va kompleks servis texnika xizmatlarni hamda samarali sotish usullarini qo’llashdan
iborat bo’lib qoldi. Ana shu talablar asosida marketing tadqiqotlarining ustuvor turi
iste’molchilarni o’rganish va navbatida bozorni segmentlashdan boshlanadi, chunki
bozor bir xil sub’ektlardan tashkil topgan emas.
8.2. Bozor segmentatsiyasining xususiyatlari
Bozorni segmentlash, bozorni o’rganishning asosiy usulidir.Uning yordamida
bozor (uning tarkibiy qismlari) segmentlarga bo’linadi.
Bozor segmenti-bu
iste’molchilar, tovarlar, raqobatchilarning shunday ajratilgan qismiki,
ular uchun
umumiy xususiyatlar xosdir. Bozorni to’g’ri segmentlash, shu segmentning spetsifik
yextiyojlariga kat’iy rioya qilingan holda kam xarajatlar bilan tovar yetkazib
berishni to’g’ri tashkil qilishdan iboratdir. Xalq iste’moli tovarlari bozorini tadqiq
etishda marketingga oid adabiyotlarda ikki turdagi mezonlar qabul qilinadi.
Birinchisi xaridorlarning daromadi, yoshi, jinsi,
turar manzilgohi, oilaning hayot
tsikli, kasbi, turmush tarzi va shunga o’xshash umumiy belgilarni hisobga oladi.
Mezonlarning ikkinchi turi segmentlashni ijtimoiy guruhlarning kadriyatlari tizimi
yoki ularning marketing strategiyasining, masalan,
yangi mahsulot, yangi sotish
tizimi kabi vositalariga ko’rsatadigan qiziqishlari asosida olib boradi. Amaliyotda
birinchi usul ko’proq qo’llaniladi, ikkinchi usulni qo’llash qo’shimcha
qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, chunki ijtimoiy
sotsiologiya va psihologiya
sohalarida bevosita tadqiqotlar olib borish yo’li bilan maxsus hisob-kitob ishlarini
amalga oshirish talab etiladi.
Xaridorlarning munosabatini tabaqalashtiradigan asosiy omil daromad
hisoblanadi. Ko’pgina mamlakatlarda daromad bo’yicha
uch
guruhga
segmentlashdan keng foydalaniladi.
Birinchi guruh,
eng yuqori daromadga ega bo’lgan xaridorlar,
amalda ular
jami xaridorlarning 10 % ini tashkil etadi. Ular eng oliy navli tovarlarni xarid
etadilar, xarid quvvati hamda o’z guruhi izzat nafsi bunga imkon beradi. Bunday
guruhlar
har bir mamlakatda bor, ularning daromad miqdori shu mamlakatning
umumiy boyligiga bog’liq bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: