37-Mavzu: 14-yanvar Vatan himoyachilar kuni
Faoliyatning maqsadi: Tarbiyalanuvchilarga o`zbek milliy armiyasi haqida tushuncha berish, milliy armiyamizga nisbatan g`urur hissini singdirish, askar akalarimizga bo`lgan mehrni uyg`otish, ularga havas va hurmat qilishga o`rgatish, bolalarda Vatan himoyachisi bo`lish tuyg`usini shakllantirish.
Bolalarga “Temurbeklar qasamyodi”ni yod oldirish, bolalarni sog`lom, baquvvat qilib tarbiyalash, askarlarni fidoyiligini ulug`lovchi she’rlar o`rgatish. Ularda g`urur va iftixor tuyg`ularini shakllantirish, Vatanni himoya qilish har bir yigitning burchi ekanligini va askarlar, Vatan posbonlariga bo`lgan mehrini uyg`otish, ularni havas va hurmat qilishga o`rgatish.
Kerakli jixozlar va materiallar: “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” mavzusidagi rasmlar.
Faoliyatdagi markazlar: nutq va ta’til, qurish va yasash, san’at markazi
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi:
- Bolalar, mustaqil Davlat bo`lganimizdan so`ng, o`z ramzlarimizga, o`z tilimiz, o`z armiyamizga, o`z Prezidentimizga ega bo`ldik. Bugun biz sizlar bilan 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni haqida suhbatlashamiz. Bizning milliy armiyamiz 1993-yilning 14-yanvar kuni tashkil topgan. Armiyamizda oddiy askardan boshlab bosh qo`mondongacha xizmat qiladilar. Bizning bosh qo`mondonimiz Sh.M. Mirziyoyev. Askar yigit kim? Askar yigit Vatanimizni dushmanlardan qo`riqlaydi. Ular yurtimiz tinchligi uchun kecha- kunduz sergak turadilar. Askarlarning o`z liboslari bor. Bu liboslar o`zlariga yarashib turadi. Milliy armiyamiz mard askarlari baquvvat qurollari, raketa, pulemyot, tank, samalyotlari bor. Ular Vatan tinchligi uchun xizmat qiladilar. Milli armiyamizni rivojlantirishda buyuk sarkarda Amir Temurning “Temur tuzuklari” asaridan foydalanilgan. Ushbu asarda bobomiz armiyani qanday shakllantirish qonun- qoidalari haqida yozib qoldirgan. Amir Temur bobomizning o`gitlaridan foydalanib, Z.M.Bobur yurt tinchligi, xalq farovonligi uchun xizmat qilgan. Shu jumladan, Jaloliddin Manguberdi ham o`z Vataniga sodiq bo`lib, jasorat ko`rsatgan.
- Barcha o`g`il bolalar bizning “Temurbeklar to`garagi” qasamyodini yod olishgan va bu qasamyodiga sodiq qolishadi.
Men “Temurbeklar to`garagi”ga qabul qilinar ekanman, o`z ona yurtimni sevish, ardoqlash, uni qo`riqlash uchun mard, jasur, ziyrak va qo`rmas o`g`lon bo`lishga tantanali VA`DA BERAMAN! O`bekiston Respublikasiga xizmat qilaman.
Dostları ilə paylaş: |