154
Reduksiya tamoyili
–ma’lum yaxlitlik, tizim, «murakkablik»ni uning nisbatan
sodda tarkibiy qismlari, unsurlari orqali bilish.
Relyativizm
- nisbiy bilish mazmunining
nisbiyligi va shartliligini
absolyutlashtirishni nazarda tutadigan prinsip.
Semantika (semiotika)
- o‘zaro bog‘langan tushunchalar majmuini tahlildan
o‘tkazishga bag‘ishlangan fan sohasi (bunda ma’no
va mazmun tushunchalari
asosiy tushunchalar hisoblanadi).
Sinergetika
- hozirgi zamon o‘zini o‘zi uyushtirish nazariyasi,
global
evolyusiyaning o‘zini o‘zi uyushtirish hodisalarini o‘rganish bilan bog‘liq
yangicha dunyoni ko‘rish.
Ssientizm
- jamiyatning madaniyati va ma’naviy hayotida fanning rolini
mutlaqlashtiruvchi konsepsiya.
Simvol
– moddiy narsalar va jarayonlarning
belgi yoki obraz tarzida
ifodalangan ideal mazmuni.
Sintetik bilim
- nafaqat umumlashtirish, balki
mutlaqo yangi mazmunning
yaratilishiga olib keladi.
Superintellektual elita -
superintellektual elitaga
Nobel mukofoti sohiblari
kiritiladi.
Tabiiy ob’ektlar xossalarining to‘rt turi
– barcha tabiiy ob’ektlarga xos
bo‘lgan xossalarning turlarini aniqlash fan metodologiyasining muhim vazifasidir.
Tabiiy ob’ektlar, deganda kelib chiqishi insonning ongli ijodi bilan bog‘liq
bo‘lmagan har qanday yaxlit ob’ektlar: atomlar, molekulalar,
tirik organizmlar,
tabiiy til, jamiyat va shu kabilar tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: