aniq bo‘ling.
To‘g‘ri o‘tkazilgan
Dostları ilə paylaş: |