E’tiborga molik jixat: Bobolardan va atrof olamga qiziqishni oshirish hamda qum, uning hususiyatlari haqidagi tasavvurlarini kengaytirish.
Tabiat va fan markazida:
Tarbiyachi:
Mening bilimdonlarim rasmdagi nima narsa? (Bolalar jo`r ovozda qum deydilar). Keyingi rasimni ko`rsatib (Bolalar suv deydilar) qarang aziz bolajon suvni qumga quysak biz nima bo`lar qaqajon? (Hammalari birgalikda xo`l qum deydilar). Xo`l qumdan yasaymiz nonchalar, to`g`rimi javob bering bolachalar? (Bolalar to`g`ri deydilar). Quruq qumni sochganda atrofga dumalaydi. Demak unda nonchalar hech ham yasab bo`lmaydi. (Bolalar ha deb tasdiqlaydilar).
57- Mavzu: Butun dunyoda tinchlik
O`zbekiston xalqining milliy g`ururini ko`klarga ko`targan. Uning dunyo saxnasidagi o`nini mustaxkamlashda asosiy omillardan biri bo`lib xizmat qilgan, uzoq asrlar davomida butun ruxiyatiga singib ketgan xissiyot, uning vataniga bo`lgan mehri muhabbatidir. Qalbida milliy g`urur tuyg`usini go`sh urish turgan insongina o`z yurti uchun buyuk ishlarga qodir bo`ladi. Yosh avlodni yurtga bo`lgan sadoqati, uning shon-shuxratini dunyo miqyosiga olib chiqish ruxida tarbiyalash, avvalo ota-onaning qolaversa pedagog tarbiyachilarning muqaddas burchidir.
Maqsad: bolalarga butun dunyoda tinchlik tushunchasining mazmun mohiyatini yetkazish mustaqillik buyuk ne’mat ekanligini singdirish bolalar ongiga, mustaqil hikoya tuzish ko`nikmasini shakllantirish. Bolalarda bog`langan nutqni rivojlantirish to`g`ri jumla tuzishni o`rgatish savol javoblar tashkil etish, jamoa bo`lib harakat qilishga o`rgatish. Mashg`ulotda o`zini tutish ko`nikmalarini shakllantirish.
Qiziqarli savol javoblar orqali bolalarni fikrlarini ularning saloxiyatini rivojlantirish.
Kerakli jixozlar: Mustaqillik maydoni, bayramshukuxi tasvirlangan rasmlar, dunyo bolalari aks etgan rasmlar.
Faoliyatning borishi:Tarbiyachi bolalarga butun dunyoda tinchlik bo`lishi haqida hamda O`zbekiston Respublikasi uning mustaqillikka erishgani obod va farovonhayotimiz, diyorimizdagi o`zgarishlar, tinch va musaffo osmonimizhaqida ma’lumot beradi. Shundan so`ng guruhdagi bolalardan mustaqillik, Vatan tushunchalari haqida so`raydi.
Bolalar bilganlarini bayon etishadi.
Dostları ilə paylaş: |