Menejmentning tadqiqot usullari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/67
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189379
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   67
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик

Internet saytlari 
1.
www.studmed.ru.
2.
www.rc-analitik.ru

3.
www.studwood.ru. 
4.
www.
sovman.ru. 
5.
www.studmed.ru. 
 
 


83 
IV BOB. MENEJMENTDA ANIQ (MAXSUS) TADQIQOT USULLARI 
4.1.Aniq (maxsus) tadqiqot usullari tadqiqot ob’ektining o‘ziga xosligi, 
predmeti va vazifalarini aks ettiruvchi usullar sifatida
Aniq (maxsus) tadqiqot usullari tadqiqot ob’ektining o‘ziga xosligini, uning 
predmeti va vazifalarini aks ettiradi. 
Aniq (maxsus) tadqiqot usullarining eng muhimlariga hujjatlarni o‘rganish, 
modelli eksperiment, sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish usullari, shuningdek, testdan 
o‘tkazish, jamoaviy tahlil, sotsiometrik baholar, ishbilarmonlik va innovatsion 
o‘yinlar usullari, imitatsion modellashtirish usullari va boshqalar kiradi. 
Tadqiqot usullarini tanlash mezonlaridan biri – bu vaziyat yoki 
muammoning aniqlanganlik darajasi. Bunda muammoning aniqlanganligini uning 
manbalari, tuzilishi, mazmuni, turkumga mansubligi, haqiqiylik sohasi, etukligi, 
boshqa muammolardan nisbiy chegaralash imkoniyati (yaxlitlik alomatlari) bilan 
tavsiflanadi. Muammoning minimal, qisman va maksimal aniqlanganligi mavjud. 
Ularning har biri o‘z tadqiqot usullari yig‘indisini nazarda tutadi. 
Boshqaruv muammolarini hujjatlarni o‘rganish orqali tadqiq etish mumkin. 
Istalgan boshqaruv hujjatlarda qayd etiladigan axborotning harakatlanishi bilan 
bog‘langan. Tadqiqotchi uchun – bu boy material, faqatgina uni avvaldan 
tuzilgan sxema bo‘yicha qayta ishlash zarur. 
Hujjatlar yordamida tadqiq etish samaradorligi hujjatlarning tarkibi, ularning 
mazmuni, shakli va axborotli tasnifiga bog‘liq. Afsuski, eng qimmatli yoki hatto 
shunchaki ishonchli tadqiqot natijalarini olish uchun axborot etishmaydi, chunki 
hujjatlar tizimi undan tadqiqot maqsadlarida foydalanishni nazarda tutmaydi. 
Boshqaruv tadqiqotiga jiddiy e’tibor qaratiladigan, va u muntazam o‘tkaziladigan 
firmalarda axborotni qayd etish, uning hajmlarini tartibga solish, tuzilishi, 
tadqiqot o‘tkazish uchun saqlashning tegishli shakllari ishlab chiqiladi. 
Ijtimoiy tadqiqot usuli keng qo‘llanadigan boshqaruvni tadqiq etish 
usullaridan biri hisoblanadi. U vaziyatni xodimlarning haqiqiy faoliyat omillari, 


84 
ularning manfaatlari va qadriyatlari, mavjud muammolarga munosabati va ushbu 
muammolarni tushunishi bo‘yicha baholashga imkon beradi.
Ijtimoiy tadqiqotlar turlicha bo‘ladi – ularga kuzatuv ham, intervyu olish 
ham, anketa so‘rovnomalari ham kiradi. Etarlicha to‘g‘ri tayyorlangan va olib 
borilgan ijtimoiy tadqiqotlar boshqaruv tizimlari tadqiqotchisiga boy axborotlarni 
beradi. Vaziyatli yondashuvda ijtimoiy tadqiqotlar nihoyatda turli maqsadlarda 
ishlatilishi mumkin. Shu tarzda, ijtimoiy tadqiqot muallif tomonidan 
talabalarning, ularning shaxsiy ish tajribasiga asoslangan amaliy vaziyatlarni 
o‘quv jarayonida qo‘llash imkoniyatlarini, ish va o‘qishni, mansab bo‘yicha 
ko‘tarilish istiqbollarini va hokazolar samarali qo‘shib olib borish imkoniyatlarini 
o‘rganish uchun o‘tkazildi. Ijtimoiy tadqiqotlar vaziyatni o‘zini yozish uchun 
dalillarga asoslangan materiallarni berishi mumkin, buning ustiga bu vaziyatning 
o‘ziga xos jihatlarini hisobga oluvchi, maqsadga yo‘naltirilgan holda 
foydalaniladigan material bo‘ladi. Bundan tashqari, ijtimoiy tadqiqotlar vaziyatni 
tahlil qilish natijasida aniqlangan muammolarni tadqiq etish uchun olib borilishi 
mumkin. 
Boshqaruv vaziyatlarini tadqiq etishda ekspert baholash usuli – ko‘plab 
muammolarning murakkabligi, ularning “inson omili” bilan aloqalari, ishonchli 
eksperimental yoki me’yoriy vositalarning mavjud emasligi sababli keng 
tarqalgan. 
Tekshiruvning eng muhim bosqichlaridan biri, uni o‘tkazishning eng 
birinchi bosqichi bo‘lib, ekspertlar guruhini – o‘z tashkilotidan yoki “chetdan” 
tanlash hisoblanadi. 
Mutaxassislarni ekspert guruhi tarkibiga ilgari surish tashkilot bo‘linmalari 
jamoalari tomonidan ochiq yoki yopiq ovoz berish yo‘li bilan amalga oshirilishi 
mumkin bo‘lib, bu ishonch qozongan ekspertlarni tanlab olish imkonini beradi. 
Mutaxassislar “chetdan” taklif qilinganda esa ularni tanlab olish jarayoni 
jiddiy qiyinlashadi. Ekspertlarni tanlab olishning to‘rtta asosiy usuli ishlatiladi: 
o‘z-o‘zini baholash, ekspertlikka nomzodlarning o‘tmishdagi faoliyat natijalarini 


85 
baholash, ularning chuqur bilimga egaligini aniqlash asosida va nihoyat, guruh 
tomonidan har bir nomzodni tanlab olish. 
Iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlarda «tanlov», «foydalilik», «ehtimollik» kabi 
tushunchalarni o‘z ichiga oluvchi afzal ko‘rish muhim o‘ringa ega. Sanab o‘tilgan 
tushunchalarni ta’riflash uchun turli, shu jumladan ekspertlar baholaridan ham 
foydalaniladi. 
Barcha baho turlari to‘rtta komponentga ega: sub’ekt, predmet, xarakter va 
asos. Yakuniy baho ikkita komponentga ega: ekspertning hislari va modelning 
o‘zi yoki uning ayrim xossalari. 
O‘z xarakteriga ko‘ra baholar mutloq va nisbiy bo‘ladi. 
Ekspertli baholashda ham mutloq, ham nisbiy baholar bir xil ishlatiladi. 
Mutloq baholar, masalan, o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan sotsiologik tadqiqot 
ob’ektini baholashda (yaxshi – yomon), nisbiy baholar esa – tanlash (masalan, 
taklif etilgan muqobilliklardan birini tanlash) uchun ishlatilishi mumkin. 
“Yaxshi”, “yomon”, “yaxshiroq”, “yomonroq” kabi tushunchalardan 
foydalanish, baholanayotgan ob’ektlar uchun baholashni engillashtiruvchi ma’lum 
namunalar, standartlarning mavjud bo‘lishini nazarda tutadi. 
Ob’ektlarni ijtimoiy tadqiqotlarda baholanishi esa aynan ular uchun ana shu 
aniq standartlarning yo‘qligi sababli murakkablashgan bo‘ladi. 
Baholashning asosi deganda sub’ektning nuqta nazari yoki uni ma’lum bir 
narsani afzal ko‘rishga undayotgan sabablar tushuniladi. Asoslar ko‘pincha yaqqol 
namoyon bo‘lmaydi, buning ustiga, sub’ekt ba’zan nima uchun u yoki bu 
predmetni afzal ko‘rganini hatto o‘ziga ham tushuntira olmaydi. Ekspertli 
baholashda bitta predmetga, lekin turli asoslarga ega har xil baholar olinishi 
mumkin. Shu tarzda, kimyo kombinati faoliyati xalq xo‘jaligi uchun uning 
mahsulotining ahamiyati nuqtai nazardan yuqori va atrof-muhit muhofazasi nuqtai 
nazardan – juda past baholanishi mumkin. 
Ijtimoiy tadqiqotda qo‘llanadigan ekspertli baholar o‘rganilayotgan 
ob’ektlarni bir-biri bilan yoki muayyan namuna bilan taqqoslash asosida 


86 
shakllanadi. Ijtimoiy ob’ektlar tuzilishining murakkabligi o‘rganilayotgan 
ob’ektning eng xarakterli, dastlabki tadqiqot gipotezasiga mos keladigan 
xossalarini ajratib olish maqsadida dastlabki sifat tahlilini o‘tkazish zaruratini 
asoslaydi. Sifat tahlili bosqichi muhim hisoblanadi, chunki o‘rganilayotgan 
ob’ektning xossalari (alomatlari)ni o‘lchash imkoniyati ularning qanchalik 
muvaffaqiyatli ajratib olinganligiga bog‘liq. 
Ijtimoiy ob’ektlar alomatlarini taxminan ikki turkumga: ma’lum etalonlar 
yordamida o‘lchanadigan miqdoriy alomatlarga (masalan, yangilik kiritish 
xarajatlari, kishilarning ish haqi so‘mlarda baholanadi), va sifat alomatlariga, ya’ni 
ekspertli baholashda ajratish va o‘lchash ma’lum qiyinchiliklarga ega bo‘lgan 
alomatlarga ajratish mumkin. Ob’ektlarning sifat tavsiflari o‘rnatilgan o‘lchash 
etalonlariga ega emasligi tufayli, tadqiqotchilarning o‘zi tomonidan ularni ob’ekt 
tuzilishining o‘ziga va tadqiqot gipotezasiga muvofiq tuzishga to‘g‘ri keladi. 
Ekspertli baholashni o‘tkazish uchun ayrim hollarda ob’ektning ma’lum 
tavsiflarini ajratish va ularga sifatiy verbal bahoni berish etarli. Bu kabi ekspert 
bahoni “aqliy hujum” usuli yoki ekspertlar taklif etilgan bir nechta gipotezalar, 
rivojlanish variantlari, yuzaga kelgan ijtimoiy vaziyatni baholashlari kerak bo‘lgan 
munozara yohud majlis vaqtida olish mumkin. Verbal sifatiy ekspert baholaridan 
tadqiqotning ilk bosqichida ijtimoiy ob’ektning xarakterli xususiyatlarini ajratishda 
foydalaniladi. 
Sifat baholarni shakllantirish jarayoni xususiyatlaridan biri – so‘rovnomada 
ishtirok etayotgan ekspertlar sonini cheklash; ikkinchi xususiyat – sifat baholarini 
keyingi qayta ishlashning nisbatan cheklanganligi. Guruhli tanlash nazariyasi 
apparati uchun kirish ma’lumotlari hisoblanmish sifat jihatdan baholar shu bilan 
birga statistik tahlildan foydalanishni istisno qiladi. 
Sifat tavsiflarini baholash uchun ijtimoiy ob’ekt xossalarining namoyon 
bo‘lish jadalligi darajasini aniqlash usulini topish, ya’ni sifat bahosining miqdoriy 
ifodasiga ega bo‘lish zarur. 


87 
Ushbu maqsadda maxsus o‘lchash etaloni (shkala) tuziladi, u quyidagi asosiy 
talablarga javob berishi kerak: o‘lchanishi rejalashtirilgan xossalar va tavsiflarni 
boshqalari bilan aralashtirmasdan o‘lchash (o‘lchashni asoslash prinsipi); ob’ektni 
takroriy o‘lchashlar oldingi natijalar bilan bir xil natija berishi kerak (shkalaning 
barqaror bo‘lishi talabi); xossa yoki alomatning namoyon bo‘lish darajasi aniq 
farqlanuvchi bo‘lishi zarur (shkalaning aniq bo‘lishi talabi). 
Ijtimoiy ob’ektlarni ekspertlar tomonidan baholashda intervallar shkalasi va 
tartib shkalasi eng ko‘p qo‘llanadi. 
Intervallar shkalasi ob’ektlar xossalari o‘rtasidagi farq kattaligini aks ettirish 
uchun qo‘llanadi hamda punktlar orasidagi o‘lchangan intervallarning tartibga 
solingan raqamli qatorini ifodalaydi. Intervallar shkalasining asosiy xossasi – 
intervallarning tengligi. Intervalli shkala ixtiyoriy sanoq nuqtasi va masshtabga ega 
bo‘lishi mumkin. 
Tartib shkalasi ob’ektlarni bitta xossa yoki ularning to‘plamiga ko‘ra 
“yaxshiroq”; “yomonroq”; “...ga qaraganda kamroq”; “...ga qaraganda ko‘proq” 
prinsipi bo‘yicha tartibga solish uchun qo‘llanadi. Tartib shkalasidagi sonlar faqat 
ob’ektlarning ergashish tartibini aks ettiradi va bir ob’ekt boshqasiga nisbatan 
qanchalik afzalligini aniqlash imkoniyatini bermaydi. 
Intervallar shkalasi va tartib shkalasidan etalonlar sifatida foydalanish ijtimoiy 
ob’ektlarni balli baholash va tartiblash imkoniyatini yaratadi. 
Muammolarni ekspertlar tomonidan baholashning ishonchliligi ekspertlarning 
chuqur bilimga egaligi, kreativligi, tahliliy qobiliyati va tafakkuri kengligiga 
bog‘lidir. 
Ijtimoiy tadqiqotlarda etarlicha bo‘lmagan axborot salohiyatiga, ko‘p 
variantlilik va ko‘p ma’nolik xossalarga ega muammolar ancha ko‘p uchraydi. Bu 
kabi muammolarni tadqiq qilishda ehtimolli ekspert baholari ishlatiladiki, ularning 
ishonchliligi ekspertning tajribasi va aql-zakovatiga, uning iste’dodliligiga, 
muammoni rivojlantirishda istiqbol hissi mavjudligiga, ichki his-tuyg‘usiga bog‘liq 
bo‘ladi. 


88 
Vaziyatli yondashuvda ishbilarmonlik o‘yinlari katta imkoniyatlarga ega. 
Ishbilarmonlik o‘yini – bu o‘qitish, boshqaruv qarorlarini tanlash va qabul 
qilish ko‘nikmalari va qobiliyatlarini rivojlantirish, aloqalarni rag‘batlantirish, 
ijodiy qobiliyatlarni namon qilish va rivojlantirish, tajriba almashish, ta’lim 
faolligini motivatsiyalash, shaxsning nuqtai nazarini aniqlash usuli deb qabul 
qilingan.
Biroq ishbilarmonlik o‘yinining yana bir vazifasini – boshqaruvchilik 
eksperimenti orqali tadqiq etishni ko‘rsatish mumkin. Haqiqatan ham, 
ishbilarmonlik o‘yini nafaqat o‘qitish usuli, balki boshqaruvni o‘rganish usuli ham 
bo‘lishi mumkin. Uning aynan shu vazifasini eng yaqqol ko‘rsatuvchi 
ishbilarmonlik o‘yinini keltirib o‘tamiz. 
Misol sifatida muallif tomonidan, nafaqat o‘quv maqsadlarida, balki haqiqiy 
hayotda xodimlarga oid protsedura sifatida olib borilgan “Xodimlarni baholash va 
attestatsiyadan o‘tkazish” ishbilarmonlik o‘yinini keltirish mumkin. 
Boshqaruv xodimlari guruhi to‘rtta kichik guruhlarga bo‘linadi, ularning har 
biri ma’lum vazifalarni: boshlovchi, attestatsiya komissiyasi, ateestatsiyadan 
o‘tkaziladigan guruh, xizmat ko‘rsatish guruhi vazifasini bajaradi. Kichik 
guruhlarda ushbu vazifalarni jamiyat va individual manfaatlariga moslangan 
kasbiy faoliyat manfaatlari yig‘indisi sifatida anglab olish zarur. ushbu masalalarni 
muhokama qilishning o‘ziyoq ko‘p tadqiqotchilik axborotini beradi. Savollar 
majmuidan foydalanish mumkin: ushbu manfaatlarni qanday amalga oshirish 
kerak, ularning to‘qnashuvini, ziddiyatli vaziyatlarni qanday hal qilish kerak, nima 
uchun manfaatlar farqlanadi, qaysi hollarda ular bir-biriga yaqinlashadi va qachon 
uzoqlashadi? 
So‘ngra dolzarb muammoni o‘z ichiga oluvchi tashkilot faoliyati bilan 
bog‘langan vaziyat beriladi. Modifikatsiya sifatida sinalayotganlarning o‘ziga, 
ularning tashkilot faoliyatini his qilishini aks ettiruvchi vaziyatni tuzishni va 
muammolarni echishning o‘z variantlarini berishni taklif qilish mumkin. 


89 
Shuningdek, barcha ishtirokchilarga boshqaruv echimlarining bir xil 
to‘plamini (aytaylik, 30 tadan kartochka) berish mumkinki, ular yordamida 
vaziyatni o‘zgartirish mumkin. Faqat o‘z kichik guruhi manfaatlariga rioya qilib, 
taklif etilgan vaziyat uchun eng maqbul beshta echimni tanlash talab qilinadi. 
Keyingi bosqichda ushbu echimlarni umumiy muhokamaga olib chiqish taklif 
etiladi. Albatta, echimlarning to‘qnashuvi ro‘y beradi, chunki manfaatlar bir-
biridan farq qiladi va bu muammoni echishning turli yo‘llarini belgilaydi.
O‘yin shartlari – o‘zaro voz kechish, ishontirish, oqibatlarni muhokama 
qilish, manfaatlarni tushuntirish, ob’ektiv qaramliklarni tahlil qilish va hokazolar 
yordamida kompromisslarni qidirishdan iborat. Ishbilarmonlik o‘yini rahbari 
echimlarning qo‘shimcha variantlarini taklif etishi, muhokamani va murosaga 
kelishni to‘g‘rilab turishi mumkin. 
Bunday ishbilarmonlik o‘yini nafaqat o‘qitish vositasi, balki shuningdek 
eksperimental tadqiqot bo‘lib hisoblanadi. Uni muntazam olib borish jarayonida 
yangi boshqaruv, tashkiliy xulq, kommunikatsion faoliyat, liderlikning namoyon 
bo‘lish, boshqaruv san’atini va boshqaruv guruhini shakllantirish, ziddiyatli 
vaziyatlarni hal qilish va boshqa qonuniyatlarini topish mumkin. 
Amaliyot bunday eksperiment olib borishning samaradorligini tasdiqlaydi. 
Shunday qilib, nafaqat umumiqtisodiy muammolarni, balki firma muammolarini 
ham tadqiq etish mumkin: menejerlar, muhandis-texnik xodimlar, ishchilar 
guruhlarini shakllantirib, firma strategiyasi, xodimlar siyosati, raqobat, ilmiy-
texnik taraqqiyot va ijtimoiy rivojlanishni tadqiq qilgan holda ushbu rolli o‘yinni 
o‘tkazish mumkin. 
Shunday qilib, eksperiment olib borish boshqaruv tadqiqoti uchun zid 
bo‘lgan narsa emas va eksperiment noma’lum hamda tushunarsiz vaziyatlarni 
tushuntirish, yangi echimlarni qidirish, kelajakni oldindan ko‘rish, ushbu 
sohadagi ob’ektiv rivojlanish tendensiyalarini aniqlashning ancha samarali usuli 
bo‘lishi mumkin. 


90 
Ekspertiza – bu qimmatli mutaxassis tajribasini amalga oshirishga, tadqiqot 
predmetini chuqur bilishga va sifatli tahlil texnologiyalariga asoslangan fikr, 
g‘oya, echim yoki bahodir.
Ekspertiza individual va guruhli bo‘ladi. Individual ekspertiza tadqiqotchi 
tomonidan aniq vaziyat mavjud bo‘lganda o‘tkaziladi va individual echimlarni 
qabul qilish imkonini beradiki, ular so‘ngra zaruratga qarab, muqobilliklardan 
biri sifatida qaralishi mumkin. Guruhli ekspertizani olib borishda ekspertlar 
guruhini saralash va uning ish natijalarini yakuniy qayta ishlash metodologiyasi 
katta ahamiyat kasb etadi. 
Ekspertlar xulosasi – bu tadqiqot jarayoni va uning yakunlari qaye tiladigan 
hujjatdir. Bunda ekspertlarning xulosalari va fikrlari ham qat’iy (ha, yo‘q), ham 
ehtimoliy (taxmin, afzal ko‘rish koeffitsienti va boshqa ko‘rinishda) shaklga ega 
bo‘lishi mumkin. 
Ekspertlarning quyidagi ishlash prinsiplari mavjud: 

G‘oyalar, fikrlar va baholar oldindan tayyorlangan sxemaga joylashtirilishi 
kerak. Bu ularni umumlashtirish, taqqoslash, ahamiyatlisini ajratish va hokazoga 
imkon beradi. Bunday sxema fikrni va xayolni cheklamasligi kerak. Sxema uni 
o‘zgartirish va to‘ldirish imkoniyatini nazarda tutishi va unga yo‘l qo‘yishi 
mumkin. Sxema vaziyatning barcha ekspertlar uchun bir xil tavsifini va sxemaning 
asosiy elementlarini tuzilma ko‘rinishida o‘z ichiga oshishi kerak. 

Ekspert xulosalarini nafaqat miqdoriy jihatdan, balki sifat jihatdan tahlil 
qilib, ahamiyatli, muhim, dolzarb, noyob, yangi va boshqalarni ajratib, 
umumlashtirish zarur. Ekspertlar xulosasi ikkinchi bosqich ekspertiza predmeti 
blishi mumkin. 

Ekspertlar mustaqil, ya’ni biror-bir tashkiliy, konseptual yoki psixologik 
cheklovlardan ozod bo‘lishi kerak – faqat shu holdagina ularning tajribasi, 
bilimi, ichki his-sezgilari eng yaxshi tarzda amalga oshiriladi. Ekspertlar 
vaziyatning barcha asosiy unsurlarini, uning mazmunini aniq idrok qilishi va 


91 
tushunishi hamda ko‘rib chiqilayotgan sohada etarlicha chuqur bilimlarga ega 
bo‘lishi kerak. 

Ekspertlar guruhining ishi maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi, ekspertlar 
ekspertizaning sababi va maqsadini tushunishlari zarur, ko‘pgina hollarda 
ekspertlarning maxsus tayyorgarligi, ekspertlar vaziyat muammolarini ijobiy hal 
qilishdan manfaatdor bo‘lishlari zarur. 

Ekspertlar ekspertizani yakka tartibda (natijalarni to‘plash va tizimga solish 
orqali) yoki jamoaviy tarzda, o‘zaro birgalikda ishlab amalga oshirishlari mumkin.

Bir necha ekspert guruhlar parallel va ko‘p bosqichli ish olib borib, shundan 
so‘ng ekspertizalarni solishtirish amalga oshiriladi. 
Boshqaruv tadqiqotining alohida, zamonaviy sharoitlarda eng ommabop, va 
ehtimol etarlicha samarali usuli bo‘lib testlash usuli hisoblanadi. 
Testga (ingl. test – tajriba, sinov) ko‘plab ta’riflar berilgan: tadqiqot 
mezonlariga javob beruvchi empirik-tahliliy protsedura; kishilarning haqiqatda 
mavjud bo‘lgan munosabatlari, ularning xislatlari, alomatlari va miqdoriy 
parametrlarining ob’ektiv in’ikosini olishga imkon beruvchi fikr-mulohazalar. Bu 
kishi faoliyatining chuqurlashgan jarayonlarini, uning fikr-mulohazalari yoki 
boshqaruv tizimining faoliyat yuritish omillariga bergan baholari orqali o‘rganish 
usuli deb sanaladi. 
Testlash asosan psixologik muammolarni o‘rganish uchun ishlatiladi degan 
tasavvur xato. Testlashdan foydalanish sohasi faqat psixologik muammolar bilan 
cheklanmaydi. 
Testlash yordamida tadqiq etishda testning tuzilishi katta o‘ringa ega. 
Test ma’lum muammo yoki vaziyat bo‘yicha fikr-mulohazalar va baholar 
to‘plamini o‘z ichiga oladi. 
Vaziyat tavsifi va tadqiqot maqsadlari fikr-mulohazalar va baholar to‘plamini 
aniqlaydi. Baholar soddalashtirilgan (rozi – norozi) yoki shkalaga solingan 
(mutlaqo to‘g‘ri; to‘g‘ri; noto‘g‘riga qaraganda ko‘proq to‘g‘ri; aytish qiyin; 
to‘g‘riga qaraganda ko‘proq noto‘g‘ri; noto‘g‘ri; mutlaqo noto‘g‘ri) bo‘lishi 


92 
mumkin. Shkala reyting koeffitsientlar yoki rozilik darajasi tanlovi ko‘rinishida 
raqamli baholarga ega bo‘lishi mumkin. 
Testning tuzilishi uning natijalarini ma’lum statistik dasturlar yordamida 
qayta ishlash imkoniyatini ko‘zda tutishi kerak. 
Har bir test olingan axborotni testlash maqsadlariga muvofiq qayta ishlashga 
imkon beruvchi kalitga ega. 
Fikr-mulohazalarni ifodalash qoidalari mavjud: 

fikr-mulohazalar qisqa bo‘lishi kerak; 

fikr-mulohazalar butunlay barcha o‘rganilayotganlar (respondentlar) uchun 
tushunarli bo‘lishi kerak; 

fikr-mulohazalarda to‘g‘ri, ma’qullanadigan yoki kutilayotgan javobga 
ishora bo‘lmasligi kerak; 

fikr-mulohazalarning har biri bo‘yicha tuzilmaviy javoblar bir xil sonli – 5 
tadan kam va 11 tadan ko‘p bo‘lmagan muqobillikka ega bo‘lishi maqsadga 
muvofiq; 

test to‘liq faqat ijobiy yoki faqat salbiy fikrlar bildirilgan gaplardan tuzilishi 
mumkin emas; 

testning har bir fikr-mulohazasida biror bitta narsani o‘zini tasdiqlash zarur. 
Testni tuzishda uning asosiy tavsiflarini hisobga olish zarur: 

Ishonchlilik – eng asosiy va muhim tavsiflardan biri bo‘lib, o‘lchash 
imkoniyatini, 
fikrlarni 
miqdoriy 
ko‘rsatkichlarga o‘tkazishni belgilaydi. 
Ishonchlilik testli tadqiqotning maqsadi, vazifalari va tavsifi, fikrlarning sifati bilan 
aniqlanadi. Testlar ishonchliligini tekshirish yo‘llari – takroriy testlash, parallel 
testlash, bo‘linma korrelyasiyalash, dispersiyali tahlil, omilli tahlil. 

Validlik (ishonchlilik) – asosiy mazmun bo‘yicha nimani aks ettirishi va 
o‘lchashi kerak bo‘lsa, shuni aks ettirish va o‘lchash qobiliyati. Testning 
validligini boshqa usullar bilan olingan natijalarni qiyosiy baholash, testning har 
bir fikrini tahlil qilish yordamida tekshirish mumkin. 


93 
Boshqaruv sohasida testlash yordamida resurslardan, xususan ulardan eng 
asosiysi – vaqtdan foydalanish muammolarini, xodimlar malakasi darajasini, 
boshqaruv 
funksiyalari 
taqsimotini, 
rasmiy 
va 
norasmiy 
boshqaruvni 
birlashtirishni, boshqaruv uslubini va boshqalarni tadqiq etish mumkin. 
Boshqaruvchilik ko‘nikmalari, bilimlari, tajribasi, qobiliyatlari, boshqaruvga 
ijodiy yondashuvni baholash uchun test sifatida yozilgan boshqaruv vaziyatining 
o‘zidan foydalanish mumkin. Bu holda sinovdan o‘tkazilayotgan kishi vaziyat 
bo‘yicha test fikrlari vazifasini bajaruvchi savollar ro‘yxatini mustaqil tuzishi va 
baho vazifasini bajaruvchi javob variantlarini berishi kerak. Muallifning tajribasi
masalan, talabalarning menejment yoki boshqa boshqaruvchilik fanlari sohasidagi 
bilimini baholashda, shuningdek, kadrlarni tanlash, attestatsiyadan o‘tkazish, 
liderlarni aniqlash, komandalarni shakllantirishda va boshqalarda bunday testlash 
usulining an’anaviy savollarga nisbatan yuqori samaradorligini ko‘rsatadi. 
Testlashni samarali o‘tkazish uchun qator talablarni bajarish zarur. 
Dastlabki talablardan biri shundaki, testlarni ishlab chiqish va testlashni 
o‘tkazish etarlicha malakali sotsiologlar va psixologlar tomonidan amalga 
oshirilishi kerak. 
Albatta, test toifasiga qarab turli malaka talab qilinadi. Masalan, intellekt 
bo‘yicha yakka tartibdagi testlarni va shaxsga yo‘naltirilgan testlarni to‘g‘ri 
o‘tkazish uzoq muddatli jadal o‘qitishni va testlash jarayonini kuzatishni talab 
qiladi, ayni vaqtda o‘quv maqsadlarida testlash uchun minimal maxsus 
tayyorgarlik kerak – asosiysi, eksperiment o‘tkazuvchi inson xulq-atvori 
to‘g‘risidagi fanni etarli darajada o‘zlashtirgan bo‘lishi kerakki, bu unga test 
natijalarini sharhlashda oqlanmagan xulosalarning oldini olish imkonini 
beradi.
Agar testlar laborantlar yoki boshqa kasb kishilari tomonidan o‘tkazilayotgan 
bo‘lsa, bajarilgan test topshiriqlarini to‘g‘ri sharhlanishini ta’minlash uchun ularga 
malakali mutaxassis maslahat berishi muhim. 


94 
Testlash jarayoni tashkilotchilariga qo‘yiladigan muhim talab bo‘lib testlash 
natijalarini sir saqlash hisoblanadi. Testlarning natijalaridan alohida shaxs yoki 
guruhning manfaatlarida, shuningdek biror-bir muassasaning manfaatlarida 
foydalanish, sinovdan o‘tayotgan kishi bunga o‘z roziligini bermaguncha mumkin 
emas.
Individning o‘z testlash ma’lumotlariga erisha olishga bo‘lgan huquqini 
tushunishning o‘sib borayotganligi, shuningdek u o‘z javobi mazmunini 
izohlash va zarur bo‘lganda haqiqiy axborotni tushuntirish yoki tuzatish 
imkoniyatiga ega bo‘lishi kerakligini anglash, tadqiqotchilarni mijozni o‘zini 
shaxsiy tekshiruvining tobora faol ishtirokchisiga aylantirishga majbur 
qilmoqda. Ushbu maqsadlar uchun testli vaziyat tushunarli, dolzarb bo‘lishi 
hamda 
attestatsiyadan 
o‘tkazilayotgan kishining ijodiy qobiliyatlari, 
tashabbuslari, ko‘nikmalarini namoyon qilish uchun imkoniyat berishi zarur, 
test natijalari esa tushunish uchun qulay shaklda taqdim etilishi, maxsus 
atamalar yoki professionalizmlardan ozod bo‘lishi zarur. Test ma’lumotlaridan 
noto‘g‘ri foydalanish va xato sharhlashga qarshi tegishli ehtiyotkorlik 
choralarini qabul qilish kerak.
Testlarga va testlashga turlicha munosabatda bo‘lish mumkin, lekin 
testlashning tadqiqotchilik imkoniyatlarini doimiy ravishda optimallashtirish, 
ularning ishonchliligini ko‘p martalab tekshirish, tadqiqotchining kasb odobiga 
rioya qilish zarurligini ta’kidlash mumkin.
Testlash olib borilayotgan xona o‘ta shovqinlikdan va diqqatni bo‘ladigan 
barcha narsalardan himoyalangan, mos keluvchi yoritish vositalariga va qulay 
o‘rindiqlarga ega bo‘lishi kerak. Boshqacha aytganda, testlash jarayoni 
tashkilotchilari test yordamida tadqiqot olib borishda qulay muhitni yaratishga 
e’tibor berishlari kerak. 
Boshqaruv vaziyatlarini tadqiq etishda ekspert baholari usuli – ko‘pgina 
muammolarning murakkabligi, ularning “inson omili” bilan bog‘langanligi, 


95 
ishonchli eksperimental yoki me’yoriy vositalarining mavjud emasligi tufayli keng 
tarqalgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin