8- MAVZU. BOZOR SEGMENTATSIYASI VA XARIDORLAR
TURLARI
1.
Bozor segmentatsiyasining mohiyati va uning ahamiyati.
2.
Bozor segmentatsiyasining xususiyatlari
3.
Bozor
segmentatsiyasi turlari
4.
Bozor segmentatsiyasining asosiy tamoyillari
5.
Maqsadli bozor segmentlarini tanlash va tovarni bozordagi joylashish
pozitsiyasi
8.1.
Bozor segmentatsiyasining mohiyati va uning ahamiyati
«Bozorni segmentatsiyalash» tushunchasi AQSHda 1950 yillarda vujudga
kelgan.
Marketingni boshqaruv tizimida bozor segmentatsiyasi muhim ahamiyatga ega
va bozorda talabni o’rganish yoki marketologlar
atamasi bilan aytganda
«iste’molchini tahlil etish»
- bozorlar holatini tahlil etishdagi birinchi bosqich
hisoblanadi. U uch tarkibiy qismga bo’linadi:
bozor segmentatsiyasi
;
iste’molchi
talabi sabablarini o’rganish
;
qondirilmagan yextiyojlarni aniqlash.
Bozor
segmentatsiyasi talabni qondirishga tabaqalangan holda yondashuvga, tovarlarning
turi, sifati va miqdoriga ko’ra har xil talab qo’yadigan iste’molchilarni guruhlarga
ajratishda turli mezonlar qo’llashga asoslanadi, ya’ni bozor bir jinsli hodisa tarzida
emas, balki ayrim-ayrim segmentlar majmui tarzida,
har bir segment doirasida
alohida o’ziga xos bir talab namoyon bo’ladigan hodisa tarzida olib qaraladi.
Bozorda xaridorlarning ma’lum bir tovarga bo’lgan talablari xilma-xildir, har
bir xaridorning o’zining didi bor. Xaridorning talabi, xohishi, yextiyoji,
turmush
tarzi, tovar sotib olishdagi xulq-atvori haqidagi ma’lumotlar samarali marketing
tadbirlari ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyatlarini vujudga keltiradi. Ya’ni
bozor segmentatsiyasi xaridorlarning talabiga muvofiq tovarni taklif yetilishini va
tovarga talabni kat’iyligini ta’minlaydi.
Demak,
xaridorlarning tovarlarni sotib olishdagi xulq-atvorlari, talabi va
tovarlarga munosabatidagi xususiyatlariga qarab, guruhlarga ajratishni