8- mavzu. Bozor segmentatsiyasi va xaridorlar turlari



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix25.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#193934
1   2   3   4   5   6
8- mavzu. Bozor segmentatsiyasi va xaridorlar turlari

Ikkinchi
guruh 
- har bir mamlakatdagi o’rtacha daromad egalaridir,ularning 
soni juda ko’p, garchi bu guruh ichida yana o’ziga xos tabaqalanish bo’lsa-da, 
umuman olganda shu mamlakatda bozorning umumiy standartini belgilaydigan
yalpi tovarlarning asosiy xaridorlari shular hisoblanadi. 
Uchinchi
guruh 
- bir shaxs hisobiga eng kam daromad oladigan xaridorlardan 
iborat. Ular aksariyat hollarda ijtimoiy ta’minotning turli ko’rinishlaridan 
foydalanadilar, o’z daromadlarining 80 % iga yaqinini asosiy yextiyojlarni 
qondirishga sarflaydilar. 
Bozorni segmentlarga ajratish xaridorlarning talab va ehtiyojlarini aniqlash 
masalasini hal etishning edial vositasi bo’la olmaydi, ammo shunga qaramay bu usul 
ishbilarmonlarni bu boradagi ishlarga qiziqtirish uchun qimmatli ma’lumotlar 
beradi. 
Iste’mol bozori va texnik-ishlab chiqarish maqsadidagi mahsulot bozorlarini 
segmentlash, xaridorning sifat marka, narx, reklama, tovar harakati shartlari saqlash 


haqidagi fikrlari asosida amalga oshirilishi mumkin. Bozorning tovar bo’yicha 
segmentlanishi raqobatchilar uchun sirli bo’lgan tovar o’lchamlarini, bu sohadagi 
raqobatchilar faoliyati va zafarlarini sonini aniqlash imkoniyatini kompaniya va 
firmalarga beradi. Bozor tovarlar bo’yicha segmentlanganda, shu tovar 
foydalanuvchilarning guruhi, ularning yo’nalishlari, foydalanish maqsadlari, 
nisbatan ahamiyatli parametrlarini aniqlash imkonini beradi. 
Marketingni boshqarishda alohida yetibor berilayotgan segmentatsiya belgisi - 
bu xaridorni sotib olishdagi xulq-atvoridagi belgilari hisoblanadi. Filipp Kotler 
o’zining kitobida bir necha belgilarni ko’rsatib o’tadi. Ular quyidagilar: 
Tovarni sotib olish sababiga ko’ra doimiy, alohida sabablarga ko’ra. 
Sotib olishdan manfaatiga ko’ra. Sifati, xizmat ko’rsatish turlari. Iqtisod qilish 
uchun. 
Foydalanuvchi sifatidagi o’rniga qarab: 

foydalanmaydigan; 

oldin foydalangan; 

doimiy foydalanuvchi; 

yangi foydalanuvchi; 

endi foydalanmoqchi bo’lgan; 

tovarlarga bo’lgan munosabatga qarab. 
Yuqorida aytib o’tilgan belgilar xaridorni xarakterini to’la-to’kis ochib 
berishga, uni tovarga bo’lgan munosabati va sotib olish imkoniyatini aniqlashga 
imkoniyatini aniqlashga yordam beradi. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin