6.3.Boshqaruvning tadqiqotchilik salohiyati
Boshqaruvning tadqiqotchilik salohiyati tushunchasi resurslardan foydalanish
va qo‘yilgan maqsadlarga erishish imkoniyatlarini aks ettiradi. Axir kerakli
resurslarning mavjudligi xali avtomatik ravishda samaradorlikka olib bormaydi.
Resurslardan foydalanish shuningdek ularning tuzilishi, ularga erishish imkoniyati,
foydalanish qobiliyati, resurslar ishlatilayotgan maqsad, ulardan oqilona
foydalanishni motivatsiya qilishga va boshqalarga ham bog‘liq. Bularning barchasi
birgalikda tadqiqotchilik salohiyati tushunchasini tavsiflaydi. Uning kattaligi va
sifati, shuningdek amalga oshirilishi samaradorlikka erishishga ta’sir etadi.
Metodologik tayyorlik
tadqiqot maqsadi va missiyasining mavjudligida
namoyon bo‘ladi. Bu erda maqsadning integratsion xossalari, maqsadning
asoslanganligi, uni ifodalash va qo‘yishga ilmiy yondashuv, tadqiqotchilik guruhi
yoki butun firma jamoasi tomonidan maqsadning tushunilishi va qabul qilinishi
katta ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqot missiyasi uni, maqsad tomon izchil harakatlangan holda
o‘tkazilishini ta’minlovchi asosiy belgisi sifatida ko‘rib chiqiladi. U maqsadga
qarab harakatlanishda cheklovlarni va ushbu harakatning har bir bosqichida
ustuvorliklarni tanlashga yordam beradi. Missiya: nima uchun tadqiqotlar o‘tkazish
zarur, maqsadga haqiqatda erishish mumkinmi? degan savolga javob berishi zarur.
140
Metodologik tayyorlik shuningdek, maqsadni va missiyani hisobga olgan
holda firmani rivojlantirish konsepsiyasi bilan belgilanadi. Bu firmaning
rivojlanish tendensiyalarini aks ettiruvchi qoidalar majmuasidir. Konsepsiya
maqsad va missiya bilan chambarchas bog‘langan, chunki unisini ham, bunisini
ham o‘z ichiga oladi, bundan tashqari ularni aniqlashtiradi, tadqiqot dasturining
tayanch qoidalarini aniqlaydi.
Tajriba ham katta ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotchilik ishini muntazam olib
borilishi tajriba to‘plashga ko‘maklashadi va tadqiqotchilik faoliyatining
samaradorlik salohiyatini oshiradi. Tajriba vaqtni tejaydi, xatolardan himolaydi va
ko‘pgina operatsiyalarni engillashtiradi.
Ko‘pgina tadqiqot turlarining samaradorligi uni o‘tkazishning axborot
bazasiga bog‘liq. Rivojlanish jarayonlari dinamikasini ko‘rish taqqoslama tahlil
o‘tkazish, tendensiyalarni aniqlash, eng omadli qarorlarni tanlash uchun kerakli
to‘plangan axborot hajmiga ega bo‘lish zarur. Ushbu ehtiyoj muntazam tadqiqot
o‘tkazishni motivatsiyalaydi.
U yoki bu hodisalar yoki jarayonlarni modellashtirish va baholash
metodikalardan foydalanmasdan turib tadqiqot o‘tkazib bo‘lmaydi. Biroq
metodikalar turlicha bo‘ladi. Tadqiqotchilar yoki menejer aynan qaysilarini
qo‘llaydilar, shaxsiy metodikalar qanday ishlab chiqiladi – bularning barchasi ham
tadqiqotning metodologik salohiyatini tavsiflaydi.
Nihoyat, kerakli tadqiqot usullarini qo‘llash imkoniyatlarini ham aytib o‘tish
zarur. Ushbu imkoniyatlar ularni ishlata olish imkoniyati, tegishlik texnik
vositalarning mavjudligi, tadqiqotchilarning malakasi bilan belgilanadi.
Metodologik tayyorlik omillari nafaqat ma’lum to‘plam va majmuada, balki
ularning o‘zaro nisbati va tizimliligida ham amal qiladi.
Tadqiqotchilik salohiyati omillarining navbatdagi guruhi –
resurslarning
mavjudligi, tuzilishi va qo‘llanishidir
.
Har qanday tadqiqot resurslarga ehtiyoj sezadi. Xodimlar, iqtisodiy, moddiy-
texnika, axborot, vaqt resurslari zarur. Faktologik resurslarni ham aytish
141
mumkinki, ular kerakli dalillarning mavjudligi, ularni tizimga solish
imkoniyatlarini aks ettiradi.
Quyida tadqiqotning faktologik ta’minoti va uning axborot ta’minotidan
farqlanishi batafsil ko‘rib chiqiladi. Bu erda faqatgina axborot va faktologik
resurslar bir-birini to‘ldiruvchi xususiyatga egaligini aytib o‘tish etarli.
Tadqiqotda turli va ularning ma’lum o‘zaro nisbatidagi resurslar zarur.
Resurslar bir-birini o‘rnini bosishi mumkin va zarur, biroq ma’lum chegaragacha.
Boshqaruvning tadqiqotchilik
salohiyati
uni
o‘tkazishning tashkiliy
imkoniyatlarini
o‘z ichiga oladi. Ular tashkilot turkumi va kerakli tashkiliy
madaniyatining mavjudligida namoyon bo‘ladi. SHuningdek ijobiy va salbiy
tashkiliy tajriba ham muhim vazifasini bajaradi, u tashkilot turkumini
muvaffaqiyatli tanlash va tadqiqot o‘tkazish imkoniyatini beradi.
Har qanday tashkilot tadqiqot o‘tkazishga ham ta’sir ko‘rsatuvchi ma’lum
infratuzilmaga ega.
Bu erda menejer yoki tadqiqotchining aqliy salohiyati kabi omilni aytish
kerak. Uni resurslarga ham, metodologik tayyorlikka ham kiritish mumkin, biroq u
tashkiliy imkoniyatlarni amalga oshirishda ham muhim vazifani bajaradi.
Tadqiqotni tashkil etish – bu aqliy faoliyatni tashkil etish bo‘lib, uning
muvaffaqiyati ko‘p darajada tadqiqotchining aqliy salohiyati bilan belgilanadi.
Quyida tadqiqotning faktologik ta’minoti, baholash, tadqiqotchi-menejerning
fikrlash, menejerning kreativ ta’limi omillari batafsil ko‘rib chiqiladiki, aynan ular
menejerning aqliy salohiyatini belgilaydi.
Zamonaviy xo‘jalik yuritish sharoitlari yangi korxonani boshqarish shakllari,
usullari va texnologiyalarini qidirish va mavjudlarini takomillashtirishni taqozo
etadi. Keskin raqobat sharoitida firmalar rahbarlari muntazam ravishda etakchi
mavqelarni egallashga intilib, korxonalarning barqaror va mustahkam holatiga olib
boruvchi yo‘llarni qidiradilar. Bunga mahsulot assortimentini yangilash, yangi
texnologiyalarni ishlab chiqish va o‘zlashtirish, xarajatlarni kamaytirgan holda
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish kiradi. Bunga shuningdek, yangi
142
mahsulot turlariga narxlarni pasaytirgan holda yangi buyumlar sifati va
ishonchligini barqaror o‘sishini ta’minlash kiradi. Bu shuningdek, xodimlar sonini
kamaytirgan va mehnat unumdorligini yaxshilagan holda xodimlarning ishlab
chiqarish, ijodiy qaytimini, faolligini oshirishdir.
Mos keladigan kelajak variantini yaratish uchun barcha imkoni bor narsalarni
bajarish va muvaffaqiyatsizliklarni bartaraf qilish choralarini qabul qilish vazifasi
aynan barcha darajadagi boshqaruvchilar zimmasiga yuklatilgan. Hozirgi davr – bu
barcha jamiyat hayoti sohalarida chuqur qayta o‘zgartishlar davri, korxonalarni
prinsipial jihatdan yangi xo‘jalik yuritish sharoitlariga moslashuvni talab qiladi.
Zamonaviy xo‘jalik yuritish sharoitlarida shu narsa oydinki, korxonaning raqobat
ustunliklari nafaqat moddiy resurslar va ulardan foydalanish darajasiga, balki
nomoddiy resurslardan, ayniqsa ulardan en muhimi – korxona xodimlarining aqliy
resurslariga tobedir.
Korxona salohiyatiga kelsak, adabiyotlarda iqtisodiy, bozor, ishlab chiqarish,
kadrlar, aqliy, ilmiy-texnik va boshqa salohiyat tushunchalari keltiriladi. Bu
ko‘plab potensial imkoniyatlarga ega ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida korxonaning
murakkabligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Tizimli yondashuv nuqtai nazardan korxona o‘z funksional vazifasi bilan
farqlanuvchi ikki: boshqariluvchi va boshqaruvchi quyi tizimlardan tashkil topgan.
Agar korxona salohiyati ko‘rib chiqilsa, unda shuningdek, boshqariluvchi quyi
tizimning mahsulot va xizmatlar yaratish qobiliyatini tavsiflaydigan ishlab
chiqarish salohiyatini hamda korxona salohiyatini shakllantirish va undan samarali
foydalanish uchun dastlabki shart-sharoitlarni yaratadigan boshqaruvchilik
salohiyatini ajratish zarur.
Korxona salohiyati tuzilishida etakchi o‘rin, shubhasiz, boshqaruvchilik
salohiyatiga tegishli, chunki aynan u korxonaning tashqi muhit bilan o‘zaro
aloqasini ta’minlaydi va korxona ichida barcha bo‘linmalarning kelishilgan
faoliyatini ta’minlaydi. “Boshqaruv salohiyati” tushunchasi murakkab va bir xil
143
ma’noga ega emas. Ko‘plab ushbu tushuncha tadqiqotlari psixologik va ijtimoiy
fanlar sohasida amalga oshiriladi.
Boshqaruv apparati xodimlarining tarkibi, malakasi darajasi, boshqaruvchilik
faoliyatining metodik, tashkiliy va texnik ta’minot darajasi birgalikda korxona
boshqaruvchilik salohiyatini tavsiflaydi. boshqaruvchilik salohiyati tashkilotning
aqliy salohiyatiga, ya’ni xodimlarning aqliy qobiliyatlarining yig‘indisiga va ularni
ochish hamda qo‘llash imkoniyatlariga ko‘proq darajada bog‘liqdir.
Korxonaning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi, uning raqobatbardoshligi
ko‘plab omillarga bog‘liqdir, lekin ular orasida asosiysi inson omilidir. Xodimlar
salohiyatidan samarali foydalanish, uni doimiy rivojlantirish faqatgina zamonaviy
talablarga javob beruvchi boshqaruv tizimi mavjud bo‘lganda mumkin bo‘ladiki,
uning muhim tavsifi korxonaning boshqaruv salohiyati bo‘lishi zarur. Ushbu
tushuncha alohida puxta tadqiqotni talab qiladi. Boshqaruv salohiyatini
shakllantirish va rivojlantirishning eng samarali usullarini aniqlashdan iborat
bo‘lgan uning tadqiqoti zamonaviy iqtisodiy fanning dolzarb nazariy va amaliy
muammosi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |