151
Irratsionallik
– aql bilan bilish mumkin bo‘lmagan,
mantiqiy fikrlash bilan
muvofiq kelmaydigan narsalar va hodisalar.
Iste’dod
- shaxsning individual-psixologik xususiyatlaridan biri bo‘lib, asosan
ilmiy izlanish jarayonida eng katta kuch sifatida faol ishtirok etadi.
Ijod
- yangilik yaratish bo‘yicha konstruktiv faoliyat.
Ijodiy fikrlash
- inson miyasi (tafakkuri)ning yangini yaratish borasidagi
konstruktiv faoliyati.
Ilmiy muammo
- ilmiy izlanish asosida hal qilishni
talab etuvchi murakkab
nazariy masala.
Investitsiya
- biron-bir korxonaga (asosan chet elda) sarmoyani uzoq muddatga
joylashtirish.
Integratsiya
- qandaydir qismlarni bir butunga birlashtirish, nimaningdir
tarkibiga kirish (iqtisodiy integratsiya, ilmiy integratsiya).
Intellekt
- shaxsning yangi bilim va ko‘nikmalarni tez va oson o‘zlashtirish,
nostandart vaziyatdan chiqish yo‘lini topish va boshqa shunga o‘xshash
qobiliyatlarida o‘z aksini topadigan bilish qobiliyatlari tizimi.
Dostları ilə paylaş: