Menejmentning tadqiqot usullari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/67
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189379
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   67
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик

Bilim sifatida fan
- atrof borliq narsalari va jarayonlarini amalda aniq, izchil 
va tadrijiy bilishga qaratilgan. Faoliyat sifatida fan maqsadlarni belgilash, qarorlar 
qabul qilish, yo‘l tanlash, o‘z manfaatlarini ko‘zlash, mas’uliyatni tan olish 
maydonida amal qiladi. 
Bilimning ilmiylik mezoni
– verifikatsiya qilish imkoniyati emas, balki 
aksincha, falsifikatsiya qilish (uni rad etish) imkoniyatidir. 
Verifikatsiya 
- empirik ma’lumotlar yoki nazariy qoidalar asosida ilmiy 
gipotezaning haqqoniyligini aniqlash mantiqiy-metodologik jarayoni. 
Verifikatsiya tamoyili
– mohiyat-e’tibori bilan formal mantiqni etarli asoslash 
tamoyilining o‘xshashi. 


149 
Genetika 
- organizmlarning irsiyati va o‘zgaruvchanligi qonunlari haqidagi fan. 
Gipoteza 
- shartli-qat’iy aqliy xulosa chiqarish sxemasi bo‘yicha mantiqan 
ta’riflanadigan ilmiy xulosa bo‘lib, bunda ma’lum farazni tasdiqlash yoki inkor etish 
talab etiladi. 
Gipotetik-deduktiv metod 
- o‘zaro bog‘langan gipotezalar tuzish asosida 
yangi bilimlar olish usuli; bu bilimlardan empirik faktlar haqida yangi
qarashlar keltirib chiqariladi. 
Globallashuv 
- umuminsoniy prinsiplar asosida jahon mamlakatlarining 
yaqinlashishi tendensiyasiga berilgan falsafiy-sotsiologik ta’rif. 
Dalil (yoki dalillar)ni aniqlash
- ilmiy tadqiqotning zaruriy sharti.
Deduksiya
–bilish jarayonining umumiydan ayrimlikka yuksalishi. 
Dialog
- murakkab, rang-barang mazmunga boy va tushunish bilan uzviy 
bog‘liq o‘zaro aloqa shaklidir. Dialogda insonning ikki tabiiy intilishi: aytish va 
o‘zini eshitishlariga erishish, shuningdek tushunish va tushunilishga intilish 
ro‘yobga chiqadi.
Ideallashtirish
–voqelikning tajribada prinsipial amalga oshirib bo‘lmaydigan, 
lekin real olamda ularning timsoli bo‘lgan ob’ektlarning tushunchalarini fikran 
shakllantirishni ifodalaydigan («nuqta», «ideal gaz», «mutlaqo qora jism» va sh.k.) 
tushuncha.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin