6.4.Menejmentda tadqiqotlar samaradorligini ta’minlash prinsiplari
Menejment boshqaruv ob’ektining ma’lum xulqini shaklllantirishga
mo‘ljallangan bo‘lib, uni quidagi ikki aspektga bo‘lish mumkin: iqtisodiy tavsiflar
majmuasida aks etadigan iqtisodiy xulq, va kelishish hamda hamkorlikning
ijtimoiy tomonini tavsiflaydigan sotsial-psixologik xulq.
Haqiqiy amaliyotda ushbu ikki yondashuvni bir-biriga qarama-qarshi
qo‘ymaslik kerak. Samarali amaliy menejment formulasi uni ilmiy bilimlar va
tavsiyalar, amaliy muvaffaqiyat andazalari, kasbiy tajriba, amaliy ko‘nikmalar va
uquvlar, shuningdek boshqaruv san’atidan foydalangan holda qurishni nazarda
tutadi. Bularning barchasi muammolarni tahlil qilish, tekshirish, ularning echim
variantlarini loyihalash hamda asosli tanlash asosida amalga oshirilishi zarur.
Samarali boshqaruv prinsiplari 2-rasmda keltirilgan.
144
Ijodiy
2-rasm. Samarali boshqaruv prinsiplari
1.Menejmentda ustuvorliklar prinsiplari. Ularning asosiylariga inson omili,
faoliyatni motivlashtirish, kasb mahorati ustuvorliklari kiradi.
2.Boshqaruvchilik faoliyatini yo‘naltirish prinsiplari. Menejment maqsadi,
missiyasi va strategiyasini ishlab chiqish, sifatni ta’minlash, ijodkorlik sharoitlarini
yaratish.
3.Keskin omillar prinsiplari. Vaqt omilini hisobga olish, axborot
texnologiyalarini rivojlantirish, korporativlik samarali hamkorlik va sheriklik
shakli sifatida.
Tadqiqotning aniq maqsadga yo‘naltirilgan va talab
etiladigan (o‘z vaqtida) prinsipi
Tizimlilik
prinsipi
Ijodiy jarayonlarni
boshqarish
prinsipi
Sifatiy va miqdoriy
aniqlik prinsipi
Ob’ektivlik prinsipi
Tadqiqotning
sermashaqqatligini
hisobga olish prinsipi
Faktologik jihatdan
aniqlik prinsipi
Quvib etmasdan
uzib ketish
prinsipi
Izchillik (texnologiya)
prinsipi
Tadqiqotchilik fikrlashni
rivojlantirish prinsipi
Kreativ salohiyatni
ruyobga chiqarish
prinsipi
|