Mening jonajon O`zbekistonim



Yüklə 223,2 Kb.
səhifə21/118
tarix16.09.2022
ölçüsü223,2 Kb.
#63701
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   118
Nutq o`stirish mashg`ulot ishlanmasi

Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar non haqida maqollar ham bilasizlarmi?
2- bola:
Non ham non,
Uvog`I ham non.
Tarbiyachi: Juda to`g`ri aytdingiz nonning uvog`I ham non hisoblanadi. Yerga to`kilgan uvog`larini ham terib olib qo`yish kerak. Hozir esa men sizlarga topishmoq aytaman.
Tog`orada shishadi,
Tandirda pishadi. (Non)
Tarbiyachi: Judayam to`g`ri barakalla. Endi bolajonlar sizlar bilan tayyor hamirdan zuvalachalar yasaymiz va kulchalar qilamiz. Nonlarni yasab bo`lgan bolalar tarbiyachining birinchi ko`rsatmasiga binoan gaz patnisi ustiga terib qo`yiladi. Patnisga terib qo`yilgan kulchalar bog`cha oshxonasida pishirib olib chiqiladi. Bolalar o`zlari pishirgan kuchlarni mazza qilib yeyishadi. Chiroyli bejirim yasalgan kulcha non egalari rag`batlantiriladi.


Tarbiyachi: Bolajonlar charchab qolmadingizmi? Endi bolajonlar sizlar bilan bilimlaringizni mustahkamlash uchun savol-javob qilamiz.


Tarbiyachi: Bug`doy qayerda yetishtiriladi?
Bolalar javobi: Dalada
Tarbiyachi: Yig`ib olingan bug`doy qayerga olib boriladi?
Bolalar javobi: Tegirmonga
Tarbiyachi: Tegirmonda bug`doyni nima qilishadi?
Bolalar javobi: Un tayyorlashadi
Tarbiyachi: Undan nimalar tayyorlanadi?
Bolalar javobi: Non, turli xil pishiriqlar
Tarbiyachi: Afsonadagi boy kishi o`zi bilan nima olgan?
Bolalar javobi: Juda ko`p oltin
Tarbiyachi: Afsonadagi kambag`al kishi o`zi bilan nima olib boradi?
Bolalar javobi: Bir halta qotgan non
Tarbiyachi: Bolajonlar Faoliyatsizlarga yoqdimi?
Bolalar javobi: Ha yoqdi

Faoliyatyakunida faol ishtirok etgan bolalar tarbiyachi tomonidan rag`batlantiriladi.


15-Mavzu: “O’zbekistonning oq oltini”.


Faoliyatmaqsadi: Bolalarning tabiat haqidagi bilimlarini aniqlab, O`zbekiston Davlat boyliklaridan bo`lgan paxta o`simligi haqida ularni tasavvurini kengaytirish. Paxtakorlar mehnati va oq oltindan olinadigon hom ashyolar haqida bilim berish.

Yüklə 223,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin