Falsifikatsiya tamoyili –mazkur tamoyilga binoan, faqat inkor etish orqali
tekshirib ko‘rish imkoniyati mavjud bo‘lgan bilimgina ilmiy bilim bo‘lishi mumkin.
Fakt (ilmiy) - ob’ektiv-haqqoniy deb isbotlangan va mazmuni hamisha
o‘zgarishsiz qoladigan hodisa haqidagi ilmiy bilim.
Fan ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida - insoniyatning dunyo haqida haqiqiy,
aniq bilim olish va yaratishga bo‘lgan muayyan ehtiyojiga javob tariqasida yuzaga
kelgan va o‘z mavjudlik jarayonida jamiyat hayotining barcha jabhalari
rivojlanishiga ancha kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Shubha – bu insonning ijodiy izlanishlari oqibatida ilgari egallagan bilimlarini
qayta ko‘rishga, qadriyatlarni qayta baholashga undaydigan emotsional holatdir
Eksperiment –o‘rganilayotgan jarayonga faol va izchil aralashish,
eksperimentning maqsadlariga muvofiq maxsus yaratilgan hamda nazorat ostiga
olingan sharoitlarda tadqiq qilinayotgan ob’ektni tegishli tarzda o‘zgartirish yoki uni
aks ettirish.
Eksteriorizatsiya - yangi axborot yaratish borasidagi faoliyat
Eksternalizm - fan rivojlanishining ijtimoiy sharoitlariga tayangan holda
mazkur rivojlanish sabablarini tushunish mumkin emasligini ta’kidlaydilar.
Erkin tadqiqot (izlanish) - odatda individual xususiyat kasb etadi yoki ish
maqsadini mustaqil belgilash va unga zarur bo‘lgan mablag‘larni o‘z ixtiyoriga
ko‘ra tasarruf etish imkoniyatiga ega bo‘lgan olim tomonidan boshqariladi.
Ehtimoliy-statistik metodlar - barqaror takroriylik bilan tavsiflanadigan
ko‘plab tasodifiy omillarning ta’sirini e’tiborga olishga asoslanadi.
Ehtiros - ijod jarayoniga tegishli bo‘lgan biror narsani qadriyat sifatida
baholash yoki bilish usuli
Yaxlit xossalar – ontologik maqomi immanent, emerjentdir.