Menejmentning tadqiqot usullari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/67
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189379
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   67
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик

 
SWOT-tahlili quyidagi savollarga javob berishga yordam 
beradi:
 


100 

Kompaniya o‘zining kuchli tomonlaridan 100% foydalanmoqda deyish 
mumkinmi? Kompaniya qaysi ustunliklarga ega? Agar ular yo‘q bo‘lsa, kuchli 
tomonlardan qay biri ustunlikka aylanishi mumkin? 

Imkoniyatlardan qay biri kompaniyaning muvaffaqiyatli bo‘lishiga yordam 
beradi? 

Tahdidlarning qaysilari eng “qo‘rqinchli”? Ulardan himoyalanish uchun 
nima qilish kerak? 
SWOT-tahlili jadvali to‘ldirilgandan so‘ng, siz natijalarga tayanuvchi bir 
necha tavsiyalar, strategiyalarni o‘ylab topishingiz kerak. Ular kuchsiz tomonlarni 
va tahdidlarni engish uchun biznesingizning kuchli tomonlaridan foydalanishi 
kerak. 
Ma’lumki, boshqaruv maqsadi – muvaffaqiyat, samaradorlik, strategiya va 
rivojlanishning hal qiluvchi omili. Maqsad yo‘q bo‘lganda reja yoki dasturni ishlab 
chiqish mumkin emas. Bu nafaqat boshqaruv maqsadiga, balki tadqiqot maqsadiga 
ham tegishli, axir ushbu maqsadni ba’zan to‘g‘ri ifodalash oson emas. 
4.3. SMART-tahlili usuli 
SMART-tahlili usulining nomi beshta inglizcha so‘zlarning bosh xarfidan 
olingan 
bo‘lib, 
ular 
tarjima 
qilinganda 
erishuvchanlik, 
konkretlik, 
baholanuvchanlik, joy va vaqt hisobini anglatadi. 
Usul maqsadlarni matritsali shaklda joylashtirilgan mezonlar yig‘indisi 
bo‘yicha ketma-ket baholashni nazanda tutadi. Maqsad tavsiflarini aks ettiruvchi 
taqqoslama omillar to‘plamini keltiramiz: 

qiyin erishuvchan – oson erishuvchan;

yuqori xarajatlar – past xarajatlar;

xodimlarning 
qo‘llab-quvvatlashiga ega – xodimlarning qo‘llab-
quvvatlashiga ega emas;

ustuvorliklarga ega – ustuvorliklarga ega emas;


101 

ko‘p vaqt talab qiladi – kam vaqt talab qiladi;

keng ta’sirga ega – cheklangan ta’sirga ega;

yuqori texnologiyalarga yo‘naltirilgan – past (oddiy) texnologiyalarga 
yo‘naltirilgan;

boshqaruvni yangitdan tashkil qilish bilan bog‘langan – boshqaruvni 
yangitdan tashkil qilish bilan bog‘lanmagan. 
Keyingi bosqichda maqsadga erishish uchun echish lozim bo‘lgan 
muammolarni aniqlash matritsasi tuziladi. Biroq dastlab ularni aniqlash kerak. 
Mammolar quyidagi mezonlar bo‘yicha taqsimlanadi: mavjud vaziyat
istalayotgan vaziyat, maqsadga erishish imkoniyati. 
Ushbu mezonlar matritsaning gorizontal tartibda joylashadi. Vertikal 
tartibda muammoni aniqlash, muammoni baholash (miqdoriy parametrlar), 
echimni tashkillashtirish (kim, qaerda, qachon), muammoni echish xarajatlari 
kabi mezonlar joylashadi. Bunday matritsa tadqiqotlar rejasini tuzish imkonini 
beradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin