Tarbiyachi: Bolajonlar kulchalar haqida tushunchaga egamisiz;
Bolalar: Ha bilamiz oyim doyim bizga kulcha yopib beradilar.
Tarbiyachi: Kulcha non qanday shaklda bo`ladi;
Bolalar: Doira shaklida
Tarbiyachi: juda to`g`ri. Bolalar nonvoy xolamiz hamiri ko`pib ketibdi, kelinglar birgalashib kulcha nonlar tayyorlaymiz.
Tarbiyachi: Bolalar nonni tayyorlashdan oldin qo`llarimizni yuvib olamiz-a;
(Bolalar qo`llarini birgalikda yuvadilar)
Nonvoy: Bolalar endi hamirimizni zuvalachalarga bo`lib olib undan zuvalachalarga bo`lib olamiz, undan dumaloq qilib zuvalachalar yasaymiz.
(Bolalar ham zuvalachalar yasaydilar)
Nonvoy: Barakalla bolajonlar mana sizlarni zuvalachalaringiz ham juda chiroyli bo`libdi. Endi hammamiz birgalashib nonimizni yasaymiz, yasash uchun barmoqlarimiz bilan tekkislab ketamiz, bolalar kulchalarimiz juda chiroyli chiqibdi, unga sedana va kunjutlarni sepamiz bunda nonimiz juda ham mazali bo`ladi.
Tarbiyachi:Bolajonlar nonimiz ham tayyor bo`lib qoldiendi nonvoy opamiz nonni yopishni ko`rsatadilar.
Bolalar nonni yopishdan oldin tandirni qizdirib olamiz, qizigan tandirga kulchalarni bosib yopamiz.
Tarbiyachi: Bolajonlar barakalla, non ham chiroyli bo`ldi, endi nonimizni pishgunga qadar nonga ta’rif beraylik
1-bola: Non ham non non uvog`i ham non,
2-bola: Non rizq ro`zimiz
3-bola:Non aziz ne’mat
Tarbiyachi: -Rahmat bolajonlar nonlarimiz ham pishib qoldi nonlarni olib kelib nonvoy xolaga javob beraylik. Nonvoy xola yana el xizmatiga borish kerak. Nonvoy chiqib ketadi.
Tarbiyachi: Bolalar mana nonimiz ham chiroyli bo`libdi. Endi hammamiz birgalikda non haqida qo`shiq kuylaymiz.
(Non yopganda qo`shig`i kuylanadi)
Tarbiyachi: Mana bolajonlar nonvoychilik kasbi ham zaxmatli kasb, tong saxardan to shomgacha tinmay mehnat qiladilar shuning uchun ularni ham e;zozlashimiz kerak.