Mening holatimni tekshirish



Yüklə 304,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix02.02.2023
ölçüsü304,45 Kb.
#82280
1   2
nds-criteria-manual

Soliq to‘lovchi tomonidan haqiqatda olingan tovarlar bo‘yicha kirim va chiqim 
hujjatlarini xizmat ko‘rsatuvchi soliq organiga elektron taqdim etish orqali o‘rganib 
chiqiladi va soliq organi xulosasi bilan kamchilik bartaraf etiladi. 
8. Soliq hisobotlari taqdim etilmaganda;
Barcha soliq hisobotlari (qo‘shilgan qiymat solig‘i, foyda solig‘i, ijtimoiy soliq 
va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va boshqalar) bo‘yicha hisobotlar 
taqdim etish muddati o‘tib ketgan (kechiktirilgan) davrlar uchun hisob-kitoblarni taqdim 
etish orqali bartaraf etiladi. 
9. Ariza taqdim etilgan paytda soliq to‘lovchining soliq qarzi mavjud bo‘lganda, 
shuningdek, ulushi 50 foiz va undan ko‘p bo‘lgan ta’sischilarining boshqa yuridik 
shaxslarida soliq qarzi mavjud bo‘lganda; 
Soliq to‘lovchi yoki uning ta’sischilari tashkil etgan boshqa yuridik shaxslari 
tomonidan ikki oydan ortiq vaqt davomida qo‘shilgan qiymat solig‘idan to‘lanmagan 
qarzdorlikni byudjetga to‘lash orqali bartaraf etiladi.
10. Soliq to‘lovchiga soliq qarzi mavjud yoki soliq xavfi yuqori bo‘lgan korxona 
qo‘shilganda;
Yuridik shaxsga soliq qarzi mavjud yoki soliq xavfi yuqori bo’lgan korxonalar 
qo’shilganda, ushbu korxonalarning barcha soliq majburiyatlari Soliq kodeksida 
belgilangan tartibda to‘liq bajarish lozim. (soliqlarni to‘g‘ri hisoblab chiqarish, 
hisobotlarni taqdim etish, mavjud soliq qarzini to’lash va hokazo.) 
 
11. Murojaat etuvchi korxonaning rahbari bir vaqtning o‘zida boshqa korxonada 
rahbar bo‘lib, ushbu korxonada soliq qarzi mavjud bo‘lganda yoxud soliq hisobotlarini 
taqdim etmaganda; 
Yuridik shaxs rahbari boshqa korxonalarda ham rahbar bo’lsa, ushbu 
korxonalardagi ikki oydan ortiq vaqt davomida qo‘shilgan qiymat solig‘idan to‘lanmagan 
qarzdorlikni byudjetga to‘lash yoki topshirilmagan soliq hisobotlarini taqdim etish orqali 
bartaraf etiladi.
 


12. Muqaddam bankrot deb e’lon qilingan tashkilotda rahbar yoki ta’sischi bo‘lgan va 
muqaddam soliq to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlaganlik uchun rahbar yoki ta’sischi sifatida 
javobgarlikka tortilgan shaxs tomonidan rahbarlik yoki ta’sischilik amalga oshirilganda 
(mazkur talab ta’sischi ulushi 50 % va undan ortiq bo‘lganda inobatga olinadi); 
Muqaddam rahbar yoki ta’sischi bo‘lgan tashkilotda Soliq kodeksida belgilangan 
soliq majburiyatlarini bajarish orqali bartaraf qilinadi. (soliqlarni to‘g‘ri hisoblab 
chiqarish, hisobotlarni taqdim etish, mavjud soliq qarzini to’lash va hokazo.)
13. Yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga mansub bo‘lgan va soliq to‘lashdan 
qasddan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlikka tortilgan rahbar yoki ta’sischi tomonidan 
rahbarlik yoki ta’sischilik amalga oshirilganda (mazkur talab ta’sischi ulushi 50 % va undan 
ortiq bo‘lganda inobatga olinadi).
QQS guvohnomasi bekor qilingan (xufyona) korxonalarda rahbar yoki ta'sischi 
bo'lgan shaxslar ushbu korxonalardagi soliq majburiyatlarini Soliq kodeksida belgilangan 
tartibda bajarish orqali bartaraf qilinadi. (soliqlarni to‘g‘ri hisoblab chiqarish, hisobotlarni 
taqdim etish, mavjud soliq qarzini to’lash va hokazo.)

Yüklə 304,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin