Soliq to‘lovchi tomonidan haqiqatda olingan tovarlar bo‘yicha kirim va chiqim
hujjatlarini xizmat ko‘rsatuvchi soliq organiga elektron taqdim etish orqali o‘rganib
chiqiladi va soliq organi xulosasi bilan kamchilik bartaraf etiladi.
8. Soliq hisobotlari taqdim etilmaganda;
Barcha soliq hisobotlari (
qo‘shilgan qiymat solig‘i, foyda solig‘i, ijtimoiy soliq
va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va boshqalar) bo‘yicha hisobotlar
taqdim etish muddati o‘tib ketgan (kechiktirilgan) davrlar uchun hisob-kitoblarni taqdim
etish orqali bartaraf etiladi.
9. Ariza taqdim etilgan paytda soliq to‘lovchining soliq qarzi mavjud bo‘lganda,
shuningdek, ulushi 50 foiz va undan ko‘p bo‘lgan ta’sischilarining boshqa yuridik
shaxslarida soliq qarzi mavjud bo‘lganda;
Soliq to‘lovchi yoki uning ta’sischilari tashkil etgan boshqa yuridik shaxslari
tomonidan ikki oydan ortiq vaqt davomida qo‘shilgan qiymat solig‘idan to‘lanmagan
qarzdorlikni byudjetga to‘lash orqali bartaraf etiladi.
10. Soliq to‘lovchiga soliq qarzi mavjud yoki soliq xavfi yuqori bo‘lgan korxona
qo‘shilganda;
Yuridik shaxsga soliq qarzi mavjud yoki soliq xavfi yuqori bo’lgan korxonalar
qo’shilganda, ushbu korxonalarning barcha soliq majburiyatlari Soliq kodeksida
belgilangan tartibda to‘liq bajarish lozim. (soliqlarni to‘g‘ri hisoblab chiqarish,
hisobotlarni taqdim etish, mavjud soliq qarzini to’lash va hokazo.)
11. Murojaat etuvchi korxonaning rahbari bir vaqtning o‘zida
boshqa korxonada
rahbar bo‘lib, ushbu korxonada soliq qarzi mavjud bo‘lganda yoxud soliq hisobotlarini
taqdim etmaganda;
Yuridik shaxs rahbari boshqa korxonalarda ham rahbar bo’lsa, ushbu
korxonalardagi ikki oydan ortiq vaqt davomida qo‘shilgan qiymat solig‘idan to‘lanmagan
qarzdorlikni byudjetga to‘lash yoki topshirilmagan soliq hisobotlarini taqdim etish orqali
bartaraf etiladi.
12. Muqaddam bankrot deb e’lon qilingan tashkilotda rahbar yoki ta’sischi bo‘lgan va
muqaddam soliq to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlaganlik uchun rahbar yoki ta’sischi sifatida
javobgarlikka tortilgan shaxs tomonidan rahbarlik yoki ta’sischilik
amalga oshirilganda
(mazkur talab ta’sischi ulushi 50 % va undan ortiq bo‘lganda inobatga olinadi);
Muqaddam rahbar yoki ta’sischi bo‘lgan tashkilotda Soliq kodeksida belgilangan
soliq majburiyatlarini bajarish orqali bartaraf qilinadi. (soliqlarni to‘g‘ri hisoblab
chiqarish, hisobotlarni taqdim etish, mavjud soliq qarzini to’lash va hokazo.)
13. Yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga mansub bo‘lgan va soliq to‘lashdan
qasddan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlikka tortilgan rahbar yoki ta’sischi tomonidan
rahbarlik yoki ta’sischilik amalga oshirilganda (mazkur talab ta’sischi ulushi 50 % va undan
ortiq bo‘lganda inobatga olinadi).
QQS guvohnomasi bekor qilingan (xufyona) korxonalarda rahbar yoki ta'sischi
bo'lgan shaxslar ushbu korxonalardagi soliq majburiyatlarini Soliq kodeksida belgilangan
tartibda bajarish orqali bartaraf qilinadi. (soliqlarni to‘g‘ri hisoblab chiqarish, hisobotlarni
taqdim etish, mavjud soliq qarzini to’lash va hokazo.)