Menejmentning tadqiqot usullari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/67
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189379
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   67
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик

Interpretatsiya 
- talqin qilish, biron-bir narsaning mazmunini ochib berish, u 
yoki bu tushuncha, matn, ilmiy asarni tushuntirish. 
Intuitsiya 
- aqliy mushohada yuritish orqali dalil-isbotlarga tayanmaydigan 
yangi bilim olish. 
Kontrreduksiya tamoyili
- oliy immanent «metayaxlit» xossalarning 
mavjudligi va mazkur tizim yaxlitligini yanada yuksak darajada uyushgan tizimning 
tarkibiy qismi, unsuri sifatida gnoseologik nuqtai nazardan tadqiq qilish 
mumkinligini e’tirof qiluvchi jarayon.
Konseptualizatsiya
-to‘plangan 
empirik 
bilimlarga 
ularning 
nazariy 
uyushqoqligini 
ta’minlovchi ontologik tasavvurlarni kiritish; o‘rganilayotgan 
ob’ektlarning tabiati haqidagi tushunchalarning aloqalari sxemasi. 
Lingvistika 
- tilshunoslik, til haqida ta’limot. 
Logos 
- dastlab dunyoning umumiy qonuni, negizini, 
undagi tartib 


152 
va uyg‘unlikni ifodalagan atama; tushuncha, so‘z va ma’noning birligi. 
Metayaxlit xossalar
– ontologik maqomi immanent, emerjentdir.
Metod (yunon. metods — usul)
- keng ma’noda yo‘l, ijodiy faoliyatning har 
qanday shakli kabi ma’nolarni anglatadi. Metod u yoki bu shaklda ma’lum qoida, 
tartib, usul, harakat va bilim mezonlarining yig‘indisi hamdir. 
Metodologiya tushunchasi
— faoliyatda qo‘llaniladigan ma’lum usullar tizimi 
(fanda, siyosatda, san’atda va h.k) va tizim haqidagi ta’limot yoki metod nazariyasi. 
Metodologiya faqat metodlarni emas, balki tadqiqotni ta’minlovchi boshqa 
vositalarni ham o‘rganadi. 
Modellashtirish_tamoyili_va_o‘xshatish_metodi'>Metodika 
- biron-bir ishni maqsadga muvofiq tarzda amalga oshirish usullari 
majmui. 
Modellashtirish tamoyili va o‘xshatish metodi
– ob’ektlarning ba’zi bir 
xossalarini ularga o‘xshagan moddiy yoki nomoddiy (konseptual tushunchaga 
asoslangan, mantiqiy-matematik) konstruksiyalarni tadqiq qilish orqali bilish 
mumkinligi. Mohiyat-e’tibori bilan bu qiyosiy bilish yo‘lidir.
Modellashtirish
–borliqni bilvosita o‘rganish usuli. Biron ob’ektning 
xususiyatlarini ularni o‘rganish uchun maxsus tuzilgan boshqa ob’ektda qayta hosil 
qilishr. 
Muammo
– bilishning rivojlanish jarayonida ob’ektiv tarzda yuzaga keladigan, 
echimini topish muhim amaliy yoki nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan masala yoki 
masalalar majmui. Shuningdek muammo, hal qilishni talab etuvchi nazariy yoki 
amaliy masala; fanda – biron-bir hodisalar, ob’ektlar, jarayonlarni tushuntirishda 
qarama-qarshi yondashuvlar ko‘rinishida amal qiluvchi va uni echish uchun 
muvofiq nazariyani talab etuvchi ziddiyatli holatdir. Muammo – bu echilishi lozim 
bo‘lgan masala yoki vazifa.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin